Raqamli mobil aloqa



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə222/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   289
Raqamli mobil aloqa

T
b
uzunligi kanal 
polosa sining uzunligiga va tizimiy takt chastotasiga (diskret-
lashtirish chastotasi) bog‘liq.
OFDM multplekslashda SR himoya intervalidan foydalanish 
shahar sharoitlaridagi qayta jipslanishlar va signalning ko‘p 
nurli tarqalishi natijasida vujudga keladigan SAI (simvollara-


420
ro interferensiyadan) qutqaradi. Biroq, bu mexanizm OFDM 
simvol 
T
b
foydali qismi uzunligining chegaralarida fazaviy ke-
chikish bilan keladigan o‘sha bir simvoldagi signallar ning ust-
ma-ust tushishi bo‘lgan ichki simvolli interferensiyani (ISI) ol-
dini ololmaydi. Natijada axborot to‘liq buziladi. Yoki butunlay 
yo‘qoladi (masalan, 1800 ga fazaviy surilishda). ISI ga qarshi 
turish va alohida simvollar yoki ularning fragmentlari yo‘qo-
tilganda ma’lumotlarni yo‘qotilishining oldini olish uchun 
IEEE 802.16 standartida kanalli kodlashning samarador vosi-
talari qo‘llaniladi. Fizik darajada ma’lumotlarni kodlash uchta 
randomizatsiya, xalaqitbardosh kodlash va o‘rin almashtirish 
bosqichlarini o‘z ichiga oladi. 
29.3-rasm. 
OFDM simvolning tuzilmasi.
Randomizatsiya ma’lumotlar blokini PTKK generatori shakl-
lantiradigan psevdo tasodifiy ketma-ketlikka ko‘paytirish yo‘li 
bilan amalga oshiriladi. Bu jarayon bilan “ma’lumotlar oqimini 
oqartirish” deyiladi.
Qabullash tomonida keyin dastlabki tuzilmalashtirilgan ket-
ma-ketlikni olish maqsadida bu tasodifiy ketma-ketlikni teskari 
o‘zgartirish bajariladi. 


421
Ma’lumotlarni kodlash Rid-Solomon tashqi koderi va ichki 
svertkali kodyerdan iborat ikkita bosqichdagi kaskadli kodlar ning 
qo‘llanilishini ko‘zda tutadi. Rid-Solomon koderi BPSK ikki 
pozitsiyali modulyatsiya bilan va OFDM subkanallari ishlatiladi-
gan hollarda qo‘llanilmaydi. Tavsiflangan kodlash mexanizmidan 
tashqari, standart blokli turbokodlarni (Xemming kodlariga va 
juftlikni nazorat qilishga asoslangan) va svertkali turbokodlarni 
opsional qo‘llanilishini ko‘zda tutadi. 
Kodlashdan keyin o‘rin almashtirish jarayoni (shuningdek, “in-
terliving” atamasi qo‘llaniladi) keladi. Bu OFDM simvolga mos 
keladigan ma’lumotlarni kodlash bloki chegaralarida bitlarni o‘rin 
almashtirishi hisoblanadi. Bu operatsiya ikkita bosqichda amalga 
oshiriladi. Dastlab qo‘shni bitlar qo‘shni bo‘lmagan eltuvchilarga 
tarqatiladi, keyin esa qo‘shni bitlar turli yarim ketma-ketliklarga 
tarqatiladi. O‘rin almashtirishdan maqsad shundaki, simvoldagi 
guruhli xatoliklarda qo‘shni bo‘lmagan bitlar zararlansin va shun-
day qilib, bitlarni qayta tiklanish darajasi ortsin. 
O‘rin almashtirishdan keyin modulyatsiya bosqichi boshlanadi. 
Tanlangan modulyatsiya sxemasidan (BPSK, QPSK, 16-QAM, 64-
QAM) kelib chiqib, blok modulyatsion simvollarga mos ravishda bit-
lar guruhlari ketma-ketligidan (1/2/4/6 bitlar) iborat bo‘ladi.
29.3-jadval

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin