176
2. Nurlarni shakllantirilishi usuli va MIMO texnologiyalarni
birlashtirishda qanday murakkabliklar mavjud?
3. Nurlarni shakllantirilish usuli va MIMO texnologiyalarni bir-
lashtirishda qanday yutuqqa erishiladi?
4. WiMAX tizimlari uchun radiochastotalarni taqsimlashda
qan day butundunyo an’analari mavjud?
5. WiMAX tarmoqlari uchun spektrni taqsimlash qanday
muam molarga bog‘liq?
6. Litsensiyalanadigan va litsenziyalanmaydigan
chastotalar po-
losalari qanday farqlanadi?
7. 3,5GGs diapazonda spektrni taqsimlanishining qanday o‘zi-
ga xos xususiyatlari mavjud?
8. 5GGs diapazonda spektrni taqsimlanishining qanday o‘ziga
xos xususiyatlari mavjud?
9. 2,5GGs (WCS, 2,4GHz ISM va MMDS) diapazonda spek-
trni taqsimlanishining qanday o‘ziga xos xususiyatlari mavjud?
10. WiMAX tarmoqlari uchun qanday qo‘shimcha chastotalar
polosasi ko‘zda tutilgan?
11. WiMAX tarmoqlari uchun Yevropada spektrni taqsimla-
nishining qanday o‘ziga xos xususiyatlari mavjud?
12. WiMAX tarmoqlari uchun
Rossiyada spektrni taqsimla-
nishining qanday o‘ziga xos xususiyatlari mavjud?
13. Xavfsizlik assotsiatsiyalariga tavsif bering va ularning qan-
day turlari mavjud?
14. Ma’lumotlar uchun qanday xavfsizlik assotsiatsiyalari mav-
jud va ular qanday tashkil etuvchilardan tashkil topgan?
15. Avtorizatsiya uchun xavfsizlik assotsiatsiyalarining qanday
tashkil etuvchilari mavjud?
177
11-bob. 3G – UCHINCHI AVLOD STANDARTLARI
11.1. IMT-2000 radiointerfeyslari
Shunday qilib, o‘tgan asrning oxirida
ikkinchi avlod mobil alo-
qa tizimlarining asosiy kamchiligi ularning past 9,6—14,4kbit/
sek tezlikda ma’lumot uzatishi bo‘ldi. Shu sababli, yuqori-
da ko‘rsatilganidek, IMT-2000 doirasida 3G tarmoqlarida kam
harakatlanadigan abonentlar uchun 2Mbit/sek gacha va mobil
abonentlar uchun 384kbit/sek gacha ma’lumot oqimi tezliklariga
erishish bo‘yicha ishlar olib borildi. Ma’lumki, jahonda 3GRR
va 3GRR-2 nomlari bilan mashhur bo‘lgan
uchinchi avlod stan-
dartlarini shakllantiruvchi ikkita global hamkorlik birlashmalari
mavjud. 3GRR qatnashchilari chastota (FDD) va vaqt (TDD)
asosida duplekslashdan foydalanadigan keng polosali W-CDMA
(ingl. Wideband-CDMA)
texnologiyalari uchun xos xususiyatlarni
muvofiqlashtirishga erishdilar
va HTIga tegishlicha, IMT-DC va
IMT-TC loyihalarini taqdim etdilar. Radiointerfeysni tashkil etish
bo‘yicha asos sifatida Yevropa takliflari — UTRA
(ingl. UMTS
Terrestrial Radio Access — UMTS tizimiga Yer usti ulanish radio-
interfeysi)
asosida UTRA FDD va UTRA TDD variantlari qo‘yil-
di. 3GPP-2 birlashma a’zolari D-AMPS texnologiyasini UWC-
136 texnologiyasigacha va cdmaOne texnologiyasini CDMA-2000
texnologiyasigacha rivojlantirish bo‘yicha evolyutsion yo‘llarni
taklif etishdi. Bu
takliflar HTIga, tegishlicha, IMT-SC va IMT-
MC loyihalari sifatida taqdim etildi (11.1-jadvalga qarang).
Shunday qilib, IMT-2000 dasturi doirasida 3G darajasida
standartlarni birlashtirishga urinishlarga qaramasdan,
jahonda
W-CDMA (UMTS, FOMA) va CDMA-2000 texnologiyalari
asosidagi o‘zaro moslashmaydigan ikkita standartlar oilasi vujudga
keldi (11.2-jadvalga qarang). Uchinchi avlod mobil aloqa tizim-
lari haqida keyingi mavzularda atroflicha ma’lumot beriladi, shu
bois bu o‘rinda faqat ularning rivojlanish
jarayonini yoritish bilan
cheklanamiz.