Reja: harakatli o’yinlar


Duduqlanishni bartaraf etishda harakatli o’yinlar



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə2/17
tarix27.04.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#115551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
8-MAVZU

Duduqlanishni bartaraf etishda harakatli o’yinlar.
O’yin maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun eng yaqin, eng sevimli mashg’ulotdir. O’yin bolalar uchun ermak emas, balki bolalarning kuch va qobiliyatini o’stirishga yordam beradigan muhim vositadir. Bolalar o’yin jarayonida tevarak-atrofdagi hayot va tabiat hodisalari bilan tanishadilar, narsalarning o’ziga xos xususiyatlarini bilib oladilar.

Bolalar tevarak-atrofdagi ko’rgan narsalarini o’yinda ifodalab, har xil harakatlarni bajaradilar, ko’rgan-bilganlarini o’zlaricha faol talqin qilishga harakat qilib, pirovardida ifodalanayotgan narsalarini yaxshiroq tushunib, bilib oladilar.

O’yin davomida bolalar yuradilar, sakraydilar, yuguradilar, o’rmalaydilar, biron buyumni irg’itadilar, natijada ularning muskullari rivojlanadi va sezgi organlari rivojlanadi, ular organizmining haet faoliyati yanada o’sadi.

Bolalar o’yin vaqtida o’rtoklari bilan, kattalar bilan, o’yinchoqlari bilan gaplashadilar, jamoa bo’lib o’ynaganlarida har bir bolaning nima ish qilishi kerakligini birgalikda muhokama qiladilar. Bular bolalarning nutq va fikrlash qobiliyatini o’sishga, saviyasi kengayishiga, xotirasini mustahkamlashga yordam beradi. O’yinda bolaning irodasi, o’z harakatlarini o’yin qoidasiga bo’ysundira olish ko’nikmasi o’sadi, u o’zini qo’pol (hatti-harakatlar qilishdan tiyadi, zarur bo’lganda chaqqon harakat qilishga (bekinish, yugurish, tez fikrlar va og’ir ahvoldan qutulib keta olish chorasini topishga) o’rganadi.

Umuman, bolalar jamoa holda o’yinlar o’ynar ekanlar, ular bu jarayonda jamoa orasida o’zini qanday tutish qoidalarini o’rganadilar, uyushqoqlik bilan o’yin o’ynash ko’nikmalarini hosil qiladilar. O’z zimmalariga tushgan rollarni bajarishda katta ma’suliyatni his etishga odatlanadilar.

O’yinning muhim xususiyati shundaki, bolalar egallab olishlari qiyin bo’lgan bilim va ko’nikmalarni o’yin orqali osongina o’zlashtirib oladilar.

Bola faoliyati jarayonida o’ziga zavq uyg’otadigan yorqin, ohangdor narsalar bilan o’ynashga intiladi. Bola sezgi organlari orqali idrok etgan tevarak-atrofdagi narsa va tabiat hodisalari uning xotirasida tasavvur tarzida saqlanib qoladi. O’yinga rahbarlik qilish degani o’yinni shunchaki chetdan kuzatib turish va unga chetdan turib ishtirok etish degani emas, albatta. Logoped o’yin xususiyatlarini hisobga olgan holda o’ziga xos yo’llar bilan rahbarlik qilish kerak.

Logoped o’yinga rahbarlik qilib, o’yin mazmunini boyitadi, bolaning ijodiy qobiliyatini o’stiradi, yaxshi axloqiy sifatlarni tarbiyalaydi. SHunday qilib, o’yin bolalarni har tomonlama rivojlantirish vositalaridan biri bo’lib xizmat qiladi.

Har xil guruh yoshidagi bolalar bilan o’tkazilgan o’yinlar turli-tuman bo’lib, ularning bir-biridan farqi katta. 5-6 yoshli duduqlanuvchi bolalar bilan o’tkaziladigan harakatli o’yinlarning ko’pi syujetli o’yinlar bo’lib, unda bolalar muayyan bir qoidaga (masalan: quyon inidan ma’lum signaldan so’nggina chopib chiqishi mumkinligiga) rioya qilgan holda ayiq, quyonning yurishi singari harakatlarni bajardilar. Logoped bolalar bilan ko’pincha birgalikda o’ynab, ularni o’yin qoidasini bajarishga odatlantiradilar. SHu bilan bir qatorda syujetsiz o’yinlar ham o’tkaziladi, bunda chopish, sakrash, muvozanat saqlashni mashq qiladilar. Ular har bir harakatni endi ilgarigiga qaraganda qoidaga rioya qilgan holda bajaradilar.

Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, harakatli o’yin duduqlanuvchi bolalarning harakat qilishiga bo’lgan zaruriy ehtiyojini qondiruvchi eng sevimli va qiziqarli faoliyatdir. Duduqlanuvchi bolalar bino ichida ham, ochiq havoda ham sayrga chiqqanlari mumkin. Harakatli o’yinlarni o’tkazishda guruh xonasi yoki zaldan foydalanish mumkin. Buning uchun guruh xonasida ko’proq joy qoldirish: bolalarning erkinroq harakat qila olishga imkon yaratish maqsadida stollarni xonadon tashqariga olib chiqish, qolgan mebellarni iloji boricha chetroqda surib qo’yish lozim. Tez ta’sirlanadigan, haddan tashqari harakatchan bolalar alohida e’tiborni talab qiladi: ular bilan kam harakatlanuvchan organlarni harakatga keltiradigan harakatli o’yinlarni tez-tez o’ynab turish zarur.

Quyida, biz maktabgacha tarbiya yoshidagi duduqlanuvchi bolalar uchun tekshiruv natijalari tahliliga asoslanib quyidagi harakatli o’yinlarni tavsiya qilamiz.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin