168
Qayd qilingan kanallarni
taqsimlash Multi-Net LTR
tarmoq
larida ko‘chma stansiyalar dasturiy ta’minoti bilan
ajralib turadi, retranslyatorlar esa qo‘llaniladigan chastotali
diapazonlari bilan radioaloqa terminallari (RNT) retranslya-
tordan ma’lum masofaga uzoqlashtirilishi
va u bilan aloqa
liniyalari orqali bog‘langan bo‘lishi mumkin. Bunga qo‘shim-
cha bitta RNTga 30 tagacha retranslyatorlar ulangan bo‘lishi
mumkin.
Boshqaruv moduli (SMM) RNT orqali tizimni boshqaradi,
uning vazifasiga radioretranslyatorlar parametrlarini uzoqdan tu-
rib dasturlash imkoniyati va ko‘rsatilgan xizmatlar hisobi kiradi.
Boshqaruv aloqaning butun seans davomida retranslyator bilan
ko‘chma stansiya orasida signallarning
uzluksiz uzatilishi amalga
oshiriladi.
Boshqaruv signallari past chastotali 150 Hz gacha bo‘lgan
polosada uzatiladi. Ko‘chma stansiyaning tizimga kirish vaq ti
0.5 sekunddan oshmaydi. Tarmoqqa kirish, tarmoq operato-
ri tomonidan dastur usulida o‘rnatilgan
maxsus kirish kod-
lari (ID) gruppasining signalini uzatish yo‘li bilan amalga
oshiriladi.
Turli xildagi ko‘chma stansiyalar bir-birini eshitishmaydi. Bir
boshqaruv signali elementining davomiyligi 3.33 millisekundni
tashkil qilib, u 300 bit/s uzatish tezligiga mos keladi. “EF.Johnson
CO” firmasining boshqaruvni taqsimlovchi tranking aloqa tizimi-
dagi asosiy afzallik
shundan iboratki, uning markaziy boshqaruv
tizimlarida ko‘zda tutiladigan alohida boshqaruv radiokanalining
yo‘qligidir.
Motorola firmasining tranking tizimlarida markazlashtiril-
gan boshqaruv ham ko‘p funksiyalarga ega bo‘lgan bir zona-
li
anologli tizimlarda, ham “SMARNET”, “STARTSAYT”
va “SMART ZON” singari raqamli kirish va boshqaruvga ega
bo‘lgan ko‘p zonali tizimlarda qo‘llaniladi. “STARTSAYT”
tizimida bir vaqt ning o‘zida 5 ta kanal ish bilan ta’minlanadi,
ulardan biri boshqaruv kanali uchun ajratiladi. Bu tizimning
169
afzalligi shundaki, undan boshqaruv
kanali bilan ishlash re-
jimida ham uni vaqtinchilik gaplashishi uchun ishlatish rejim-
ida ham foyda lanish mumkin. Boshqaruv kanali bilan ishlash
rejimi holatida bu kanalda shoshilinch muhim xabarlarni, ma-
salan favqulodda avariya sodir bo‘lganda chaqiriqlarni uza-
tish mumkin. Boshqa kanallar band bo‘lgan
holatda boshqa-
ruv kanali so‘zlashuv kanali sifatida foydalanilishi mumkin.
Bunday holatda tizim boshqaruv kanalining mavjudligi bilan
bog‘liq barcha ustunliklarini yo‘qotadi. Kanallardan birini
boshqarish uchun ozod qilinganda (5 ta kanalli variantda 4 ta
kanal) tizim avtomat ravishda bu rejimga o‘tkaziladi. Rejimni
o‘zgartirish tizim operatorlari tomonidan
amalga oshirilishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: