Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə27/96
tarix23.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#129297
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   96
2587 (1)

Psixogen shaklida bola erta yoshligidan nokulay, nogo`g`ri sharoitda tarbiyalanadi va shu tarbiyaning salbiy tomonlari Psixik rivojlanishiga ta`sir o`tkazgan bo`ladi.
Serebral. shakli miya shikastlari, meningit, meningoensefalit, gidrotsefaliya va boshka kasalliklar natijasi bo`lib hisoblanadi. Psixik rivojlanishi sustlashgan bolalarnshgg o`kishi pasayib ketadi, biroq bu holat o`z vaqtida va to`g`ri aniqlansa, bolalarga tegishli yordam tashkil etilsa, ular ommaviy maktab dasturini o`zlashtira oladilar.
Psixik sust rivojlanganlikning eng murakkab va keng tarkalgan psixogen shaklida bosh miyaning kasalligiga, yaxshi etilmaganiga aloqador o`zgarishlar kuzatiladi.
Olimlarimizning bergan ma`lumotlariga ko`ra, bunday bolalarning 50 foizida nerv sistemasida organik nuqsonlar bo`ladi. Bu narsa ularning histuygu, irodaviy holatlari tarakqiy etmaganligiga, asosan organik infantilizm tarzida namoyon bo`ladi.
Ommaviy maktab oldida ta’lim - tarbiya jarayonida har bir bolaning har tomonlama barkamol o’sishini ta’minlashdek muhim vazifa turadi. Bu murakkab vazifani bajara borib, ba’zan ayrim bolalarning o’qishda qiynalishlari kuzatiladi. Bu qiyinchiliklar bolalarning ruhiy rivojlanishiga borishdagi kamchiliklar oqibatida tug’iladi. Bu kamchiliklar maktabda bolaning o’zlashtirmasligiga olib keladi.
Nuqsonli bolalar orasida ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar ham uchraydi. Bu bolalarda hyech qanday organik jarohatlar bo’lmaydi. Umumta’lim maktablarida rivojlanishda turli nuqsonlari bo’lgan bolalarning ko’pchiligi o’qiydilar va ushbu maktab dasturini o’zlashtirishga qiynaladilar.
Ruhiy rivojlanishining susayishi haqidagi ma’lumotlar asosan XX asrning 2 chi yarimidan keyin ko’zga tashlana boshladi. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, ruhiy rivojlanish susayishi vaqtinchalik holat deb tasavvur qilingan.
O’zlashtirmaslikni aqliy zaiflik bilan o’xshatmoq, chalkash-tirish qo’pol xatoliklarga olib keladi. O’zlashtirmaslikning ko’pincha aqli zaiflikning yengil darajalariga, zaif eshituvchilarga o’xshatib yuboriladi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashganlikning kelib chiqish sabablari xar xil bo’ladi:

  • onaning xomiladorlik davridagi toksikozlari;

  • bolaning chala tug’ilishi, asfiksiya;

  • onaning yurak tomir kasalliklari;

  • bolaning yurak kasalliklari, tug’ma parok;

O’zlashtirmaslikning eng tarqalgan sababi, bolaning maktab ta’limiga tayyor emasligi;

  • bolada o’quv faoliyati zaminlari va malakalarining shakllanmaganligi;

- bolalar talabalariga buysunishga o’rganmaganlar, boshlagan ishlarini ohiriga yetkazishni, topshiriqni bajarganda diqqat qilishni bilmaydilar.
Umumta’lim maktablaridagi barcha o’zlashtirmovchi o’quvchilarni ikki guruhga ajratish mumkin.
A) umumta’lim maktablarida qoldiriladigan yoki uzoq bo’lmagan muddatga sog’lomlashtirish muassasalariga yuborilib, maktabga qaytariladigan o’zlashtirmovchi bolalar;
B) nuqson harakteriga ko’ra tegishli maxsus maktablarga yuboriladigan o’zlashtirmovchi bolalar;
a) umumta’lim maktablarida qoliriladigan o’zlashtirmovchi bolalar;
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning bilish faoliyati, tafakkuri, idrok, diqqat, ish qobiliyati, markaziy nerv ssistemasining kasalliklari, o’qituvchining pedagogik malakasin pastligi, oiladagi majarolar, noto’g’ri tarbiya natijasida bir qdar zarar yetgan bo’ladi. Doimo o’zlashtira olmaslik tufayli bu bolalar xulq – atvorida turli, salbiy xislatlar yuzaga keladi.
N.P.Vayzman va boshqa olimlar tekshirishi shuni ko’rsatdiki, ruhiy rivojlanishi sust bolalar o’zlashtirish jihatidan sog’lom va debel (aqli zaif) bolalar o’rtasidagi oraliq o’rnida turadi. Normal bola topshiriqni to’g’ri tushunib, kerakli tartibda bajargan bo’lsa, debel bolalar vazifani bajara olmaydilar, ruhiy rivojlanishi sust bolalar esa, vazifani qisman tushunib, qisman bajaradilar.
Pedagogik nazardan qolgan bolaning maktabgacha tarbiya davridayoq, oiladagi tarbiyaning yomon sharoitlaridan kelib chiqishi yoki maktabdagi tajribasiz o’qituvchining qoloq bolani e’tiborsiz qoldirishidan, yoki bolaning maktabga muntazzam ravishda qatnashmasligi oqibatida kelib chiqishi mumkin. Bunday o’quvchilar tegishli pedagogik yordamdan so’ng o’zlashtirivuchi o’quvchilar safiga qushilishi mumkin. Agar bu bolalarga o’z vaqtida yordam ko’rsatilmasa, ular borgan sari o’z tegdoshlaridan orqada qoladilar, ta’limdagi muvaffaqiyatsizliklar bolalarda o’qishga nisbatan salbiy munosabatni keltirib chiqaradi va ularda doimiy ravishda maktabdagi xulq qoidalirini buzib boradilar.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin