Raqamli mobil aloqa


Radiosignallarni birlashtirish qurilmasi



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   289
Raqamli mobil aloqa

Radiosignallarni birlashtirish qurilmasi
qabul qilgich va 
uzatgichlarning bir necha chastotaviy kanallarda bir vaqtning 


160
o‘zida baravar ishlashi uchun bitta antenna jihozidan foy-
dalanishga xiz mat qiladi. Tranking tizim retranslyatorlarida 
faqat dupleks rejimda ishlash ko‘zda tutiladi, qabul qilish va 
uzatish chastotalarining tarqoqligi 45MHz dan 3MHz gacha 
farq qiladi.
Kommutator
tarmoq ichida va, shuningdek, tashqi tarmoqlar 
bilan ulanishni ta’minlaydi. BS hamma qismlari (uzel) birga 
ishlashini boshqarish qurilmasi amalga oshiradi. Bundan tash-
qari u chaqiruvlarni ko‘rib chiqadi, chaqiriluvchi abonentlar-
ni identifikatsiyalashni amalga oshiradi, chaqiruvlar navbatini 
o‘rnatadi, vaqt bo‘yicha to‘lovlar uchun vaqt hisobini yurita-
di, shuningdek lozim bo‘lganda telefon tarmog‘i bilan ulanish 
davomiyli gini (boshqaradi) sozlaydi. Tranking tizimda UFTT 
interfeysi har xil usul bilan amalga oshiriladi. Arzon tizimlarda 
(masalan, SmarTrunk) ulanish ikki simli kommutator liniya 
bo‘yicha olib boriladi. Zamonaviy tranking tizimlar UFTT in-
terfeysi tarkibida ATSning standart raqamli nomer terish DID 
(Direct Inward Dia ling) raqamni to‘g‘ridan to‘g‘ri teruvchi ap-
paraturaga ega. 
Yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishga qodir qator tranking tizim-
lar ATS apparaturasi bilan bog‘lanishda raqamli IKM dan foy-
dalanadi.
UFTT bilan bog‘lanish tranking tizimlari uchun odatiy hol hi-
soblanadi, lekin ma’lumot uzatish shartli bo‘lgan ilovalar sonining 
oshishi sababli, paketlar kommutatsiyasiga ega bo‘lgan tarmoq in-
terfeysining mavjud bo‘lishi zarur hisoblanadi.
Texnik xizmat terminali.
(TXT va E) tayanch stansiyada o‘rna-
tiladi va tizim holatini nazorat qilish, nosozliklarni tashxislash, 
tarifikatsiyali axborotlarning hisobini yuritish, abonentlar ma’lu-
motlari bazasiga o‘zgarishlarni kiritish uchun mo‘ljallanadi. TXT 
va E ulanish uchun qoidaga ko‘ra paketlarni kommutatsiyalash 
tarmog‘idan foydalanadi.
Zarur bo‘lganda tranking tizimlarida dispetcherlik pulti (DP) 
o‘rnatiladi, bundan ko‘pincha mudofaa UFTF va harbiy kuchlar 


161
tashkilotlari, tez tibbiy yordam, yong‘inga qarshi kurashuvchi or-
ganlar va boshqalar foydalanadilar. Tizimga DP yoki abonentlik 
radiosignali orqali yoki BS kommutatoriga bevosita ulangan ichki 
liniyalar bilan ulanadi. Tranking tizimida bir nechta mustaqil tar-
moqni tashkil qilish mumkin va ularning har birida har xil ulan-
gan DP ishlashi mumkin.
Tranking tizimida abonentlik qurilmalar to‘plash juda xil-
ma-xil. Ulardan juda ko‘pchiligi yarimdupleksli radiostansi-
yalar bo‘lib, ular yopiq gruppalardan ishlash uchun juda mos 
keladi. Bunday radiostansiyalar ko‘pincha cheklanganlik funk-
sional imkoniyati uchun raqamli klaviaturaga ega emas. Undan 
foydalanuvchilarga gruppa ichida abonentlar bilan bog‘lanish 
yoki dispetcherga cha qiruv jo‘natish kifoya. Ba’zan yarimdu-
pleksli radiostansiyalarning keng funksional imkoniyatlari mav-
jud bo‘lib, raqamli klaviaturaga ega, lekin bunda ular sezilarli 
darajada qimmat turadi.
Hozirgi davrda tranking tizimida ko‘pincha sotali terminallarga 
qaraganda yuqori funksionallikka ega bo‘lgan, UFTTga ulanishga 
imkon beradigan, shuningdek yarim dupleks tartibi (rejimi)da gu-
ruhiy ishlashni ta’minlovchi dupleksli radiostansiyalar qo‘llaniladi.
Abonentlik qurilmalar ixcham (portativ) va avtomobilli ijroda 
chiqariladi. Avtomobilga o‘rnatilgan qurilma uzatgichining chi-
qish quvvati odatda yuqori bo‘ladi.
Radiointerfeysning tegishli protokoliga moslashtirilgan ra-
diomodem va ma’lumotlarni uzatuvchi terminallar zamonaviy 
tran king tizimidagi abonent jihozlarning yangi sinfi hisobla-
nadi. DPga ulanish uchun muvofiq standart radiostansiyalar 
qo‘llaniladi.
Hozirgi vaqtda tranking tizimlar ko‘p zonali kabi ishlab chiqarilib, 
ularning arxitekturasi ikkita tamoyil (prinsip)ga asosan quriladi:
— zonalararo tarqatiladigan kommutatsiya bilan;
— markazlashtirilgan kommutatsiya bilan.
Birinchi tamoyil (prinsip) (10.2-rasm) uskunalarning narxi 
muhim omil (faktor) bo‘lganda qo‘llaniladi. Bunda UFTTga har 


162
bir BS alohida ulanish imkoniga ega bo‘ladi. Bir zonadan boshqa 
zonaga chaqirish telefon nomerini terish protsedurasini qo‘llagan 
holda UFTT bilan interfeys orqali amalga oshiriladi. BSlararo ula-
nish fizik tashqi aloqa liniyalari yordamida kanallar yoki Internet 
tarmog‘ini kommutatsiyalash yordamida amalga oshiriladi. Maz-
kur kommutatsiyalashni zonalar soni kam bo‘lgan va transzonaviy 
chaqiruvlarning tezligiga talab yuqori bo‘lmagan tizimlar uchun 
ishlatish mumkin.
Portativ
radiostansiya
Portativ
radiostansiya
gap
gap
gap
gap
gap
gap
Ma’lumot uzatish terminali
avtomobil radiostansiya
Ma’lumot uzatish terminali
avtomobil radiostansiya
Ma’lumot uzatish terminali
avtomobil radiostansiya
Boshqarish
qurilmasi
Kommutator
UFTF interfeysi
UFTF interfeysi
PKT interfeysi
PKT interfeysi
PKT interfeysi
Boshqarish
qurilmasi
Boshqarish
qurilmasi
Umumiy foydalanish
telefon tarmog‘i
Paketlarni
kommutatsiyalovchi tarmoq
Kommutator
Kommutator
Radiosignallarni
birlashtiruvchi
qurilma
Radiosignallarini
birlashtiruvchi
qurilma
Radiosignallari
birlashtiruvchi
qurilma
Retranslyatorlar
Retranslyatorlar
Retranslyatorlar
Ma’lumot
uzatish
terminali
Ma’lumot
uzatish
terminali
Ma’lumot
uzatish
terminali
portativ
radiostansiya
Ma’lumot
Ma’lumot
Ma’lumot
Ma’lumot
Ma’lumot

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin