O`zbekiston davlatining tashqi funksiyalari
1.
Mamlakatning mudofaasi va milliy xavfsizligini ta`minlash. Endilikda
mazkur funksiyani bevosita bajarish uchun davlatning qator organlari va o`z
Qurolli Kuchlari mustaqillik asosida tashkil etilgan. Qurolli Kuchlarni zarur qurol-
aslaha va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan ta`minlash ushbu funksiya
tarkibida muhim o`rin egallaydi.
2. YAqin va uzoq davlatlar bilan turli sohalarda o`zaro manfaatdorlik
asosida hamkorlik olib borish funksiyasi. Aslida bu - yangi funksiya. Biroq qisqa
davr ichida O`zbekiston dunyoning ko`p davlatlari tomonidan rasman tan olindi,
ular bilan har xil shakllarda aloqalar, diplomatik munosabatlar o`rnatildi, ikki
tomonlama shartnomalar tuzildi. Dunyoda ko`pchilik mamlakatlar bilan hamkorlik
olib borish O`zbekistonning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotida muhim
ahamiyatga molikdir, shu bois xalqaro munosabatlar sohasida faoliyat ko`rsatuvchi
davlat organla-ri va idoralarini tuzish, ularni munosib xodimlar bilan
mustahkamlash jiddiy rol o`ynaydi.
Respublikamizning yuqorida sanab o`tilgan funksiyalarini bajarish uchun
davlat mexanizmini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Bunda, avvalambor,
davlat organlari shakllanishining demokratik asoslarini mustahkamlash, qonun va
boshqa normativ huquqiy hujjatlarda davlat apparati vakolatlarini qat`iy belgilab
qo`yish, boshqaruv organlari tizimini iqtisodiyotda bozor munosabatlari
xususiyatlari, talablariga binoan qayta tashkil yetish va uning huquqiy maqomini
belgilash ko`zda tutiladi. Chunki endilikda iqtisodiy sohada davlat bilan bir qatorda
jamoa (ommaviy) va xususiy boshqaruv unsurlari paydo bo`lmoqda. YAngi davr
vazifalarini ado qila oladigan davlat xizmatchilari guruhlarini tayyorlash va qayta
tarbiyalash jiddiy vazifa hisoblanadi.
Shunday qilib, davrlar o`ta borishi bilan davlatning funksiyalari tizimi ham
o`zgarib boraveradi. Umuman davlat bor ekan, u ma`lum funksiyalarni bajarib
turadi, aks holda uning mavjudligi hech bir ma`noga ega bo`lmay qoladi, albatta.
Biroq ana shu zaruriy funksiyalarning davlat tomonidan bajarilishi har xil darajada
bo`lishi mumkin. Bu, so`zsiz, ko`pgina omillarga, shu jumladan, davlatning
moddiy-iqtisodiy imkoniyatlariga, demokratik tartibga, ichki va tashqi vaziyatga
bog`liq bo`lishi tabiiy holdir.
Xullas, jamiyatda davlat qachon zarur bo`lmay qolsa va u fuqarolik jamiyati
tuzilmasiga uygunlashib ketsa, o`sha paytda uning funksiyalari ham barham topadi
va ular jamiyatning o`zini o`zi boshqaruvchi sub`yektlari zimmasiga ma`lum o`
zgarishlar bilan yuklanadi. Bu haqda uzil-kesil va batafsil xulosa chiqarishga hali
erta, ammo jamiyatning o`sha yuqori darajadagi taraqqiyotiga erishilgan sari
mazkur muammo tobora oydinlashib boradi, insoniyat rivojlanishi esa uzoq
kelajakda o`sha har tomonlama yuksak marralar sari borishi muqarrardir.
1)
Davlat qanday funksiyalarga bo`linadi ?
A)
Ishtimoiy-siyosiy. B) Ichki-tashqi.
C)
Siyosiy-iqtisodiy. D) To`g`ri javob yo`q.
2)
Quydagilardan qaysi davlatning ichki va tashqi funksiyalariga kiradi.
A)
Iqtsodiy-ishtimaoiy B)Siyosiy-Ma`naviy.
B)
Molyaviy-qo`riqlash D) Barchasi to`g`ri.
3)
Regulyativ bu - ?
A)
Tartibga solish. B) Boshqarish.
C)
Mustamlakaga aylantirish. D) A va B javob to`g`ri.
4)
Davlatning iqtisodiy funksiyasi bu –
A)
Iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va jamiyat iqtisodiy faolyatiga ta`sir
Etish.
B)
Iqsodiyotning davlat sektorini boshqarish.
C)
Bozor munosabatlarining huquqiy asosini o`rnatish va narx-navo
Munosabatlarini belgilash.
D)
A,B va C javoblar to`g`ri.
5)
Molyaviy funksiyaning vazifalari bular –
A)
Soliq to`plash B) Bojxona nazorati.
C)Molyaviy nazorat. D) Barchasi to`g`ri.
Dostları ilə paylaş: |