Raqamli mobil aloqa


“Yuqoriga” yo‘nalishdagi kanalni tashkil etilishi



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   289
Raqamli mobil aloqa

20.2. “Yuqoriga” yo‘nalishdagi kanalni tashkil etilishi
Nimeltuvchilarni ortogonal tartibda bo‘lish va siklik prefiks-
lardan foydalanish hisobiga radiokanal parametrlarining vaqt 
bo‘yicha dispersiyaga nisbatan bardoshligiga erishiladi. Shu tufayli 
OFDM qo‘llaniladigan tizimlarda qabul qilish tomonida murak-
kab ekvalayzerlarga zarurat qolmaydi. Bu esa katta afzallik deb 
hisoblanadi, chunki qabul qilgichda signalni qayta ishlash jarayo-
ni soddalashadi va mos ravishda abonent uskunasining narxi va 
energiya iste’moli kamayadi. 
“Yuqoriga” kanalda AUning ruxsat etiladigan nurlanish quvvati 
cheklangani sababli axborot uzatishning energetik samaradorli-
gini oshirish, AUning narxini va energiya iste’molini kamaytirish 
kabilar birinchi darajali masalalar bo‘lib qoladi. Shu munosabat 
bilan LTE tizimida “yuqoriga” yo‘nalishi uchun signalni qayta 
ishlashning yangi 

SC-FDMA 
(ingl. Single-Carrier Frequensy 
Division Multiple Access — bir eltuvchi asosida kanallarni chasto-
taviy ajratish bilan ko‘p sonli ulanish)
texnologiyasi taklif etilgan. 


308
SC-FDMA texnologiyasi OFDM texnologiyasi bilan ko‘plab 
o‘xshashliklarga ega bo‘lib, ulardan asosiysi shundaki, “pastga” 
yo‘nalishda chastotaviy ortogonallik sota ichidagi abonentlar 
orasida tashkil qilingan va bu sota ichidagi interferensiya hajmini 
boshqarishga imkon beradi. Shuningdek, SC-FDMA kuchaytir-
gich quvvatini tushishini kamaytiradi va bu bilan AUning akku-
mulyatorining xizmat muddatini cho‘zishga va aloqa uzoqligini 
oshirishga imkon beradi. SC-FDMA texnologiyasida signalni 
qayta ishlashni asosini taqsimlangan OFDM-simvollarini diskretli 
Fure tezkor o‘zgartirish usuli tashkil etadi (20.6-rasm).
Modulyator
YCH-signal
sintezi
0
0
0
0
0
0
0
0
0
Sikl
prefiksni
qo‘shish
f
0
S
0
S
1
S
M-1
f
M-1
f
M-1
f
N-1
f
1
f
0
f
1
N-nuqtali FTTO’
M-nuqtali
FDO’
Modulyatsiya
simvollari
20.6-rasm.
E-UTRAN tarmog‘idagi “yuqoriga” yo‘nalishda 
uzatishda SC-FDMA texnologiyasi yordamida signalni qayta 
ishlash sxemasi.
SC-FDMA texnologiyasining OFDMA texnologiyasidan farqi 
simvollarni nimeltuvchilarga taqsimlash jarayonida M-simvollar-
ni tanlanadigan M-nimeltuvchilarga taqsimlaydigan FTO‘ mexa-
nizmi asosida ishlaydigan M-massivi uchun qo‘llanilishi hisobla-
nadi (3.40-rasmda ko‘rsatilganidek). Tanlanadigan nimeltuvchilar 
kuchaytirgich quvvatini kam tushirish maqsadida yoki ketma-ket, 
yo bir tekis taqsimlangan bo‘lishlari kerak. Bunda signal bir eltuv-
chi sifatida qaraladi, chunki M-massivining boshlang‘ich FTO‘ 
o‘zgartirilishi vaqt bo‘yicha ajratilgan va bir tashuvchilik signal-
ni dastlabki holatiga qaytaradigan katta N-massivining teskari 
TFTO‘ o‘zgartirilishi bilan neytrallanadi. Qabul qilgich tomonida 
oddiy chastotaviy qayta ishlashdan foydalanish mumkin. 


309
SC-FDMA signalining bevosita shakllanish jarayoni quyidagi 
tarzda amalga oshadi. Kanal kodlashi, skrembllash va modu l-
yatsion simvollar shakllanganidan so‘ng bu simvollar 
M
simvollar 
bloklariga guruhlanadi (SC-FDMA sub-simvollari). Bu sub-sim-
vollarni 15kGs lik nimeltuvchilarga joylashtirib bo‘lmaydi, chunki 
ular endi kengroq bo‘lib qolishdi va 

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin