REJA: Psixik rivojlanishi sustlashganlik klinik-psixologik jihatdan xillari (konstitutsion, somatogen, psixogen, serebral) kelib chiqish sababalari.
Psixik rivojlanishi sustlashgan bolalarning boshqa yordamga muxtoj bolalar va sog‘lom tengdoshlaridan farqi, ularning tavsifi.
Psixik rivojlanishi sust bolalar uchun tashkil etilgan muassasalar ularning o‘ziga xosligi.
Motor nuqsonli bolalar ularning tavsifi.
Tayanch so’z va tushunchalar RRS. deferensial, integratsiyalashtirish, inklyuziv konsitutsional, somatogen, psixogen, serebral
Ulgurmovchi o`quvchilar orasida psixik rivojlanishi sustlashgan bolalar ham uchrab turadi. Ularning bilish faoliyati intellekti, mantiqiy tafakko`ri, idroki, xotirasi,ixtiyoriy diqqati, ish qobiliyati va boshqa xislatlariga birinchi o`rinda markaziy nerv sistemasining kasalliklari va pedagogik qarovsizlik, oilaviy mojaro, noto`g`ri tarbiya ko`shilishi natijasida psixik rivojlanishi sustlashadi. Bunday bolalarda hissiyot, iroda borasidagi kamchiliktar birlamchi, aqliy zaiflik esa ikkilamchi hodisa bo`lib hisoblanadi.
T.A.Vlasova, M.S.Pevzner, V.I.Lubovskiy, T.V.Egorova, K.S.Lebedinskaya, N.A.Nikashina, K.K.Mamedov, B.SHoumarov, N.A.Sipina, RD.Triger va boshqa olimlarning ma`lumotlariga ko`ra boshlangich sinf o`quvchilarining 5, 8 foizini ana shunday bolalar tashkil etadi.
Rivojlanishdagi bu kamchilikka bola onasining homiladorligi davrida qalqonsimon bezlari faoliyatining buzilganligi, yurak tomir kasalliklari sabab bo`lishi mumkin. Ilk yoshda har xil surunkali kasalliklar bilan tez-tez kasallanib turish natijasida bola yaxshi o`sib unmay qolipsh mumkin, bu esa o`z navbatida Psixik jihatdan rivojlanishida orqada qolishga, kechikishga olib keladi, sust rivojlanganlikning somatik shakli deb shunga aytiladi. Psixik sust rivojlanganlikning psixogen shaklida bola erta yoshligidan nokulay, nogo`g`ri sharoitda tarbiyalanadi va shu tarbiyaning salbiy tomonlari Psixik rivojlanishiga ta`sir o`tkazgan bo`ladi.