Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

Nazorat uchun savollar:
1.
Hayvoniy his nima, hamda uning iqtisodiy harakat haqidagi keynschilik 
nazariyasidagi roli qanday? 


167 
2.
Dj.M. Keynsning mablag` neytralligi mumtoz printsipi borasidagi tanqidi 
mazmuni nimadan iborat? 
3.
Keynschilik nazariyasi usulining asosiy xususiyatlarini aytib bering. 
4.
Sey bozorlar qonuniyatining keynschilik tanqidi mohiyati nimada? 
5.
Iste`molchilikka nisbatan maksimal moyillik nima? 
6.
Nima sababdan Dj. M. Keyns fikriga ko`ra, zahira mablag`lari avtomatik 
ravishda investitsiyalarga aylanmaydi? 
7.
Likvidlikka moyillik tushunchasining asosiy mazmuni nimadan iborat, va u 
qanday iqtisodiy ko`rsatkichlarga ta`sir etadi? Likvidlikka moyillikni 
belgilovchi asosiy motivlarni aytib o`ting. 
8.
Mul`tiplikator nima? 
9.
Talab samarasini rag`batlantirish bo`yicha Dj.M. Keyns qanday hukumat 
choralarini taklif etgan? 
 
Mavzu bo`yicha adabiyotlar ro`yxati:
1.
Кейнс Дж.М. Обшая теория занятости, процента и денег. М.: гелиос – 
АРВ, 2002. 
2.
Классика экономической мысли (У. Петти, А. Смит, Д. Рикардо, Дж.М. 
Кейнс, М. Фридмен). М.: Эксмо-Пресс, 2000. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


168 
XX-BOB. XX ASR 40-60-YILLARI OXIRIDA IQTISODIYOT FANI 
RIVOJLANISHI 
 
20.1. Iqtisodiy fan asosiy yo`nalishlari 
Davr tavsifi.
Ikkinchi jahon urushi natijasida, jahon bozoridagi kuchlar 
mutanosibligida keskin o`zgarishlar yuz berdi. Evropa mamlakatlari iqtisodiyoti 
kuchsizlandi. Sanoat deyarli emirilgan holatda bo`lib, savdo tizimli floti to`liq 
yo`qotilgan, moliya bozorlari esa nomo``tadil ahvolda edi. Evropa Jahon savdosi 
ko`lamida o`z pozitsiyalarining yirik qismini yo`qotdi, mazkur sohalar AQSH, 
Kanada, va Lotin Amerikasi davlatlari va britaniya hamdo`stligi mamlakatlari 
tomonlaridan egallandi, Chunki ushbu mamlakatlar ijtimoiy - iqtisodiy holatlarini 
musiaxkamlashdi. Jahon bozoridagi asosiy rolni Amerika Qo`shma SHtatlari 
egallab uning nufuzi mustaxkamlanib bordi.
1940-1960-yillar uchun tavsifli holat, hududiy hamdo`stliklarning 
shakllanishidir. 1947-yildan boshlab, Evropa mamlakatlarda birlashish jarayoni 
boshlanib, bu holat 1957 yilda «Umumiy bozor» ni shakllanishiga olib keldi. 
Xudud Sharqida 1949- yilning yanvar` oyida o`zaro iqtisodiy yordam qo`mitasi 
(UNYOQ), yaratilib, u Sharqiy Evropa va Sovet ittifoqi mamlakatlarini 
birlashtirdi. 
Xalqaro 
tuzilmalarning 
yaratilishi, 
iqtisodiyotni 
markazlashishini 
kuchaytirdi va urushdan so`nggi davrlar uchun xos bo`lgan umumiy 
tendentsiyalarga muvofiq edi, zero bu holat iqtisodiyotning hukumat tomonidan 
nazorat etilishini faol rivojlanishiga olib keldi. O`sha davrlarda ilk marotaba, 
hukumatning xo`jalik hayotiga aralashishi doimiy tavsifga ega bo`lib, nafaqat 
majburiy, nafaqat istisno chora, balki urush yoki inqiroz sharoitlarida zarur chora 
bo`lib qolib (bu holat XX asrning 30-yillarigacha iqtisodiy siyosat uchun xos edi), 
zamonaviy iqtisodiy tizimning asosiy qismiga aylandi. Umuman olganda Evropa 
iqtisodiyoti, umuman olganda urushdan so`ng muammolarni tez hal qildi va tekis 
rivojlanish bosqichiga o`tdi. Qisman bunday ijobiy dinamikaning sababi, Shunday 
ediki, urushdan so`nggi davrlardagi holat, yirik sikl ko`tarilish fazasiga mos tushib, 
bu holat barcha iqtisodiy ko`rsatkichlarga ta`sir etdi. 1960-yillarda, ilmiy - texnik 
inqilob kuchayib bu holat ham g`arb mamlakatlari iqtisodiy rivojlanishining Yangi 
impul`siga asos solib berdi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin