Qoidalari I. Asosiy qoidalar


V. Ish vaqti va undan foydalanish



Yüklə 63,38 Kb.
səhifə5/8
tarix02.12.2023
ölçüsü63,38 Kb.
#137530
1   2   3   4   5   6   7   8
Ichki mehnat tartib qoidalari

V. Ish vaqti va undan foydalanish

  1. Xodim ish tartibi yoki grafigiga muvofiq o‘z mehnat vazi­falarini bajarishi lozim bo‘lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi.

  2. Kombinat xodimlari uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

Kombinat xodimlari uchun asosiy ish haftasi - besh kunlik hafta hisoblanadi.
Bir smenada ishlovchi kombinat xodimlarining ish tartibi quyidagicha belgilanadi:
Besh kunlik ish haftasida:

  • ishning boshlanishi - 8.00;

- tanaffus-12.00-13.00;

  • ishning tugashi - 17.00;

Olti kunlik ish haftasida:

  • ishning boshlanishi - 8.00;

  • tanaffus - 12.00 - 13.00;

  • ishning tugashi - 16.00;

  • shanba kunlari tanaffussiz 8.00 dan 13.00 gacha.

Ish sharoitiga ko‘ra ovqatlanish uchun tanaffus berishning imkoniyati bo‘lmagan xodimlarga, ish vaqtida ovqatlanish uchun vaqt belgilanadi. Bunday ishlarning ro‘yxati, ovqatlanishning boshlanish va tugash vaqti va joyi, kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishgan holda ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan smena grafigida belgilanadi.
Ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, kombinat bo‘linmalariga ish vaqtining boshlanishi va tugash qismi bo‘yicha ish vaqti tartibiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi; tanaffusning boshlanishi va davomliligi amaldagi qonunlar talablariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Besh kunlik ish haftasi davomida xodimlar uchun umumiy dam olish kunlari - shanba va yakshanba, olti kunlik ish haftasi davomida esa - yakshanba hisoblanadi.
Kasanachilik bilan mashg‘ul bo‘lgan shaxs, mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan ishlab chiqarish topshirig‘i hajmi va boshqa shartlardan kelib chiqqan holda, mustaqil ravishda o‘zi uchun ish vaqtining davomliligini, ish jadvali va tartibini belgilaydi.

  1. Xo­dimlarga ish vaqtining haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati NKMK bosh direktori tomonidan tasdiqlangan va NKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi bilan kelishilgan “Mehnat sharoiti noqulay ishlarda band bo‘lgan xodim-larga ish vaqtini qisqartirish huquqini beruvchi ishlar turi, ishlab chiqarishlar, kasblar va lavozimlar ro‘yxati”ga muvofiq belgilanadi.

Mehnat sharoiti o‘ta zararli va og‘ir ishlarda band bo‘lgan xo­dimlar uchun ish vaqtining muddati chegarasi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi (O‘zR MK 117-m.).
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-sonli Qarorining 4-ilovasi «Alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi qisqartirilgan ish kuni belgilanadigan xodimlar ruyxati»ga muvofiq, alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi ayrim toifadagi xodimlar uchun ish vaqtining muddati haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.
27. Ko‘p smenali ish tartibidagi kundalik ish vaqtining muddati, kombinat bo‘linmalaridagi mehnat sharoiti xususiyatlaridan ke­lib chikqan holda, shuningdek ishning (smenaning) boshlanish va tugash vaqti, dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan tanaffus bo‘linma rahbarlari tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishib tasdiqlangan smena jadvallarida belgilanadi.
Smena jadvallarida har bir xodim uchun muntazam dam olish kunlari nazarda tutiladi. Ishning tugashi bilan keyingi kuni (smenada) ish boshlanishi o‘rtasidagi kundalik dam olish vaqti­ning muddati o‘n ikki soatdan kam bo‘lishi mumkin emas (O‘zR MK 128-m.).
Smena jadvallari ularni joriy qilishdan kamida ikki hafta oldin xodim e’tiboriga etkaziladi.
Bir smenadan boshka smenaga o‘tish smena jadvallarida belgi­langan soatlarda amalga oshirilishi lozim.
Ishlab chiqarish uzluksiz bo‘lgan joylarda smena almashadigan xodim kelmay kolsa, ish beruvchi smenada bo‘lgan xodimni boshqa xodim bilan tezda, almashtirish choralarini ko‘rishi shart.
28. Barcha xodimlarga, shu jumladan o‘rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqi saqlangan holda yillik mehnat ta’tillari beriladi (O‘zR MK 133-m.).
Xodimlarga o‘n besh ish kunidan kam bo‘lmagan muddat bilan yillik mehnat ta’tili beriladi.
29. Yillik ta’tillarni berish navbati taqvim yili boshlangunga qadar tasdiqlangan jadvalga muvofiq belgilanadi.
Yillik ta’til har yili, shu ta’til berilayotgan ish yili tugagunga qadar berilishi lozim. Ishlab chiqarish tavsifidagi sabablarga ko‘ra joriy yilda ta’tilni to‘liq berish imkoniyati bo‘lmagan alohida hollarda, xodimning roziligi bilan ta’tilning o‘n ikki ish kunidan ortiq bo‘lgan qismi keyingi ish yiliga ko‘chirilishi mumkin va shu yilda ta’tilning qolgan qismi foydalanilishi shart.
30. Kombinat xodimlari uchun o‘n besh ish kunidan kam bo‘lmagan yillik ta’tildan, shuningdek, mehnat sharoiti noqulay va alohida tusga ega bo‘lgan ishlar uchun (O‘zR MK 137-m.), og‘ir va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlaridagi ishlar (O‘zR MK 138-m.) uchun beriladigan qo‘shimcha ta’tildan foydalanish majburiydir, ta’tilning foydalanilmay kolgan qismi uchun pullik kompensatsiya to‘lanadi (O‘zR MK 151-m.).
Xodim jadval bo‘yicha ta’tilni foydalanishdan bosh tortsa, ish beruvchi ta’til varaqasini yozib berishi shart, bu haqda ta’til boshlanishidan kamida o‘n besh kun oldin xodimga bildiriladi (ta’til varaqasiga imzo qo‘yadi). Ta’til varaqasida ko‘rsatilgan sanadan boshlab xodim mehnat ta’tiliga chiqqan deb hisoblanadi.
Xodimning hohishi bilan, uning yozma arizasi asosida ta’tilni qismlarga bo‘lishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda ta’tilning bir kismi o‘n ikki ish kunidan kam bo‘lmasligi lozim (O‘zR MK 146-m.).



Yüklə 63,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin