Raqamli mobil aloqa


LTE tarmoqlarida “rouming” asoslari



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   289
Raqamli mobil aloqa

17.2. LTE tarmoqlarida “rouming” asoslari
LTE tarmoqlarida “rouming”ni tashkil etishning asosiy omil-
lari shundan iboratki, ushbu tarmoqlar 3GPPning ilgari ishlab 
chiqarilgan boshqa barcha texnologiyalari (ya’ni GSM, UMTS va 
LTE) bilan, shuningdek boshqa standart aloqa tarmoqlari (masa-
lan, 3GPP-2) va keng polosali simsiz ulanish tarmoqlari (WiMAX 
i Wi-Fi) bilan “rouming”ni ta’minlashi zarur.
“Rouming” bilan bog‘liq masalalarni o‘rganib chiqishda ikki 
aspektga e’tibor beriladi: tijorat hamda texnologik. Bugungi kunda 
ishlab turgan LTE tarmoqlari soni kamligi tufayli tijorat nuqtayi 
nazardan “rouming” xizmati bo‘yicha amaliy tajriba oz bo‘lib, bu 
haqda so‘z yuritish biroz erta.
Texnologik nuqtayi nazardan esa “rouming”ni standartlash-
tirish; uni tashkil qilish uchun foydalaniladigan interfeyslar 
tuzil masi; 3GPP hamda “no-3GPP” (ya’ni 3GPP stanadartlari-
ga qarashli bo‘lmagan) tarmoqlarda “rouming”ning asoslari kabi 
masalalar ko‘rib chiqiladi. Xususan, LTE tarmoqlarida “rou-
ming”ni tashkil etish texnologik tarafdan quyidagi jarayonlarni 
o‘z ichiga oladi:


266
• LTE tarmoqlari bo‘yicha 3GPP texnik spetsifikatsiya ta
-
lablariga asosan radioulanish tarmoqlari darajasida tarmoqlararo 
hamkorlikni ta’minlash;
• mahalliy tarmoqning radioqamrov hududidan tashqarida 
LTE tarmoqlari qo‘llab-quvvatlaydigan chastota diapazonlarini 
“skaning” qilish (izlash), sotalarni tanlash, “mehmon” tarmog‘ida 
autentifikatsiya hamda avtorizatsiya jarayonlarini bajarish;
• “mehmon” tarmog‘ida autentifikatsiya amalga oshirilgani
-
dan so‘ng abonent uskunasi uchun IP-manzil ajratish hamda 
“mahalliy” va/yoki “mehmon” tarmoqlari xizmatlariga ulanish-
ni ta’minlash;
• “rouming” sharoitida signalizatsiya trafigini marshrutlash 
hamda tarmoqlararo “billing”ni ta’minlash.
LTE tarmoqlarida “rouming”ni texnik aspektlari 3GPPning bir 
nechta spetsifikatsiyasi asosida tartibga solinadi. Ularning asosiysi 
23-seriya (TS 23.401 va TS 23.402) deb nomlangan spetsifikatsi-
yalar turkumiga birlashgan. 
TS 23.401 hamda TS 23.402 spetsifikatsiyalarida mos ravishda 
3GPP hamda “no-3GPP” ulanish tarmoqlari bilan “rouming”ni 
amalga oshirish masalalari keltirilgan. TS 23.003 spetsifikatsiyasi-
da ovoz xizmatlarida mobil “rouming” raqami shakllantirilishi, 
mobil yoki keng polosali simsiz ulanish IP tarmoqlari uchun iden-
tifikatorlar aniqlanishi bo‘yicha ma’lumot keltirilgan. TS 36.410 
hamda TS 29.215 spetsifikatsiyalari TS 23.401 va TS 23.402 lar 
bilan birgalikda “rouming” jarayonida LTE tarmog‘i interfeysla-
rining vazifalarini aniqlaydi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, LTE tarmoqlari “uzluksiz” mobil-
lik konsepsiyasiga asoslanadi, ya’ni bugungi kunda mavjud bo‘lgan 
barcha mobil keng polosali aloqa tarmoqlari bilan “xendover” va 
“rouming” jarayonlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuning uchun tex-
nologiyada quyidagi IP tarmoqlarda mobillikni boshqarish pro-
tokollarini ishlatish ko‘zda tutilgan: xost asosida qurilgan mobil 
IP protokollar (MIPv4, MIPv6 versiyalari), shuningdek tarmoqlar 
asosida qurilgan protokollar — PMIPv6 (mobil proksi-protokol-


267
lar). Xost asosidagi mobillikni boshqarish protokollari — HBM 
bevosita AUda ishlaydi. Tarmoq asosidagi protokollar — NBM 
esa mobillikni boshqarish vazifalaridan AUni imkon qadar ozod 
qilishga yo‘naltirilgan.
MIPv4 protokoli IPv4 protokolining mobillikni ta’minlashga 
qaratilgan takomillashtirilgan turi hisoblanadi. Unga ko‘ra AU 
ulanish tarmog‘idan qat’i nazar har doim o‘zining “uy” IP manzili 
bo‘yicha identifikatsiya qilinadi, garchi “mehmon” tarmog‘ida u 
boshqa IP manzil olsa ham (mazkur nomli “care-of”-manzil). IP 
manzillarni belgilash dinamik konfiguratsiya protokoli — DHCP 

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin