Raqamli mobil aloqa


Adaptiv antenna tizimlari



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   289
Raqamli mobil aloqa

 19.5. Adaptiv antenna tizimlari
Hozirgi vaqtda antenna texnologiyalari radiotarmoqlarning 
sig‘imini oshiruvchi “oltin kalitga” aylandi. Bu jarayon 60
o
va 
120
o
yo‘naltirish diagrammasi (YD)ga ega bo‘lgan va bir sota si-
fatida ishlagan sektorli antennalardan boshlangan edi. Masalan, 
GSM tarmoqlarining sig‘imi uchta 120 gradusli sektorli anten-
nalar ishlatilishi tufayli uch martaga oshishi mumkin.
Yangi panjarali adaptiv antenna tizimlari tor YD – “nur”lar-
dan foydalanib fazoviy multiplekslash imkoniyatini kengaytiradi. 


295
Panjarali adaptiv antennalar tizimlariga signalning kelish yo‘na-
lishi – DoA 
(ingl. Direction of Arrival)
ni aniqlash va mos ra-
vishda o‘z YDni sozlash imkoniyati bilan farqlanadigan “aqlli” 
(intellektual) antennalar ham kiradi. Yo‘naltirilgan antennalar, 
shuningdek, umumiy nurlantiriladigan quvvatni ham sezilarli 
kamaytirishga imkon berib, kanallararo interferensiyani kamay-
tiradi. Abonent uskunalari bilan teskari aloqa bor-yo‘qligidan 
qat’i nazar “aqlli” antennalar mustaqil ravishda AUga yo‘nalti-
rilgan nurlarni shakllantirishi mumkin. Ammo, qo‘shimcha, AU 
bilan teskari aloqa bo‘lsa, murakkab antenna panjaralarini sod-
dalashtirish imkoni paydo bo‘ladi. Aksincha, MIMO tizimlari, 
odatda, AU bilan teskari aloqa mavjudligini talab qiladi.
“Nurlarni shakllantirilish” — bu antenna panjarasining nursi-
mon YD ni yaratish uchun foydalaniladigan usuldir. U barcha an-
tenna panjaralari tizimlarida qo‘llanilishi mumkin. Buni hisobga 
olganda “aqlli” antenna tizimlari ikki guruhga bo‘linishi mumkin 
(19.6-rasm):

Oldindan aniqlangan turg‘un (rus. фиксированный) YDlar-
ning cheklangan soniga ega fazalashtirilgan antenna panjaralari 
tizimlari (yoki nurlarni turg‘un tarzda shakllantirish);
19.6-rasm.
Nurlarni turg‘un va adaptiv tarzda shakllantirilishi.
• Real vaqt rejimida radiomuhitning real sharoitlariga mos­
lashtirilgan YDlarning cheksiz soniga ega adaptiv antenna tizim-
lari 
(ingl. Adaptive Antenna System, AAS)
(yoki nurlarni adaptiv 
(moslashuvchan) tarzda shakllantirish.


296
Nurlar turg‘un tarzda shakllantirilganda DoA yo‘nalishi hi-
soblanadi va qo‘zg‘almas signal nuri o‘rnatiladi. Agar AU bun-
day turg‘un nurlar orasida harakatlansa u holda signal djitteri 
(fazaviy yoki chastotaviy tasodifiy og‘ishlar) aloqaning uzilishiga 
olib kelishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda AU faqat nurning 
markazida joylashganida signalning maksimal kuchiga ega bo‘la-
di. Nurlarni adaptiv shakllantirishda esa bunday muammo vujud-
ga kelmaydi, chunki bunda nurni antenna AUning real vaqtdagi 
harakatlanishiga sozlaydi. Ko‘rinib turibdiki, bu rejim nurlarni 
turg‘un tarzda shakllantirishga qaraganda murakkabroq va qim-
matroq bo‘ladi.

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin