Raqamli mobil aloqa



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   289
Raqamli mobil aloqa

CDMA-2000 standartlari.
CDMA-2000 bu simsiz radio-
foydalanish, ITUIMT-2000 aniqlanganidek, sotali aloqa 
xizmatlarining uchinchi avlodi 3Gni qo‘llab-quvvatlaydi. 
Avvaldan CDMA-2000 ishlab chiqarishda quyidagi shartlar 
qo‘yildi: 
– aloqa xizmatlari hajmi va sifatining ITUning 3Gga talablariga 
to‘la mos kelishi;
– operatorlik kompaniyalari xavf-xatarlarini kamaytirish va 
ularning kapital mablag‘larini himoya qilish;
– operatorlik kompaniyalarining tarmoqni rivojlantirish ishlarini 
yengillashtirish.


217
CDMA-2000 uyali tarmoqlari CDMA ONE (IS-95) raqamli 
tarmoqlari bilan bir-biriga to‘la mos keladi, bu esa simsiz 
aloqaning yangi avlodiga sodda va arzon o‘tishni ta’minlaydi, 
bu bilan operatorlik kompaniyalarning kapital operatorlik 
kompaniyalarning kapital mablag‘larini himoya qilish imkonini 
beradi.
CDMA-2000 uyali tarmoqlari ma’lumotlarni yuqori tezlik va 
multimoyillikda uzatishda tovush sifatini yetarli darajada yaxshilash 
va tovushli kanallar hajmini kengaytirishni tavsiya qiladi. CDMA-
2000 ga evolyutsion o‘tish ikkita: 2x va 3x fazalariga bo‘linadi. 
IMT-2000 ga evolyutsion o‘tishni amalga oshirish uchun 1.25 
MHz chastotalar polosasida IXEV standartini rivojlantirishning. U 
esa CDMA-2000 imkoniyatlarini Ix dan oshirish imkonini beradi. 
CDMA kongressida butun dunyoning operatorlari tomonidan 
yig‘ilgan CDG tomonidan umumlashtirilgan va bu standartga 
qo‘yilgan talablar qabul qilinadi.
CDMA 2000 ning yechimi 450 MHz diapazonda 
telekommunikatsiyaning universal xizmatlarini amalga 
oshirish uchun asos bo‘lishi mumkin. Masalan, 
O‘zbekistonning butun territoriyasi bo‘yicha, ayniqsa 
uzoqlashgan qishloq joylarda na faqat ovozlarni, balki 
ma’lumotlarni ham uzatish mumkin. Bunday holatda 
aloqaga oddiy erishibgina qolmasdan, balki mobil yoki qayd 
qilingan aloqa tarmoqlarini kengaytirish narxi balandligi 
tufayli aholiga bunday xizmatlarni ko‘rsatish imkoni 
bo‘lmagan joylarda ham amalga oshirish mumkin. 
CDMA 2000 texnologiyalarini, ayniqsa, 450 MHz diapazonida 
foydalanish “elektron hukumat” tizimini tuzishni birmuncha 
yengillashtirishi mumkin. Bu standartning turli taqdim etiluvchi 
xizmatlari hukumat, davlat xavfsizligi va boshqa muassasalar uchun 
istiqbolli qo‘llanilishlar egadir. Bu texnologiya sanab o‘tilgan 
afzalliklardan tashqari autenfikatsiyalash, kodlashtirish yordamida 
uzatishda axborotlarni himoya qilishning yuqori darajasini va 
ma’lumotlarning butunligini ta’minlaydi.


218

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin