II. Mehnat shartnomasini tuzish, o‘zgartirishlar kiritish va bekor qilish tartibi 5. Xodim o‘zining ishga joylashish huquqini kombinat va uning bo‘linmalarida ishlash to‘g‘risida yozma shaklda mehnat shartnomasini tuzish yo‘li bilan amalga oshiradi.
6. Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart (O‘zR MK 80-m.):
pasport yoki uning o‘rnini bosadigan boshqa hujjatni, o‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxslar esa, tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va turar joyidan ma’lumotnomani;
chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar amaldagi qonunchilikda ko‘rsatilgan hujjatlarni taqdim qiladilar;
mehnat daftarchasini, birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno.
O‘rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasi o‘rniga asosiy ish joyidan berilgan ma’lumotnomani;
harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar tegishli harbiy biletni yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnomani;
qonun hujjatlariga muvofiq maxsus ma’lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega shaxslargina bajarishi mumkin bo‘lgan ishlarga kirayotganda oliy yoki o‘rta maxsus o‘quv yurtini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplomni yoxud mazkur ishni bajarish huquqini beradigan guvohnomani;
Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan qonun hujjatlarida ko‘rsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Sud hukmi bilan muayyan lavozimlarni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan shaxslarni, ular tomonidan bajarishi taqiqlangan ishlarga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 7. Ishga qabul qilish (O‘zR MK 82-m.) ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asos bo‘ladi (O‘zR MK 82-m.).
Ishga qabul qilish haqidagi buyruq tuzilgan mehnat shartnomasining mazmuniga to‘la muvofiq ravishda chiqariladi va xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi.
8. Mehnat shartnomasida (O‘zR MK 73-m.) taraflarning kelishuvi bilan quyidagilar belgilanadi:
- ish joyi (korxona yoki uning bo‘linmasi);
- xodimning mehnat vazifalari - mutaxassisligi, malakasi, u ishlaydigan lavozim;
ishning boshlanish kuni;
shartnomaning amal qilish muddati;
mehnat haqi miqdori va mehnatning boshqa shartlari.
Agar mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati ko‘rsatib o‘tilmagan bo‘lsa, mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi (O‘zR MK 75-m.).
9. Ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan yoki uning ijozati bilan xodimga xaqiqatda ishlashga ruxsat etilgan bo‘lsa, ishga qabul qilish tegishli ravishda rasmiylashtirilgan yoki rasmiylashtirilmaganligidan qat’iy nazar, ish boshlangan kundan e’tiboran mehnat shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi (O‘zR MK 82-m.).
Mehnat shartnomasi bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan 2 nusxada tuziladi va har bir tarafga saqlash uchun topshiriladi (xodimga tilxat bilan) (O‘zR MK 74-m.).
10. Ish beruvchi qonunda belgilangan tartibda xodimni ishga qabul qilish yoki boshqa ishga o‘tkazishda uni quyidagilar bilan tanishtirishi shart:
a) mehnat shartlari bilan. Mehnat shartlari deyilganda NKMK va uning bo‘linmalarida amalda bo‘lgan ijtimoiy va ishlab chiqarish omillarining majmui tushuniladi.
Ijtimoiy omillar jumlasiga mehnat haqi miqdori, ish vaqti, ta’tilningmuddati va jamoa shartnomasida belgilangan boshqa shartlar kiradi.
Ishlab chiqarish omillariga texnik, texnologik, sanitariya, gigienaga oid, ishlab chiqarish-maishiy shartlar, korxonaning ish tartibi, ob’ektlarning qo‘riqlanish tartibi va boshqa shartlar kiradi.
b) imzo qo‘yilgan holda Ichki mehnat tartibi qoidalari va jamoa shartnomasi, pensiya, shu jumladan imtiyozli asoslarda tayinlash tartibi bilan;
v) xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yong‘indan saqlash Qoidalari va mehnat muhofazasiga doir amaldagi boshqa Qoidalar bilan;
g) maxfiylik axborotlarni saqlash Qoidalari bilan.
Ish beruvchi korxonada besh kundan ortiq ishlagan barcha xodimlarga mehnat daftarchasini tutishi shart, o‘rindoshlik asosida ishlovchilar bundan mustasno (O‘zR MK 81-m.).
Boshqa doimiy ishga o‘tkazishga (xodimning mehnat vazifa-larini o‘zgartirishga), unga boshqa mutaxassislik, malaka, lavozimga oid ishni topshirishga faqat uning roziligi bilan yo‘l qo‘yilishi mumkin (O‘zR MK 92-m.).
Xodimning roziligisiz boshqa ishga vaqtincha o‘tkazishga ishlab chiqarish zaruriyati va turib qolish munosabati bilan ruxsat etiladi. Bunda xodimni uning sog‘ligiga to‘g‘ri kelmaydigan ishga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Boshqa ishga o‘tkazish muddatining chegarasi, mehnatga to‘lanadigan haqning aniq miqdorlari, shuningdek, ishlab chiqarish zaruriyati deb hisoblanadigan holatlar jamoa shartnomasida ko‘rsatiladi (9.2 m).
Xodimning NKMKning bir bo‘linmasidan boshqasiga o‘tkazish Navoiy kon-metallurgiya kombinatida belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi.
Mehnat shartnomasi faqat qonunchilikda ko‘zda tutilgan asoslardagina bekor qilinishi mumkin.
Xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasini ham, ikki hafta oldin ish beruvchini yozma ravishda ogohlantirib, bekor qilishga haqlidir.
Xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan mehnat shartnomasi ogohlantirish muddati tugamasdan oldin xam bekor qilinishi mumkin (O‘zR MK 99-m.).
Muddatli mehnat shartnomasi muddati tugashi bilan bekor qilinadi. Agar muddat tugagandan keyin ham mehnatga oid munosa-batlar davom etaversa va taraflardan birortasi bir hafta davomida uning bekor qilinishini talab qilmagan bo‘lsa, shartnoma nomuayyan muddatga uzaytirilgan deb hisoblanadi (O‘zR MK 105-m.).
Mehnat shartnomasini bekor qilish ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi va buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
Oxirgi ish kuni mehnat shartnomasi bekor kilingan kun hisoblanadi (O‘zR MK 107-m.).
Mehnat shartnomasi bekor kilingan kuni ish beruvchi xodimga uning mehnat daftarchasini hamda mehnat shartnomasining bekor qilinishi haqidagi buyruqning nusxasini berishi va u bilan hisob-kitob qilishi shart (O‘zR MK 108, 110-moddalari).