Oligofreniya turlari
DAUN
BCF
Shereshevskiy -Terner
Fenilketonuriya
Klayn-Felter
Ruhiy rivojlanishning to’xtalishi faqatgina aqlning norosoligi bilina chegaralanib qolmasdan, balki aql – idrok, tafakkur, nutq, xotira, iroda sifatlariga saliby ta’sir etadi. Ular voqyealar va hodisalarni kuzatib, chuqur tahlil etib, umumlashtirib to’g’ri xulosalar chiqarish qobiliyatiga ega bo’lmaydilar. Bilim doirasi tor mulohazalari yengil, sayoz va o’ta sodda bo’ladi. Bu kamchildik ularning diqqat e’tiboriga, aql idrok etish qobiliyatiga xotiralarining sifatiga ham ta’sir etadi. Ularda o’z –o’ziga va atrof – muhitga bo’lgan tanqid ham pasayadi. Ularda faqatgina ruhiy rivojlanish to’xtab qolmasdan, balki jismoniy kamchiliklar ham kuzatiladi. Jismoniy kamchiliklarning ko’zga tashlanadigan belgilari bolaning xomilalik davrida zararli omilarining ta’siri bo’lganda hamda xramasoma apparitining patalogiyasi natijasida ham kuzatiladi. Aqli zaiflikning yengil darajasini aniqlash ancha murakkab chunki, ba’zilarini boshqa bolalardan farqlab olish ancha qiyin.
Oligofreniya darajalari
Debil
Imbetsil
Idiot
Yengil
O’rta
Дебил
O’zlashtira oladigan
O’zlashtira olmaydigan
Erotik
Torpit
Aqliy nuqsonning chuqurligiga karab oligofreniya uch darajaga ajratiladi:
- debil
Debillik- birmuncha yengil daraja bo’lib, oligofreniyaning eng ko’p tarqalgan darajalaridan biridir. Yordamchi maktab o’quvchilarining asosiy qismini debil bolar tashkil etadi. Uni boshqa o’xshash anomaliyalar va sog’lom bolalardan ajratib olish ancha qiyin bo’ladi. Buning asosiy sababi shundaki, aqliy nuqson u darajada chuqur emas. Aql, idrok, xotira, tafakkur qobiliyatlarida kuzatiladigan kamchiliklar sezilarli darajada bo’lmaydi. Ular aniq masalalarning hal qilishlari mumkin bo’lsa ham, keng va chuqur kulamli voqyealar xodisalarva muammolarni mustaqil tahlil etib, to’g’ri xulosa chiqarishga ojizlik qiladilar. Ammo tafakkurni umumlashtirish qobiliyati yetishmasligiga qaramay, ular aniq fikrlash hisobiga maxsus maktab dasturini o’zlashtirishlari mumkin hamda amaliy ijtimoiy tajribalar ortirib hayotning o’zgarib turadigan talabalariga ma’lum darajada moslashishilari mumkin. Ularning his – tuyg’u, irodalarida ishonuvchanlik, soddalik hamda fe’l atvorlarida g’urlik belgilari kuzatiladi. O’z-o’zini nazorat qilish va atrof-muhitga bo’lgan tanqid xushyorlik sezilmaydi. O’qishga qobiliyatlari sust, zehni past bo’ladi.
Bu bolalar umumlashtira oladilar. Debil bolalarda yetarli harakatchanlik, ish qobiliyatlari saqlangan bo’ladi. Tushunchalarning shakllanishi juda kiyin amalga oshadi Umumlashtirish, taqqoslash jarayonlari juda zaifdir. O’qilgan muayan mazmunni qiyinchilik bilan o’zlashtiradilar. To’g’ri yozish malakalarini o’iyinchilik bilan egallaydilar. Ularning nutqi sodda, grammatik tomoni buzilgan, tili chuchuk bo’lishi mumkin.
O’z vaqtidagi ta’lim-tarbiya, mehnat malakalarini berish aqliy nuqsonni murakkablashtiruvchi asab-ruhiy ta’surotlarni yo’q qilish orqali debil bolalarni muvoffaqiyatli ravishda hayotga moslashtirish mumkin. Bu bolalarda intilishlarning borligi, kelajakda jamiyatda o’z o’rinlariga ega bo’lishlarini bilishlari asosida mehnat malakalarini egallashlariga yordam beradi.
Imbesillik – oligofreniyaning o’rta darajasi bo’lib, debil darajadan birmuncha og’irdir. Ular umumlashtira olmaydilar. Oddiy tushunchalarni hosil qila olmasligi bilan ajralib turadi.
Imbesil bolalar ikki guruhga bo’linadi:
o’zlashtira oladigan;
o’zlashtira olmaydigan
O’zlashtira oladigan imbesil bolalar 20 gacha sanay oladilar. Oila a’zolarini taniydilar. Sodda mazmundagi elemintar bilimlarni egallashlari mumkin. Ammo bu bilmlarni mantiqan tushunib yetmaganliklari sababli mustahkam bo’lmaydi. Bu bolalarda mexanik xotira nisbatan saqlangan, ularning diqqatlari tarqoq nutqi buzilgan, lug’at boyligi kambag’al bo’ladi. Ularda hissiyot nisbatan saqlanib qolgan. Imbesil bolalar voqyealarga mos ravishda xo’rsand va xafa bo’ladilar. Ular mustaqil yashay olmaydilar, yordamga muhtoj bo’ladilar.
O’zlashtiraolmaydigan imbesil bolalar materialning mazmunini ilg’ab ololmaydilar. Ko’rish va eshitish analzatorlari qabul qilgan axborotlarni taxlil qila olmasligi natijasida harflarni eslab qolishda qiynaladilar, o’xshash tovushlarni bir-birlariga aralashtirib yuboradilar. Shu sababli ularni xayotga moslashtirishda doimiy nazoratga va yordamga muxtojlik sezadilar.
Idiot – oligofreniyaning eng og’ir darajasi. Idiotlik – juda chuqur psixofizik nuqsondir. Bu asosan ilk embirion yoki kech embirion davridagi bola markaziy asab tizmning qupol darajada buzilishidir.
Idiotlik ko’p hollarda jismoniy nuqsonlar bilan birga keladi. Bularga harakat tizimning qupol uzilishlari, ko’rlik, karlik, falajliklar kiradi.
Ularning idroklarida qupol rivojlanmaganlik ko’rinadi. O’z shaxsini aniq bilmaydi. Ular o’zlariga qarab gapirilgan gapdan ko’ra mimika va yuz harakatlarini nisbatan ilgg’b oladilar. Ularda nutq ba’zan umuman bo’lmaydi, ba’zan ayrim so’zlarni talaffuz qiladilar. Tashqi olamga, atrof-muhitga qiziqishlari bo’lmaydi. Ovqatlanish tizimida ham qupol tarzda buzilgan. Ular ba’zan 7-8 yoshlaridagina harakatalanishlari mumkin. Ularda teri nuqsonlari, ichki organ kamchiliklari endokren va moddaalmashinuvining buzilishi kuzatiladi. O’zlariga xizmat qilish malakalari shakllanmagan. Hisiyotlari haddan tashqari sodda bo’lib, fiziologik hohishlar bilan bog’liqdir. Xursandchiliklari, qoniqishlarining asosida, o’zlarining to’qligini, turar joyiing issiqligi, patologik intilishlarini qondirish (barmoqlarini so’rish, yeb bo’lmaydigan narsalarni chaynash), xafagarchiliklari esa sovuq, ochlik, og’riqdan bo’lishi mumkin.
Idiot bolalar ijtimoiy ta’minot vazirligiga qarashli bolalar uylarida tarbiyalanadilar.
Tarbiyachi va o’qituvchilarning muhim vazifasi oligafren bolalarni boshqa anomal bolalardan ajratib, ularning iloji boricha ertarok tegishli muassasalarda ta’lim tarbiya olishlarini ta’minlab berishdir.
Yordamchi maktablarga, maktab internatlarga, maktabgacha ta’lim muassasalariga, oligofreniyaning yengil darajasi debel bolalar qabul qilinadi. Maxsus bog’chalarga 3-6 yoshgacha debel bolalar qabul qilinib, maktabga tayyorlanadi. Muassasalarga komplektlash tibbiy – pedagogik komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Yordamchi maktablarga 7 yoshdan debel bolalar qabul qilinib, 9 yil muddutada o’quvchilarga boshlang’ich ma’lumot hamda tayanch bosqichining ayrim fanlari bo’yicha elimen tar bilimlar beriladi va o’quvchilarni kasb – hunarga tayyorlaydi. Barcha o’quv fanlari Respublika ta’lim markazi tomonidan tasdiqlangan aqli zaif o’quvchilar uchun mo’ljallangan dastur va metodik tavsiyalarga ko’ra tashkil etiladi.
Aqliy qoloqlikni belgilashda klinik, psixologik va pedagogik mezonlarni tafovut qilmoq kerak. Klinik mezon — aqliy qoloqlik va bu markaziy nerv sistemasining qanday organik kasalliklariga aloqadorligini, psixologik mezon-bilish faoliyatining turg’un buzilganligini; pedagogik mezon — o’zlashtirish qobiliyati past bo’lib, bolaning dastur materiallarini o’zlashtira olmasligini ifodalaydi.
Oligofreniya bola markaziy nerv sistemasining ona qornidaligi davrida, tug’ilish vaqtida va tug’ilgandan to uch yoshgacha bo’lgan davr ichida shikastlanishi, kasallanishi natijasida kelib chiqadi. Agarda, turli sabablarga ko’ra, aqlan zaiflik bolaning uch yoshidan keyingi davrida paydo bo’lsa, buni endi orttirilgan aqliy zaiflik - demensiya deb yuritiladi. Demensiya progressiv, ya’ni tabiatan kuchayib boradigan bo’ladi. Oligofreniyada esa nuqsonning kuchayib borishi kuzatilmaydi.
Kelib chiqish sabablariga ko’ra oligofreniya tug’ma hamda orttirilgan bo’lishi mumkin.
Rezus faktorning to’g’ri kelmasligi, xromosom kasalliklari, fenilketonuriya va shu kabilar tug’ma oligofreniyaga olib kelishi mumkin.
Masalan, oligofreniyaning, Daun kasalligi deb ataladigan bir turli xromosomalar nisbatining buzilishi natijasida 46 ta yoki 23 juft xromosoma o’rniga bitta ortiqcha xromosomaning vujudga kelish natijasida paydo bo’ladi. Shunisi qiziqki, irsiy hujayralardagi patologik o’zgarishlar Daun kasalligi bilan kasallangan barcha oligofren bolalarning tashqi ko’rinishini bir xil qilib qo’yadi. Ular kam harakat, beso’naqay, ko’zlari qisiq, burni puchuq, tili katta, lablari qalin, shalpang quloq, barmoqlari kalta bo’ladi va hokazo. Millatidan qat’i nazar, ular bir ota-onaning bolasiga o’xshab ketishadi.
Onaning xomiladorlik davrida turli kasalliklar — og’ir virusli gripp, tif, qizilcha bilan kasallanishi, ona organizmidagi turli parazitlarning homilarga yuqishi, xomilaning shikastlanishi, ota-onalarning alkogolizmi, ham oligofreniyaga sabab bo’lishi mumkin.
Fransuz olimlari alkogolizmga giriftor oilalarda tug’ilgan 57 nafar bolani uzoq muddat kuzatib borib, ularning 25 nafari 1 yoshga to’lmasdan nobud bo’lganini, 5 nafari tutqanoq — 5 — nafari gidrosefaliya (bosh miyada istisnosi) kasalligi bilan og’riganini, 12 nafari aqlan zaif bo’lgani va faqat 10 nafar bola sog’lom chiqqanini aniqlagan.
Tug’ruq vaqtida bolaning ombur yoki vakuum ekstraktor bilan olinishi, bola boshining siqilishi, bolaning tug’ilish yo’lidan uzoq o’tishi, cho’zilib ketgan yoki, aksincha, haddan tashqari tez o’tgan tug’ruq natijasida ham markaziy nerv sistemasi shikastlanib, oligofreniya paydo bo’lishi mumkin.
Oligofreniya bola uch yoshgacha bo’lgan davr ichida turli xil og’ir kasalliklar bilan kasallanishi (meningit, meningoensefalit, markaziy nerv sistemasining shikastlanishi) natijasida ham vujudga keladi.
Aqliy (intellektual) rivojlanishiga ko’ra oligofreniya uch darajada namoyon bo’ladi: 1) debillik; 2) imbesillik; 3) idiotiya. Debillik — aql pastlik oligofreniyaning eng yengil darajasi bo’lib, bunday bolalarni tashqi ko’rinishiga qarab sog’lom tengdoshlaridan ajratib bo’lmaydi. Ular ko’pincha o’qishni ommaviy maktabning birinchi sinfidan boshlaydilar-u, lekin qisqa muddat ichida ulgurmovchi o’quvchilar orasiga qo’shilib qoladilar. Umuman, zehn va fahm-farosatga bog’liq ishlarda debil bolalar ancha qiynaladi, biroq ular yordamchi maktabga o’tib, dasturini o’zlashtirib chiqishsa, sanoat va hamda qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida, maishiy hizmat sohasida oddiy turdagi mehnat bilan shug’ullana oladi. Tarbiyachi va o’qituvchilar debil bolalarni boshqa bolalardan ajratib olib, ularning maxsus bog’cha va maktablarda tarbiyalanishi va ta’lim olishini ta’minlashlari yoki integrasiyalashgan ta’limga jalb etishlari lozim.
Imbesil va idiot bolalar xattoki yordamchi maktab dasturi bo’yicha ham ta’lim olish qurbiga qodir emaslar. Ular ijtimoiy ta’minot vazirligi qoshidagi bolalar internatlarida tarbiyalanadilar. Ammo umumiy rivojlanishida kamroq orqada qolgan imbesil bolalar, afsuski, yordamchi maktablarda goho uchrab turishadi. Ular yordamchi maktab dasturini o’zlashtira olmaydilar. Idiot bolalar hattoki o’z ota-onalarini ham tanimaydi. Ular o’zini-o’zi uddalay olmaydi.__o’ziga-o’zi xizmat ham qila olmaydi. Imbesil bolalar idiot bolalarga qaraganda nisbatan tuzukroq rivojlangan bo’lsa ham, mustaqil hayot kechirolmaydi. Mexnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qoshidagi muassasalarda ularga sodda bilimlar, mehnatning ayrim sodda turlari (o’z-o’ziga xizmat qilish, ekinlarni parvarish etish, kartondan qutichalar yasash va h. k.) o’rgatiladi.
Oligofreniyaning uchala darajasida ham tarbiyachi va o’qituvchilar oligofren o’quvchilarni sog’lom tengdoshlari hamda o’xshash tarzdagi boshqa kamchiliklari bor bolalardan ajrata olishlari lozim. Lekin oligofreniyaning eng yengil darajasini — debillikni boshqa o’xshash anomaliyalardan va sog’lom bolalardan ajratib olish amalda ancha kiyin bo’ladi.
Debil bolalar o’z sog’lom tengdoshlaridan yoshligidanoq farq qiladi. Ularda, odatda, ixtiyoriy shakldagi murakkab harakatlar uncha rivojlanmagan bo’ladi. Ular boshini tutish, o’tirish, yurishga kechroq o’rganadi, nutqi kechikib rivojlanadi. Debil bolalar atrofdagilarning sodda nutqini tushunadi-yu, lekin murakkab so’z va gaplarni, iboralarni fahmlay olmaydilar. Debil bola nutqida qo’pol, uni tushunib bo’lmaydigan nuqsonlar kuzatilmasa ham, ko’p tovushlar noto’g’ri talaffuz etiladi, bunday bola lug’ati kambag’al, chegaralangan bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |