Samarqand davlat universiteti «O„zbek folklori»


-MAVZU: Xalq og„zaki ijodi janrlari tasnifi va tavsifi: Qadimgi miflar



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/66
tarix18.11.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#133067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
@iBooks Bot o‘zbek folklori

2-MAVZU: Xalq og„zaki ijodi janrlari tasnifi va tavsifi: Qadimgi miflar, 
afsona va rivoyatlar. 
REJA: 
1.
Ibtidoiy tasavvurlar – anemizm va totemizm haqida ma`lumot. 
2.
Qadimgi afsonalar. Avesto va undagi qahramonlarning badiiy tasnifi.
3.
Kayumars va Jamshid haqidagi afsona.
4.
Qadimgi qahramonlik dostonlari (To‘maris, SHiroq va Rustam haqidagi 
afsonalar). 
Tayanch iboralar
: Anemistik, totemistik qarashlar, «Avesto» zardo‘shtiylarning 
muqaddas kitobi. Afsonalar, qahramonlik dostonlari. 
Darsning maqsadi
: Talabalarga Afsona, asotir, rivoyat qadimgi davr xalq og‘zaki 
ijodi haqida atroflicha ma`lumot berish.
Darsning vositalari
: Ko‘rgazmali o‘quv qurollari, qadimiy afsona va rivoyatlarga 
ishlangan rasmlar (SHiroq, To‘maris, Rustam). 
Darsning metodi:
Blits so‘rov, an`anaviy ma`ruza, suhbat, qisqa test sinovlari. 
Darsning mazmuni:
So‘z san`atining dastlabki namunalari insoniyat nutqi paydo 
bo‘lishi bilan yuzaga kela boshladi. Uning tashkil topishida o‘sha davr shart-
sharoiti, odamlarning mehnat va turmush tajribalari, dunyoqarash va tushunchalari 
hal qiluvchi rol o‘ynagan. eng avval og‘zaki nasriy turning dastlabki namunalari 
vujudga kelgan. Ular nihoyatda sodda bo‘lib, turli xildagi undov-xitoblar va 
voqealar bayonidan iborat bo‘lgan. Mehnat jarayoni hamda ongning rivojlanishi 
voqea va hodisalar talqinida oddiy bayondan obrazli tasvirlashga olib keldi. Sodda 
va takroriy jumlalar badiiy til vositalari bilan boyiy boshlagan. Oddiy so‘z o‘rnini 
ko‘chma ma`noli so‘z, sifatlash, mubolag‘a va o‘xshatishning ilk namunalari 
egallay borgan. SHunday qilib, dunyoni badiiy va estetik did bilan fahmlay olish, 
badiiy so‘z tajribalarining taraqqiyoti fol‘klorning dastlabki janrlarini yuzaga 
keltirdi. eng avval kichik-kichik naql va miflar, mehnatni engillashtiruvchi, ruhan 
tetik qiluvchi, xayol og‘ushiga olib kiruvchi ertak va afsonalar yaratildi, mehnat 
jarayonini ifodalovchi qo‘shiqlarning namunalari paydo bo‘ldi. 
Demak, eng qadimgi fol‘klor namunalari yozuv yuzaga kelmasdan ancha 
oldin paydo bo‘lgan va yozma adabiyotning tashkil topishiga muhim hissa 
qo‘shgan. Qadimiy fol‘klor namunalari asl holida, to‘la ravishda bizgacha etib 
kelmagan. U og‘izdan-og‘izga, avloddan-avlodga o‘tib ijodiy ishlangan. Har bir 
material turli xil ijtimoiy qatlamlar ta`sirida o‘zgarib, shakl va mazmunida yangi-
yangi ma`lumotlar yuzaga kelgan.



Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin