Reja: harakatli o’yinlar



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə7/17
tarix27.04.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#115551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
8-MAVZU

«Quvnoq g’ozlar» o’yini.

O’yinning maqsadi: Umumiy, nutqiy, mayda qo’l motorikasini rivojlantirish, harakatlarni erkinlashtirish.

O’yinning borishi: Bolalar g’ozlarni ifoda etishadi. Logoped «buvi» vazifasini bajarib, g’ozlarni maydonchaga chaqiradi. Bolalar g’ozlar yurishiga taqlid qilib, logoped tomon yurishadi.

Logoped: G’ozlarjon, g’ozlarjon,

Qorningiz ochdimi?

Kechikmasdan kelingiz,

Taomingiz yeyingiz.
Uchdi, chopdi, sakradi” o’yini

O’yinning maqsadi: Bolalarda so’zlarni to’g’ri talaffuz etishga, so’zlarda tovushlarni mustaxkamlashga, bir joyda turib turli qo’l va oyoq xarakatlarini bajarishga o’rgatish.

O’yinning borishi: Bolalar doira shaklida tiziladilar. Doira o’rtasida onaboshi o’yinni boshqarib turadi. Onaboshi o’yinchilarga qarata “chumchuq” desa, qatnashuvchilar “uchdi-uchdi” deb qo’llarini ikki tomonga qarata silkitadilar. Onaboshi “quyoncha” desa, bolalar “sakradi-sakradi” deb, quyonning xarakatiga taqlid qilib sakraydilar. O’yin shu tariqa qushlar va xayvonlar xarakatiga taqlid qilib o’ynaladi. Xarakatlarni va so’zlarni noto’g’ri bajargan va talaffuz etgan bola o’yindan chiqadi. Logoped bolalar qush va xayvonlarning ovozlariga to’g’ri taqlid qilishni, xarakatlarni aniq va chiroyli bajarishni kuzatib borishi lozim.

Bog’lam” o’yini.

O’yinning maqsadi: O’yin jarayonida so’zlarni to’g’ri, aniq talaffuz etishga, o’zgalar nutqini tinglashga, bolalarni chalkashmaslikka, qo’l muskullarini rivojlantirishga o’rgatish.

O’yinning borishi: Bolalar ikki guruxga bo’linadilar, qarama – qarshi tomonga qo’l ushlashib turadilar. Bir tomon savol beradi, ikkinchi tomon javob beradi.

Savol Javob

1. Quyon qayda Ola-tog’da

2. Nima yeydi Sabzi yeydi

3. Tuguningiz qani Aravada

4. Arava qani Arava yo’lda

Bolalarning savol-javoblari tugagandan so’ng qo’llarini ya’ni bog’lamini yechadilar. Javob bera olmagan bola o’yinda yutqazadi.

Metodik ko’rsatma: Logoped bolalarning so’zlarni to’g’ri talaffuz etishga, xarakatlarni to’g’ri bajarishlarini kuzatib boradi
Maktabgacha yoshdagi duduqlanuvchi bolalarda turli darajada (ifoda topgan harakat kamchiliklari, shuningdek, qo’l barmoqlarini harakatlantirishdagi kamchiliklar kuzatiladi. Xususan, tekshiruvlar asosida quyidagilarni aniqladik: agar mayda qo’l motorikasi harakatlarning rivojlanishi yoshiga mos bo’lsa, nutqini rivojlanishi ham me’yor darajasida bo’ladi. Barmoqlar yordamida turli mashqlarni bajarib borib, bola qo’llari harakatlarini yaxshi rivojlanishiga erishiladi. Bu esa boladagi duduqlanishga ijobiy ta’sir ko’rsatibgina qolmay, balki bolani rasm chizish va yozish malakasini o’zlashtirishga tayyorlab beradi. Qo’l panjalari harakatchan, egiluvchan bo’lib boradi, harakatlarning cheklanganligi barxam topadi.

Biz tavsiyamizda ikki turdagi topshiriqlarni keltiramiz:

1- barmoqlar bilan ishlash.

2- Sanoq yoki gugurt cho’plari bilan ishlash.



1-turda turli ashyolar, hayvonlar va qushlarni ifodalovchi shakllar tanlab olingan. Har bir shaklga atalgan she’r va sur’atlar ham mavjud. Har bir mashqni bajarishda barcha barmoqlarning ishtirok etishiga intilish zarur, mashqlarni ham o’ng qo’lda, ham chap qo’lda bajarish lozim.

SHe’r bilan to’ldirib boriladigan 2-turkumda sanoq yoki gugurt cho’plari yordamida ifodalanadigan buyumlar tasvirlardan foydalaniladi. Dastlab geometrik shakllar bilan tanishib olinadi va barcha ta’svirlar ana shu shakllar asosida ko’rilganligi ko’rsatiladi. Bu tasvirlarning she’r bilan to’ldirib borilishi duduqlanuvchi bolalarni duduqlanishini bartaraf etish bilan bolada ko’rish xotirasi, eshitish xotirasini ham mustahkamlashga qaratilgan.



Adabiyotlar:

  1. Ustranenie zaikaniya u doshkolьnikov v igre. I.G.Vыgodskaya, Ye.L.Pellinger, L.P.Uspenskaya. Moskva 1984g.

  2. G.A. Volkova. Igrovaya deyatelьnostь v ustranenii zaikaniya u doshkolьnikov. Moskva – 1983.

  3. E.L. Krutiy. Volshebnaya logopediya. Izd-vo “Stalker” -1999g.



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin