qaratilgan. U o‘z
yordamchilari orqali olov, chorva, metall, er-suv va o‘simliklar
dunyosini boshqaradi.
Angra Man`yu (Axriman) barcha yovuzlik va yomonlikni boshqaradi. U
Axuramazdaga qarshi chiqadi va o‘ziga qarashli devlar yordamida odamlarga
azob-uqubat, mashaqqat, kulfat keltiradi. Axriman zo‘r kuch va qudratga ega
bo‘lsa-da, biroq Axuramazda kabi har
narsaga qodir va qobil emas, shu sababli
yomonlik kuchlari yaxshilik oldida doimo mag‘lubiyatga uchraydi. YOrug‘lik
manbai quyosh deb ko‘rsatiladi. Quyosh nuri insonga hayot bag‘ishlaydi. Olov esa
quyoshning bir parchasidir. SHuning uchun ham inson olovni muqaddas hisoblab,
otashkadalarda saqlar edi. Bunday otashkadalar Xorazmda, Jonbos qal`ada
topilgan. Demak, o‘zbeklar orasida quyoshga – olovga e`tiqod qo‘yib, unga
topinish juda qadimdan davom etib kelgan. Mitra – quyosh va yorug‘lik xudosi,
Noxit – obodonlik va farovonlik xudosi, Humo – baxt,
tole va davlat xudosi,
Anaxita va Xubbi (Farg‘onada er Xubbi) – suv xudosi, Mirrix – urush va g‘alaba
xudosi, yaxshilik va ezgulik esa Kayumars, Yima (Jamshid), Gershasp kabi
mifologik obrazlarda mujassamlashgan. YOmonlik kuchlari esa ajdar, dev, jin kabi
salbiy miflar orqali tasvirlangan. Ko‘ramizki, ilk bor yuzaga kelgan badiiy obrazlar
ibtidoiy inson orzularining naqadar hayotiy ekanligidan dalolat beradi. Bu diniy
personajlarning har biri «Avesto»ga kirmasdan
oldin ham madadkor ruh yoki
yovuz kuch sifatida xalq o‘rtasida mavjud bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: