198
tavakkalchilik va noaniqlik mavjud, Shu sababli «Yirik hajmlarda kapitaldan
foydalanuvchilar kapital bozoridan bo`lgan bog`liqliklarni pasaytirishga harakat
qilishadi». Bundan tashqari qo`shimcha aktsiyalarning mulkdorchilik belgilari
sifatida chiqarilishi, mulkdorlar, ya`ni aktsionerlarning ish faoliyatiga aralashuvi
xavfini oshiradi. «O`z mustaqilligini mustahkam ravishda ta`minlash uchun,
texnotuzilma Yangi kapital manbaiga ega bo`lib, mazkur manbadan, o`z qarorlari
ustidan mo„ayyan hukmronlik bilan kelishgan holda mablag`larini kompensatsiya
etish majburiyatisiz ega bo`lishi kerak». Gelbreytning fikricha, mazkur manba
sifatida, texnotuzilma tomonidan dividiendlar bo`yicha ozod etilgan daromad
qismining yashirilishi va bu mablag`larning korporatsiyaning o`z - o`zini
moliyalashtirishi uchun qo`llanishga yo`naltirilishidir.
Rivojlangan korporatsiya mehnat bozorida ilgarigidek, tadbirkorlik
korporatsiyasi bilan to`qnashishga to`g`ri keladi, bunda korporatsiyalar Yangi
raqib, kasaba uyushmalari bilan to`qnashib, kasaba uyushmalari alohida ishchiga
ega bo`lmagan tadbirkor tomonidan xarajatlarni oshirish (masalan ish haqi), hamda
ish tashlash natijasida daromadini pasaytirishga ega. Ammo Gelbreyt fikricha, bir
tomondan texnotuzilma psixorlogik jihatdan mulkdorlarga ko`ra kamroq bosim
ostida kasaba uyushmalari bilan kelisha oladi. Boshqa tomondan esa texnik
taraqqiyotni rivojlanishi va ishchilar malakasi oshgani sayin, ular o`rta texnik
personal darajasiga ko`tarilib, ularga nisbatan korporatsiya bilan o`xshatish motivi
oshadi, demak daromad olish motivi pasayib boradi. Ular kasaba uyushmalaridan
uzoqlashib, ish tashlashga kamroq darajada moyil bo`lishadi.
Nihoyat, tashqi muhit bilan rivojlangan korporatsiyaga qarama - qarshi soha
ham mavjud. Mazkur jamiyat bilan qarama - qarshiliklar nazdida, shaxs nomidan
davlat chiqadi. Bir tomondan jamiyat korporatsiyaga nisbatan, atrof muhit
ifloslanishi, reklamaning taxtalari ko`rinishni buzishi borasidagi qarshiliklarga ega
bo`lsa, boshqa tomondan korporatsiyalar ham soliq to`lash, o`z ishlab chiqarish
jarayonini qimmatlashtirish, tozalash infshootlarini qurishni yoqtirmaydi, ammo
mazkur qarama - qarshiliklar, Gelbreyt fikricha echilishi mumkin bo`lgan, boz
ustiga davlat texnotuzilmaga mulkdorlarga nisbatan yaqinroq bo`ladi: hukumat
ham, texnotuzilma ham rejalashtirish rivojlanishi tarafdorlari bo`lishib, hukumat
xizmatchilari, va texnotuzilma xodimlari orasida o`xshash ma`lumot va
dunyoqarash mavjud bo`lib, umuman olganda jamiyat va rivojlangan korporatsiya
manfaatlari orasida qarama - qarshilikka nisbatan o`xshashliklar ko`proqdir.
Umuman olganda 1960-yillar so`ngida, Gelbreyt kapitalizmdan Yangi
industrial jamiyatga o`tish borasida optimistik fikrlarni bildirgan. Ammo tezda
jahon iqtisodiyotidagi holat salbiy tomonga o`zgarib, Shu bilan birgalikda Gelbreyt
va boshqa institutsionalistlar qarashlari ham o`zgardi.
Dostları ilə paylaş: