Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


XI-XIX asr ma’rifatparvar shoirlari va olimlarining



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə41/96
tarix23.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#129297
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   96
2587 (1)

XI-XIX asr ma’rifatparvar shoirlari va olimlarining
ijtimoiy pedagogik qarashlari
Forobiy, Ibn Sinolarning falsafiy va pedagogik konsepsiyalari keyingi davrlarning yetakchi ta’limotlarini rivojlantirish uchun asos bo’lib xizmat qilgan.
XI-XII asr Markaziy Osiyo ma’rifatparvar olimlari turli fanlar, shu jumladan pedagogikaning rivojiga katta hissa qo’shishdi. Yusuf Xos Xojib, Burxoniddin Zarnujiy va Ahmad Yugnakiylar bolalarning jamiyatda o’z o’rnini topib olishi uchun bilimning, ota-onaning, oilasining o’rniga e’tibor qaratishgan. Ular tarbiyaning asosiy maqsadi deb yaxshi odam qilib tarbiyalash, unga yetishish vositasi deb esa qattiqqo’llik, doimiy mehnatga o’rgatish deb bilishgan.
Zarnujiyning Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilig” asari O`rta Osiyoda “Ta’limda o’quvchiga pandlar” kitobi Markaziy Osiyoda pedagogikadan birinchi kitob hisoblanadi.
Tarbiyaning ijtimoiy xarakteri haqidagi g’oyalar Alisher Navoiyning she’riy merosida nihoyatda aniq ifodasini topgan. Shoirning pedagogik qarashlari insonparvar xarakterga ega. Inson egallashi lozim bo’lgan barcha bilim va kasb-hunarlar u tomonidan Vatan foydasi uchun qo’llanilishi kerak.
XVIII-XIX asrning ma’rifatparvar shoirlari Munis Xorazmiy (1778-1829), Muhammad Ogahiy (1809-1874), Ubaydulla Zavqiy (1853-1921) birinchi o’ringa keng ommaning ma’rifatli qilish va ta’lim masalalarini qo`yishgan. Ta’limning asosiy vazifasi ular axloqiy mukammallashuvida va mehnatga o’rgatishda deb bilishgan.
Saidahmad Siddiqiyning (1864-1927) qarashlari uzoqni ko’ra olishlik va zakovati bilan ajralib turgan. Dehqon oilasidan chiqqan pedagog, demokrat shoir o’z qishlog’i hovlisida dehqon va hunarmandlar uchun ilk maktabni ochgan, kattalar uchun maktab tuzgan, 1914 yil kitob, darslik va o’quv qo’llanmalari bilan savdo qiluvchi do’kon ochgan. Keyinchalik Siddiqiy yana bir nechta qishloq maktablari ochgan va ularda o’zbek, tojik, rus bolalariga ta’lim-tarbiya bergan. Tabiatshunoslik va geografiya darslari tabiat qo’ynida o’tkazilgan.



Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin