333
lari uchun “pastga” kanalda OFDM, “yuqoriga” kanalda esa
SC-FDMA texnologiyalarini tanladi. Bu tanlov nafaqat spektr-
ning moslashuv chanligini, balki kanallarni o‘tkazish qobiliyatiga,
spektral samaradorlikka, shuningdek, QoS sifatiga qo‘yilgan qat’iy
talablarni qoniqtiradi.
GSM va W-CDMA tizimlarida ishlatiladigan QoS konsepsiyasi
murakkabligi sababli LTE tizimining ishlab
chiquvchilari teskari
moslashuvchanlikni qo‘llab-quvvatlagan holda oddiy va ixcham
ulanishni o‘ziga birlashtira oladigan QoS konsepsiyasini tadbiq
etishga harakat bo‘ldi. LTE tizimida sinflarga asoslangan xizmat
ko‘rsatish sifati konsepsiyasi ishlatildi. U operatorlarga turli pa-
ketli xizmatlarni differensiyalash uchun oson va samarador ye-
chimni taqdim etadi.
3GPP ishlanmalarida katta e’tibor xizmat ko‘rsatish sifatini
ta’minlash, tarmoqni tanlash va indentifikatsion ma’lumotlar-
dan foydalanishga qaratilgan. Masalan, Wi-Fi va sotali tarmoq-
larda ishlashga mo‘ljallangan qo‘p rejimli
terminallarning paydo
bo‘lishi turli radioulanish texnologiyalarida abonentlarga xizmat
ko‘rsatish imkonini yaratadi. Shu munosabat bilan LTE tizimida
abonentga zarur bo‘lgan xizmatlarni taqdim etish uchun qulay-
roq infratuzilmani tiklash mexanizmi ko‘zda tutilgan. Manzil-
lashtirish, mobillikni ta’minlash, bog‘lanishlarning uzluksizligini
ta’minlash, ma’lumotlarni himoyalash va boshqa maqsadlarda
ishlatiladigan abonent va tarmoq uskunalari uchun identifikator-
lar tanlashda spetsifikatsiya mualliflari katta yondashuvchanlikni
namoyon etdilar. Shunday qilib yangi tarmoqlarda ham GSM
va UMTS tarmoqlarida qo‘llaniladigan identifikatorlardan, ham
E-UTRAN tarmoqlarida yangi funksiyalarni paydo bo‘lishini aks
ettirgan identifikatorlardan foydalanish ruxsat etilgan.
Bundan
tashqari, 3GPP ning 8 chi relizida yangi avlod mobil aloqa tar-
moqlarida axborot xavfsizligi darajasini oshirishga yo‘naltirilgan
qator imkoniyatlar ham paydo bo‘ldi.
LTE tizimi ishlab chiquvchilari ta’kidlashlaricha, ular taqdim
etgan arxitekturaviy o‘zgarishlar VoIP yoki interaktiv onlayn
334
o‘yinlar kabi ilovalar uchun muhim bo‘lgan ma’lumot uzatish
ushlanishlarini sezilarli darajada kamaytirishga imkon beradi. Ma-
salan, LTE tarmog‘ida qisqa IP-paketlar uzatishda va uncha katta
bo‘lmagan tarmoq yuklamasi holatida 5MGs o‘tkazish polosasida
paketni umumiy ushlanishi 5ms ni, undan kichikroq polosalarda
esa 10ms dan ortiqroqni tashkil etishi kerak. Bu qiymatlar esa
bugungi 3G tarmoqlarining eng ilg‘orlarining ko‘rsatkichlaridan
ham kamida 50 foizga yuqoriroqdir.
Ulanish o‘rnatishdagi ushlanishlarni
qisqartirishga qaratilgan
talablar operatorlarga QoS ni nazorat qilish uchun sodda va sa-
marador mexanizmlarini taqdim etadigan 3GRR xizmatlar si-
fatining bugungi konsepsiyasini rivojlanishini ta’minlaydi. LTE
tarmoqlarda mantiqiy ulanish o‘rnatilgan QoS darajasiga bog‘liq
(bunday ulanishni “tunnel” deyish mumkin) bo‘ladi. Abonent
turli QoS darajalari asosida ko‘plab tunnellarga ega bo‘lishi mum-
kin (zamonaviy 3G tarmoqlarida bunday tunnel PDP kontekst va
radioulanish kanalidan
(ingl. Radio Access Bearer, RAB)
tashkil
topgan). Ulanish o‘rnatilishida ushlanishlarni qisqartirish mum-
kin, agarda tunnellar oldindan o‘rnatilgan bo‘lsa (ya’ni ushbu
tunnelga bog‘langan aloqa sessiyasi boshlangunicha). Tunnelni
oldindan o‘rnatish tufayli aloqa sessiyasini o‘rnatish
uchun kam
tizim signallarini talab qiladi va shu tufayli ushlanish vaqtini qis-
qartiradi. Binobarin, tunnellarni AU yoqilishi bilan o‘rnatish im-
koni mavjud. Bunday yondashuvni VoIP xizmatlari kabi GB
(ingl.
Guaranteed Bandwidth)
ma’lumot uzatishni kafolatlangan tezli-
gini talab qiladigan xizmatlarga bog‘liq tunnellar uchun ham ish-
latish mumkin. Oldindan o‘rnatilgan tunnellar amaliy va samarali
bo‘lishi uchun quyidagi jarayonlarni bajarish talab qilinadi:
•
Ulanishlar boshqaruvi
(ingl. Admission control)
va tunnel
o‘rnatish funksiyalarini ikkita alohida jarayonlarga ajratish, chun-
ki aks holda tunnellar oldindan o‘rnatilib,
resurslar zaruratsiz za-
xiralangan bo‘lib qoladi;
•
Oldindan o‘rnatiladigan tunnellarga tayinlangan xizmat-
lar sifati darajalarini operatorlar tomonidan yaxshiroq nazorat
335
imkonini ta’minlash. Buni tunnellarni o‘rnatish uchun tarmoq
tomonidan boshqariladigan maxsus jarayonlar tufayli amalga
oshirish mumkin;
•
Oldindan o‘rnatiladigan tunnellarda ilovalarni zichlashtiril-
gan oqimlari ustidan operatorlar tomonidan yaxshiroq nazorat
imkonini ta’minlash. Buni faqatgina yuklamani turli tunnellarga
taqsimlovchi
(ingl. mapping)
paketlar filtrlari
ustidan nazorat rux-
sati tarmoqqa berilgan holda amalga oshirish mumkin.
Xizmatlar sifatining bunday arxitekturasi operatorlarga har bir
alohida tunnelga bog‘liq bo‘lgan QoS darajalari ustidan, alohida
tunnellar o‘rnatish vaqtlarini aniqlash ustidan va alohida tunnel-
larga bog‘lanadigan ilovalar oqimlari ustidan to‘liq nazorat qi-
lishni ta’minlaydi. Shunday qilib, LTE tizimida xizmatlar sifatini
nazorat qilishning samarali mexanizmini yaratish mumkin.
Dostları ilə paylaş: