Raqamli mobil aloqa


LTE tizimining radiointerfeysining tashkil etilishi



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   289
Raqamli mobil aloqa

19.6. LTE tizimining radiointerfeysining tashkil etilishi
LTE tizimlari funksionalligiga qo‘yilgan talablarni hamda abo-
nentlar xarajatlarini kamaytirish va ularga mo‘ljallangan xizmatlar 
tarkibini va sifatini yaxshilash, shuningdek operatorlarning eks-
pluatatsion sarflarini kamaytirish bo‘yicha talablarni hisobga ol-
gan holda LTE tizimi radiointerfeysini tashkil etishni asosiy prin-
siplari quyidagilardan iborat:

1 bit axborotni uzatishga taqsimlangan tarmoq ekspluatatsi-
yasi qiymatini tushirish;

abonentlar talab qilgan xizmatlar sonini ko‘paytirish;

mavjud va yangi chastota diapazonlaridan foydalanishni mos-
lashuvchanligini oshirish;


298

tarmoq arxitekturasini soddalashtirish, tarmoq interfeyslarini 
unifikatsiyalash va ortiqcha funksiyalarni qisqartirish;

abonent uskunalari tomondan batareya quvvatini tejamliroq ish-
latish.
Bu prinsiplarni ishlatish uchun LTE tizim interfeysida qator 
istiqbolli yechimlar, aynan OFDM va MIMO texnologiyalarining 
ishlatilishi, shuningdek, FDD va TDD duplekslash rejimlaridan 
foydalanish qo‘llanilgan.
Yuqoriroq operatsion moslashuvchanlikni ta’minlash uchun, 
E-UTRA fizik darajasining spetsifikatsiyalari o‘tkazish polosala-
riga mustahkam biriktirilmagan va 20MGs li maksimal polosada 
ishlashga mo‘ljallangan. 
LTE tizimi radiointerfeysining tashkil etilishini batafsilroq 
ko‘rib chiqamiz. 
eNB — tayanch stansiya (TS) va abonent uskunasi (AU) orasida 
almashuv jarayoni davriy ravishda takrorlanadigan kadrlar (LTE 
terminologiyasida “radiokadrlar”) asosida amalga oshadi [31]. 
Radiokadrlarning uzunligi 10ms ni tashkil etadi. O‘z navbati-
da, radiokadrlar 0,5ms uzunlikdagi vaqt kesimchalari – slot 
(
ingl. time slot 

 vaqt orlig‘i, qisqartirilganda 

 slot)
lardan tash-
kil topgan. LTE spetsifikatsiyasidagi barcha vaqt parametrlari 
Ts
= 1/(2048*
D
f) = 0,32552mks minimal vaqt birligiga 
bog‘langan bo‘lib, u Fur’e tezkor o‘zgartirish usuli uchun 
maksimal mumkin bo‘lgan nimeltuvchilar soniga (20MGs 
li polosada 2048 ta bo‘ladi) va LTE standartida 15kGs qilib 
o‘rnatilgan nimeltuvchi chastotalar kengligi (
D
f)ga bog‘liq 
bo‘ladi. Radiokadrning uzunligi 307200Ts ni tashkil etishini 
hisoblash qiyin emas. 
Ts

vaqt birligi esa, o‘z navbatida, 3G 
tizimlaridagi (W-CDMA tizimlarining 5MGs li kanallarida) 
standart 3,84MGs takt chastotasiga karrali bo‘lgan 30,72MGs 
takt chastotasiga mos keladi (8*3,84MGs = 30,72MGs). 
Aynan shu takt chastotalarining karraliligi LTE tarmoqlarining 
UMTS va GSM tarmoqlari bilan o‘zaro “yumshoq” ishlash 
imkonini beradi.


299
1 radiokadr, 10 ms
1 slot
0,5 ms
1 subkadr, 1 ms
#0
#1
#2
#3
#18
#19

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin