Raqamli nivelirlar va ularning turlari



Yüklə 366,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix10.05.2023
ölçüsü366,95 Kb.
#126675
1   2
raqamli-nivelirlar-va-ularning-turlari

1-shakl raqamli nivelirda oʻlchash ishlari. 
Nivelirda oʻrnatilgan dastur alohida oʻlchash, qayta oʻlchash, oʻrtadan va 
oldinga nivelirlash, rejalash ishlari va nivelir yoʻllini tenglash kabi jarayonlarni 
bajarishini taʼminlaydi. Reykadan olingan sanoqlarni nivelir xotirasiga yozib saqlash 
yoki asbob displeyi(ekrani)dan oʻqib jurnalga yozish mumkin.
 
2-shakl raqamli nivelirni joyga markazlashtirish. 
Oxirgi yillarda Dini rusumli raqamli nivelirlar Trimble firmasi tomonidan Din 
12, Dini 12 T va Dini 22 nomlanib ishlab chiqarilmoqda. Trimble Dini avtomatik 
raqamli nivelirlar oddiy va unumli ishlar uchun moʻljallangan boʻlib, koʻpincha 
balandlik asoslarini barpo etishda va injenerlik geodezik masalalarni yechishda 
qoʻllaniladi.  
Trimble Dini raqamli nivelirlarni afzalligi: 
• katta ekran; 
• asbob bilan ishlashda boshqarishni osonligi; 
• oʻlchangan maʼlumotlarni yozib, saqlash uchun RS kartalar; 
• oʻlchashlarni bajarishda vaqtni tejash; 
• shtrix-kodli reykalarni tanlash imkonligi; 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
633


 
Dini 12 raqamli niveliri. 
Yetarli aniqlikda masofani oʻlchash qobiliyati nivelir yoʻllarda oldi va orqa 
yelkalarni tez muddatda tenglash imkonini beradi. Bu esa yelkalarni maksimal 
uzunligini oshmasligi, shuningdek ishonchli natijalari bilan taʼminlashga va xatolar 
tarqalishini minimallashtirishiga sabab boʻladi. 
Koʻpincha joyning sharoiti va boshqa toʻsiqliklar tufayli nivelir reykalarning 
koʻp qismini koʻrish qiyin boʻladi, lekin Dini nivelirlar bilan oʻlchashlarni bajarish 
uchun faqat reykaning 30sm uzunligini koʻrinishi kifoya qiladi. 
Dini 12 va Dini 12T nivelirlari yuqori aniqlikda nisbiy balandliklar va 
masofalarni esa aniq elektron oʻlchashlar orqali bajarishga moʻljallangan. Invar 
reykalar bilan oʻlchashlarni bajarishda 1km ikkilangan nivelir yoʻlda oʻrta kvadratik 
xatosi bor yoʻgʻi 0,3mm ni tashkil qiladi, oddiy nivelir reykalar bilan ishlashda esa -
1,0mm. 
Dini 12T nivelirni qoʻshimcha elektron gorizontal doira bilan jihozlangan. 
Ushbu nivelir bilan 3ta oʻlchashlar turi: nisbiy balandlik, masofa va gorizontal 
burchaklarni bajarish mumkin. Burchaklar 6" aniqligi bilan oʻlchanadi. 
Dini 12 va Dini 12T nivelirlar yordamida nivelir yoʻllarni oʻtkazishda bevosita 
dalani oʻzida ham oʻlchash hamda tenglash ishlarini bajarish mumkin. 
Dini 22 raqamli nivelir nisbiy balandliklarni oʻlchanadigan va nazorat qiladigan 
injenerlar uchun moʻljallangan.Ushbu nivelir bilan 1km ikkilangan nivelir yoʻli 
uchun oʻrta kvadratik xato buklanadigan reykalari bilan -1,3mm, invar reykalari bilan 
esa-0,7mm ni tashkil qiladi. Dini raqamli nivelirlarni qoʻllash sohalari: 
• nishabliklarni aniqlash va profillarni tuzish uchun tezkor nivelir yoʻllarni 
oʻtkazish; 
• choʻkish zonalarni sʼyomka qilish; 
• temir yoʻllar boʻylab tezkor nivelir yoʻllarni oʻtkazish; 
• avtomobil yoʻllarni nivelirlash; 
• uzanli sʼyomkalarni bajarish; 
• yuzani nivelirlash. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
634


Trimble Dini(AQSh) va DNA (Shveysariya) raqamli nivelirlarni texnik tavsiflari 
4-jadvalda keltirilgan. 
4-jadval 
 
DNA 03 raqamli niveliri 
Avval joyda nivelirlanadigan trassa belgilanib, nivelirlashga tayyorlanadi. 
Kuriladigan inshootning turi va darajasiga qarab, texnikaviy talablarni va joy 
Texnik tavsiflari
Dini 12
Dini 22
DNA 03 
DNA 10 
Oʻlchash aniqligi (elektron oʻlchashlar)
1. Nivelirlash:
1 km yoʻlda oʻrta kvadratik xato xatosi 
- shtrix kodli invar reykalarida
0,3 mm
0,7mm
0,3 mm 
0,9mm 
- buklanadigan reykalarda
1,0 mm
1,3 mm
1,0 mm 
1,5mm 
2. Masofa (elektron oʻlchashlar)
Nivelir rejimida (reykani 30 sm sigmenti bilan)
- shtrix-kodli invar reykalarda bilan
20 mm
25 mm
-buklanadigan reykalar bilan
25 mm
30 mm
3. Burchaklar
Tashqi belgilangan doira
- sanoqlar
1°gacha
1° gacha
- baholash
0,1° gacha 0,1° gacha
Oʻlchash diapazoni
1,5m-
100m
1,5m-100m 1,8m-
110m 
1,8 - 110m 
Oʻlchash vaqti
3 sek 
3 sek 
3 sek 
3 sek 
Koʻrish trubasining kattalashtirishi
32
X
26
X
24
X
24
X
Kompensator ishlash diapazoni 
15 
15 
15 
15 
Diapozon oʻrnatish aniqligi
0,2" 
0,5" 
0,2" 
0,5" 
0,5" 
Displey
21 simvoldan 4 qator, grafik qobiliyati 
Klaviatura
22 klavish, kontekstli funksional klavishalar
Oʻlchash dasturlari standartlari
Bir necha oʻlchashlar, oraliq vizirlash bilan yoʻllarni 
oʻtkazish, yuza nivelirlash. Balandliklarni joyga 
koʻchirish. 
Maʼlumotlarni yozish xotirasi
PCMCIA 
kartasi 
(SRAM) 
2200 qator 
maʼlumot 
uchun 
oʻrna-
tilgan 
PCMCIA kartasi 
(SRAM) 
Quvvatlash mansabi
NiMH batareya kompreksi: 6V, 1.1Ach 
zaryadlanadigan, zaryadlash vaqti 1 soat 
Batareyaning ishlash vaqti 
3 kun
1 xafta 
3 kun 
1 xafta 
Ishlash harorati 
-20° C dan +50° C dan 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
635


sharoitini e’tiborga olgan xolda trassa oʻrni (oʻq chiziq) topografik kartalarda 
belgilanadi (loyihalanadi). Keyin loyihalangan inshootni joyga koʻchirish kerak 
bo’ladi. Kartada loyihalangan trassa asosiy nuktalarining oʻrnini joyda belgilashda 
joy sharoitiga qarab syomka usullaridan foydalaniladi.  
Trassa oʻrnini belgilashda olib boriladigan dala ishlari trassalash deyiladi. 
Trassalashda quyidagi ishlar qilinadi: 
a) Trassa uk chizigining yunalishi va burilishdagi burchak uchlari belgilanadi va 
maxkamlanadi.
b) burilish burchaklari kiymati ulchanadi.
v) Trassa oʻq chizigʻi oʻlchanib piketlarga boʻlinadi. 
g) Trassa syomka qilinadi va aniqlash uchun chiziq qaytadan oʻlchanadi. Bu 
ishlardan keyin nivelirlash boshlanadi. 
Tafsilot xarakterli nuqtalarining oʻrni oʻq chiziqqa nisbatan perpendikulyar usuli 
bilan aniklanadi, piket va plyus nuktalar oʻrni daftarchaga masshtab boʻyicha 
qoʻyiladi va qiymatlari yoziladi.  
Unda PK3+30, 00 da ko’ndalang chizik (poperechnik) olingan shiypon oʻrni 
perpendikulyar usuli bilan syomka qilingani koʻrsatilgan. Yoʻl oʻq chiziq PK4+29,00 
da oʻngga burilgan, burilish burchagi va egri chiziq elementlari koʻrsatilgan. Joydagi 
ekin turlari ham yozib qoʻyilgan.  
Yer sirti vertikal qirqimining kichraytirilgan masshtabda tasvirlanishi profil 
deyiladi. Profil ikki xil: boʻylama va koʻndalang boʻladi. Nivelirlangan nuqtalar 
otmetkasi topilib, nivelirlash jurnali toʻldirilgandan keyin boʻylama va koʻndalang 
profil chiziladi. Buning uchun yoʻlning uzunligini va tanlangan masshtabni koʻzda 
tutib ma’lum oʻlchamda millimetrli masofalar soʻzi vertikal chiziqdan chap tomonga 
yoziladi. Bosh chiziqlar kesishga nuqtadan 0-piket boshlanadi. 
Zamonaviy optik lazerli nivelir 
Masofalar grafasidan jurnaldagi barcha nuqtalar oʻrni tik chiziqlar yordamida 
belgilanadi. Avval piketlar belgilanib, chiziq tagiga ularning nomerlari yoziladi. 
Soʻngra piketlar orasidagi qoʻshma nuqtalar oʻrni jurnalga koʻra belgilanadi. 
Xulosa: Hozirgi kundagi takomillashib borayotgan zamonaviy geodezik 
asboblar va shular qatori raqamli nivelirlar ham turli firmalarda, turlicha 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
636


imkoniyatlarga ega boʻlib ishlab chiqilmoqda. Bu raqamli nivelirlarning afzalliklari 
ham juda kop mutaxasis ishchiga vaqt jihatdan, moddiy tomonlama qilayliklarni 
taminlab beradi.
Raqamli nivelirlarni amaliy bajarilayotgan ishlarda mutaxasis oʻlchash 
ishlaridagi hisoblashlarni avtomatik tarzda hisoblashi, avtomatik markazlashtirishlar 
barchasini zamonaviy nivelirning oʻzi bajaradi mutaxasis faqat nivelirdagi funksional 
klavishlardan toʻgʻri foydalanishni bilsa boʻldi.
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Toshpo‘latov S.A., Avchiyev Sh.K., Kovalyov N.V. Oliy geodeziya.
2. O‘tanov O‘. “Geodeziya” o‘quv qo‘llanma Toshkent “Bilim” 2005
3. Avchiyev Sh.K Amaliy geodeziya “Voris nashriyot” 2010 
4. Oxunov Z.D. Geodeziyadan proktikum. Toshkent, “Universitet”, 2009 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
637

Yüklə 366,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin