Reja: Taym-menejment toʼgʼrisida tushuncha



Yüklə 41,29 Kb.
səhifə6/7
tarix11.11.2023
ölçüsü41,29 Kb.
#132285
1   2   3   4   5   6   7
Maruza matn 2 mavzu

haqiqiy va aniq bo’lishi;

  • faoliyatni amalga oshirishga emas, balki muayyan natijaga erishishga qaratilgan bo’lishi;

  • vaqt jihatidan aniq muddat bilan o’lchanadigan va cheklanadigan bo’lishi.

    Maqsadlarni aniqlash – faqat boshlang’ich bosqichdir. Maqsadni uni amalga oshirish yuzasidan harakat rejasiga aylantirish kerak. Mavjud maqsad va vazifalarning muhimlik darajasini aniqlash hamda ulardan qaysilari hammadan ko’ra muhimroq, qaysilarini hal etishni esa to’xtatib turish mumkinligini belgilab olish zarur. Muhimlik darajasini aniqlash vazifasini muvaffaqiyatli hal qilish rahbarning ishi samarali bo’lishiga kuchli ta’sir qiladi.
    Rahbar o’z maqsadiga erishishining muhim sharti uning o’z ish vaqtini ana shu maqsadlarga olib keladigan tadbirlarni amalga oshirishga sarflashdan iborat. Ko’pgina rahbarlarni tasodiflar «boshqaradi». Ularda vaqtni rejalashtirishda qarorlar qabul qilish uchun aniq baza yo’q bo’ladi. Ular harakatining izchilligi ko’pincha tashqi omillar bilan boshqariladi. Buning muhim sabablari, qarorlar qabul qilish uchun yaxshi tashkil etilgan bazaning yo’qligi, shuningdek, qo’yilgan maqsadlarga erishish istagi bilan kamroq bog’langan vaqtni rejalashtirish odatidir.
    Rahbarning har kuni o’z ish vaqtida qanday qilib maqsadga muvofiqroq foydalanish to’g’risida qarorlar qabul qilishiga to’g’ri keladi. SHuning uchun ham ish vaqtini rejalashtirish va kutilgan natijalarni uzviy ravishda bog’lay olish ancha muhimdir.
    Rahbarning vaqtni rejalashtirish davrlarini joriy etishi umuman vaziyatga aniq baho berishiga imkon tug’diradi, asosiy narsani ajratishiga yordam beradi va ijro etish darajasini oshiradi.
    Rahbarlar ish vaqtini rejalashtirish
    Rahbarlar ish vaqtini rejalashtirishda iloji boricha yaxshiroq natijalarga erishmog’i uchun u «rejalashtirish davrlari»: «kun», «hafta», «oy», «yil» degan tushunchalardan foydalanishi zarur. Rejalashtirishning har bir davri alohida qarab chiqilishi kerak. SHuning uchun ham, har bir davr uchun alohida rejaga ega bo’lish ma’qul hisoblanadi.
    Rahbar har bir davrning rejasini ishlab chiqishda quyidagi savollarga javob berishi zarur: mazkur davrning asosiy maqsadi nimadan iborat? U o’z ixtiyorida qancha vaqtga ega? Davrning asosiy vazifalari qanday navbat bilan bajarilishi lozim? Qanday tayyorgarlik tadbirlari bajarilishi zarur?
    Rejalashtirish davrlari ichida rahbar uchun eng muhimi kun hisoblanadi. Kunni rejalashtirish o’ziga berilgan vaqt mobaynidagi muayyan harakatlarni belgilab olishni o’z ichiga oladi va faqat maqsadni, istakni yoki muddaolarni aniqlash bilan chegaralanmaydi. Rejalashtirishning boshqa davrlariga tatbiqan esa bunday bo’lmaydi. Kunlik rejalashtirish bugungi kun bilan yashash uchun shart-sharoit yaratadi. Kunlik reja shu bugun amalga oshirilishi lozim bo’lgan barcha ishlarning jamidan iborat bo’ladi va rahbarga ish vaqtidan samarali foydalanish uchun imkon yaratadi. Kunlik reja ishning pirovard maqsadlarini ularning ahamiyatiga qarab belgilab beradi. Bunda reja asosan avvalgi kun oxirida yoki rejalashtirilayotgan kun boshida shakllanadi.
    Haftalik rejani ishlab chiqishda mazkur haftaning pirovard maqsadlarini aniqlash va ularning ahamiyatiga qarab zarur ishlarni belgilab chiqish tavsiya etiladi. Rejalashtirilayotgan haftaning butun xilma-xil ishlarini shartli ravishda quyidagi uchta guruh bilan taqdim etish mumkin:

    • pirovard maqsadga erishish nuqtai nazaridan zarur (muhim va shoshilinch) ishlar;

    • muhim ishlar, lekin ular shoshilinch emas, ularni bajarishga shu haftada vaqt qolsa, shunda kirishiladi;

    • unchalik murakkab va shoshilinch bo’lmagan ishlar, agar shu haftada vaqt qolsa, bu ishlar bajariladi.

    Haftalik rejalashtirish jarayonida ilgari belgilangan aloqalarni aniqlash va ularni amalga oshirish usullarini belgilab chiqish tavsiya etiladi.
    Ish haftasi tamom bo’lgandan keyin haftalik vaqtdan foydalanish rejasiga va erishilgan pirovard natijalarga baho berish zarur bo’ladi.
    Yillik rejalashtirishning muhim bo’g’ini faoliyatning zarur yo’nalishlarini belgilab chiqishdir. Ana shu muhim natijalar asosida rahbar shaxsiy faoliyat rejasini va shu yil uchun mo’ljallangan byudjetni ishlab chiqishi lozim. So’ngra, rahbarning ixtiyorida bo’lgan vaqt kalendarь ish rejasida alohidalashtiriladi va u iloji boricha aniq bo’lishi zarur.
    Maqsad va vazifalar belgilab olingach, rahbar ijroning borishini nazorat qilish qanday amalga oshirilishi masalasini hal etishi lozim. Bunda maqsadga erishish uchun zarur bo’lgan tadbirlar emas, balki aynan maqsadning o’zi va uni amalga oshirish nazorat qilinishini esda tutish kerak. Faoliyat natijalarini nazorat qilish paytida nazoratni amalga oshirish usuliga alohida e’tibor qaratish zarur.
    Topshiriqlarning bajarilishini va vaqtdan foydalanishni nazorat qilish yakka tartibda rejalashtirish tizimida oxirgi band hisoblanadi. Rejalarning bajarilishini nazorat qilish rahbarga o’z ishini tahlil qilish va uni takomillashtirish yo’llarini aniqlash uchun zarur axborot olish imkonini beradi.
    Nazorat qilish tadbirlarining mavjudligi rahbarga rejalashtirishning turli davrlariga tatbiqan ish vaqtidan foydalanishni rejalashtirish qanchalik muvaffaqiyatli bo’lganligini aniqlash va o’z imkoniyatlari, cheklanishlari va ish vaqtidan foydalanish to’g’risida yanada asosliroq axborot olishiga imkon tug’diradi.

    Yüklə 41,29 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin