16.2. Aktiv holatdagi mobillik
LTE tizimida AUning “aktiv LTE” holatida uni ikki sota
orasida harakatlanishida “teskari (yoki bashorat qilingan) xen-
dover” jarayoni amalga oshadi. “xendoverning” bu turida “uy”
sota AUning status ma’lumotlariga asoslangan holda mehmon
sotani aniqlab unga AU uchun kanal ajratishini so‘rab xabar be-
radi. Bunday xabarni olgan mehmon sota kerakli kanal resursini
ajratadi va shundan so‘ng “uy” sota AUga “xendover” jarayonini
boshlashga buyruq beradi.
LTE tizimida RLC protokolining ta’siri eNB tugunigacha
bo‘lgani sababli “pastga” yo‘nalishdagi ma’lumotlarni buferizat-
siya qilish (xotirada saqlash) eNBda amalga oshiriladi. Shuning
uchun LTE tizimlarida eNB tugunlari orasidagi “xendover” vaq-
tida ma’lumotlarni yo‘qolishiga qarshi mexanizmlarning ishla-
tilishi UMTS tizimlaridagiga nisbatan kattaroq ahamiyatga ega
(chunki UMTSda ma’lumotlarning buferizatsiyasi radiotarmoq-
ning markaziy kontrolleri — RNC da amalga oshadi, ular orasida
esa “xendover” kamroq amalga oshiriladi). Shu sabab “xendover”
jarayonida ma’lumotlar yo‘qolishini minimallash maqsadida LTE
tarmoqlarida ikki mexanizm taklif qilingan: ma’lumotlar buferi-
ni qayta yo‘naltirish
(rus. переадресация)
va ma’lumotlarni ikki
marta yuborish
(ingl. bi-casting)
mexanizmlari.
257
Ma’lumotlar buferini qayta yo‘naltirishda, “xendover” haqida
qaror qabul qilingandan so‘ng “uy” eNB AU uchun mo‘ljallan-
gan va buferda saqlangan barcha ma’lumotlarni mehmon eNB ga
X2 interfeysi yordamida jo‘natadi. Agarda eNB tugunlari orasi-
da X2 interfeysi tashkil qilinmagan bo‘lsa, u holda AUga barcha
ma’lumotlar MME orqali S1 interfeysi yordamida yo‘naltiriladi.
Ikki marta yuborish mexanizmida S-GW shlyuzi ma’lumotlarni
AUning joylashish tasodifi eng yuqori bo‘lgan eNBlar guruhiga (“uy”
eNBni ham qo‘shgan holda ikki yoki ko‘proq eNBlarga) yuboradi.
Aytib o‘tish joizki, ma’lumotlarni ikki marta yuborish mexanizmi ma-
gistral liniyalarning ancha katta o‘tkazuvchanligini talab qiladi, lekin
ma’lumotlarning yo‘qolishidan to‘liq kafolatlamaydi. Katta muammo
ma’lumotlarni yuborish vaqtini aniqlashdadir: agar yuborish vaqtdan
ilgari amalga oshsa, bu magistral liniyalarda yuklanishni oshishiga, agar
kechiktirilsa — ma’lumotlar paketini yo‘qolishiga olib kelishi mumkin.
Shularni hisobga olgan holda, 3GPP loyihasi LTE tarmoqlari
ichidagi “xendover” jarayonlarida ma’lumotlar buferini qay-
ta yo‘naltirish mexanizmini ishlatishga qaror qildi. Bunda “uy”
eNB trafikning turiga qarab uni qayta yo‘naltirish bo‘yicha o‘zi
qaror qabul qilishi mumkin. Misol uchun, agar trafik real vaqt
masshtabida bo‘lmasa, qayta yo‘naltirishda ma’no bor, aks holda
– bundan ma’no yo‘q (16.6-rasm).
Mezbon eNB
Mehmon eNB
S-GW
CQI kanali holati
haqida ma’lumotnoma
a)
258
Mezbon eNB
Mehmon eNB
S-GW
AU uchun
kontekst
eNB orasida
X2 interfeysi
orqali signalling
“xandover”ga
tayyorlash
b)
Mezbon eNB
Mehmon eNB
S-GW
AU mezbom eNB
dan mehmon eNB
ga o‘tishda UL-pa-
ketlarni buferda
saqlaydi
eNB orasida
X2 yuboriladi
d)
259
Mezbon eNB
Mehmon eNB
S-GW
MME
“xandover”
tugadi
e)
Mezbon eNB
Mehmon eNB
S-GW
f)
260
Mezbon eNB
Kanal resurslarini
bo‘shatish
Mehmon eNB
S-GW
g)
Dostları ilə paylaş: |