buyruqbozlik usullari tufayli umumiy rivojlanish natijalari ham ancha sezilarli
bo`ldi. Ishlab chiqarishda yagona davlat bankiga tushgan foydalar hisobiga keng
doirada
sanoatni, qurilishni, qishlok xo`jaligini jiddiy rivojlantirish uchun
imkoniyat yaratildi.
3. Sovet davlati olib borgan madaniy-tarbiyaviy
funksiya asosida
savodxonlik ancha oshdi, ta`lim, san`at, adabiyot va dunyoviy fanlar rivojlandi.
Biroq yagona mafkura ta`siri ostida tarixiy va milliy hamda umuminsoniy
qadriyatlardan foydalanish qat`iy cheklandi.
4. Davlat mehnat va iste`mol me`yori ustidan
nazorat olib bordi hamda
aholiga boshqa ijtimoiy xizmatlar ko`rsatish bo`yicha tadbirlarni amalga oshirib
turdi, ishsizlikka barham berildi.
5. Sotsialistik mulkni qo`riqlash funksiyasi. Uni davlat nihoyatda
qattiqqo`llik bilan, 1932 yilda bu mulkni talon-toroj qilganlik uchun hatto o`lim
jazosini
joriy yetish, 1947 yildagi farmon bilan esa uni saqlab qolish bilan olib
bordi. Chunki davlat (sotsialistik) mulkini qo`riqlash ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishning asosi, deb tushunilar edi. Amalda ham shunday bo`lgandi.
6. Davlat rasman fuqarolarning huquq va erkinliklarini qo`riqlash
funksiyasini ham olib bordi. Biroq millionlab kishilarning qonuniy asoslarsiz yo`q
qilib yuborilishi, uzoq muddatlarga ozodlikdan
mahrum etilishi bunday
funksiyaning avj olishiga tamoman zid edi.
7. Sovet davlati tabiat boyliklari va atrof muhitni muhofaza yetish bo`yicha
ham tashkiliy-huquqiy tadbirlar belgilagan edi. Ammo bunda sezilarli natijalarga
hali erishilmagandi. Aksincha, sovet tuzumi tabiatga ayovsiz ta-lafotlar yetkazdi.
Dostları ilə paylaş: