Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Tayanch so’z va tushunchalar



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə23/96
tarix23.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#129297
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   96
2587 (1)

Tayanch so’z va tushunchalar
Oligofreniya, “aqlan zaif", "oligofren", "demensiya", debil, imbetsil, idiot, imkoniyat, maxsus muassasalar, rivojlanish.


UMUMIY O`QUV MAQSADLARI


Ta`limiy: Talabalarda oligofren bolalar haqida nazariy bilimlarni berish bo`yicha ko`nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Tarbiyaviy: Talabalarning jamoada, kichik guruhlarda va individual ishlash qobiliyatlarini shakllantirish, kasbga bo`lgan qiziqishlarini ortirish
R ivojlantiruvchi: Talabalarda erkin fikrlash va mustaqil ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish.


Asosiy ma`lumotlar


Oligofreniya yunoncha oligos — kam, oz fren — aql so`zlaridan olingan bo`lib, esi past, aqli past demakdir. Oligofren bolalar markaziy nerv sistemasining organik kasalliklari natijasida bilish faoliyati pasayib ketishi va bu nuqsonlar umrbod saqlanib kolish bilan boshqa anomal bolalardan farq qiladilar.


Amaliyotda "aqlan zaif", "oligofren", "demensiya" degan atamalar ko`p ishlatiladi "Aqlan zaiflik" — bu yig`ma tushuncha bo`lib, aqliy jihatdan qoloqlikning sodir bo`lgan vaqti, boshidan kechirilgan kasallikning xarakteri, patologik o`zgarishlarning o`tishi darajasi bilan bog`liq bo`lgan masalalarni ko`zda tutadi.
Oligofrenopedagogika yunoncha «oligos» - kam, «fren» - aql degan ma’noni anglatadi.
Oligofrenopedagogika fanining mavzu bahsi akli zaif bolalar. Oligofrenopedagogika fanining vazifasi aqli zaif bolalar ta’lim - tarbiyasi, ulardagi nuqsonni tuzatish, korreksion yo’llarini belgilab berishdan iborat.
Oligofrenopedagogika fani qo’yidagi maalalarni hal etishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi:

  • aqli zaiflikni pedagogik tahlil qilish;

  • aqli zaiflik sabablarini o’rganish;

  • aqli zaif bolalarni rivojlanishini pedagogik va psixologik o’rganish yo’llari vositalarini aniqlash;

  • aqli zaif bilim va mehnat tayyorgarligini berish;

  • o’quv fanlarining xususiy uslubiyatlarini ishlab chiqarish.

Butun dunyo sog’liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko’ra, dunyoda aqli zaiflar aholining 3% ni son jihatdan 100 milliondan ortiq kishini, O’zbekistonda 0,5 milliondan ortiq kishini tashkil etar ekan.
Birinchi marta psixiatr F.Plater ruhiy kasalliklar orasida aqli zaiflikni ajratib berdi. Aqli zaiflikni tasniflash ularga klinik tafsifnoma berish ishlarini F.Pinel, J.Eskrol birinchi marta «aqli zaiflik» atamasini fanga kiritdi.
Aqli zaif bolalarni rivojlanishi, uning birinchi yashshash davridanoq normal bolalar rivojlanishidan farq qiladi. Ko’pchilik aqli zaif bolalarda yurish harakatlari kechkib rivojlanadi. Ularda bo’sh, beo’xshov, qadam tashlash sektn harakatlar kuzatiladi. Ularda tevarak atrofda bo’lgan qiziqishlarning pastligi befarqligi normal bolalar bilan farqlanadi. Tevarak atrofdagilarning nutqini darrov tushunish qobiliyati sekin o’sib boradi. Aqli zaif bolalarning 71%da nutq kechikib rivojlanadi. Lug’at boyligi kambag’al bo’ladi. 3/1 qismida ko’rish nuqsonlari mavjud bo’ladi.
Aqli zaif bolalar taraqqiyotida 3-4 sinflar asosiy rol o’ynar ekan. Bu yoshda ularning aqliy rivojlanishida sezilarli siljishlar ro’y beradi.
Aql murakkab ruhiy faoliyat bo’lgani uchun uni har xil kasalliklar natijasida kelib chiqadigan belgi va holatlari ham turlicha bo’ladi.
Oligofren bolalar markaziy nerv sistemasining organik kasalliklari natijasida bilish faoliyati pasayib ketishi va bu nuqsonlar saqlanib qolishi bilan belgilanadi.
Aqliy qoloqlikni belgilashda klinik, psixologik va pedagogik mezonlar bilan aniqlanadi.
Klinik mezon–aqliy qoloqlik va bu markaziy nerv sistemasining qanday organik kasalliklarga aloqadorligi;
Psixologik mezon-bilish faoliyatining turg’un buzulganligi;
Pedagogik mezon-uzlashtirish qobiliyati past bo’lib, bolaning dastur materiallarini o’zlashtira olmasligini ifodalaydi .
Oligofreniya bola markaziy nerv sistemasining ona qornidaligi davrida, tug’ilish vaqtida va tug’ilgandan to 2 yoshgacha bo’lgan davr ichida shikastlanishi, kasallanishi natijasida kelib chiqadi. Turli sabablarga ko’ra aqli zaiflik bolaning 2 yoshidan keyingi davrida paydo bo’lsa, bu oligofreniya demensiya deb yuritiladi.
Aqli zaiflikning asosiy belgilari:

  1. Bosh miyada organik buzulishning mavjudligi.

  2. Bilish faoliyatining chuqur buzulganligi.

  3. Bilish faoliyatining buzilganining turg’un harakterdaligi.

Kelib chiqish sabablarga ko’ra oligofreniya tug’ma hamda orttirilgan bo’ladi:

  • homila davrida turli salbiy ta’sir etuvchi infeksiya,

- intoksikasiya va jarohatlar;
- tug’ilish vaqtidagi jarohat va asfiksiya .

  • chaqaloqning ilk yoshida salbiy ta’sir etuvchi yuqumli kassalliklar:

  • turli irsiy yul bilan avloddan-avlodga o’tadigan gen, xromosoma kasalliklari.

  • ota-onalarning ichkilikka berilishi, narkomaniya, taksikomaniya.

Oligofreniyaga ikki muhim belgi xosdir:

  • ularning ruhiy rivojlanishi, kamolatga yetmasdan to’xtab qoladi va asosan, ularning klinik manzarasida aql yetishmovchilik belgilari ustunlik qiladi.

  • ularda prosessual kasalliklarga xos bo’lgan a’lomatlar hastalikni yomon tomonga qarab yo’nalishi, rivojlanishi kuzatilmaydi.





Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin