Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

Davr tavsifi
. Mazkur davr iqtisodiyotining asosiy, o`ziga xos jihatlaridan biri, 
1970-yillarda kuzatilgan iqtisodiy qulash bo`lib, bu holat Kondrat`ev sikli qolish 
to`liqiniga muvofiq bo`lib, 1960- yillar oxiri 1980- yillar boshida iqtisodiy 
kon`yunktura inqiroziga olib keldi. Buning oqibatida qator inqirozlar kuzatilib, 
ular o`rta siklik to`lqinlanishlar bilan bog`liq edi. Bunday inqirozlardan birinchisi 
1968- 1969 yillarda yuzaga keldi. Uning sababi asosida valyuta inqirozi yotgan. 
Keyinchalik 1975 va 1981 yillarda ham krizislar kuzatildi. Iqtisodiy holat 
yomonlashishiga 1973 yildagi neft inqirozi ham o`z hissasini qo`shib, bu krizis 
OPEC a`zolari bo`lmish mamlakatlar harakatlari tufayli sodir bo`ldi va neft`ga 
nisbatan narxlar oshishi va inflyatsiyaning Yangi to`lqinini keltirib chiqardi. 
Inqiroz tufayli, ko`pchilik g`arb mamlakatlari iqtisodiy siyosati ham o`zgardi, 
1940-1960- yillar davomida dominant g`oya bo`lgan keynschilik, yuzaga kelgan 
holat siyosatini taklif eta olmadi. Bundan tashqari, aynan ularning siyosati 
moliyalashtirish deffitsiti sharoitlarida doimiy inflyatsiyani keltirib chiqarganligida 
ayblashdi. Shu sababli, birinchi darajaga keynsianlik opponentlari, ya`ni 
neoliberallar chiqib olib, ular krizis sabablarini tushuntirib berish va undan chiqish 
choralarini ishlab chiqarish bo`yicha o`z takliflarini kiritishdi.
1980-yillar o`rtalaridan boshlab iqtisodiyotda asta - sekinlik bilan ko`tarilish 
boshlandi. Evropa va AQSH mamlakatlarida Shu davrlarda neokonservativ siyosat 
yuritilishi sababli (Reyganomika, Tetcherizm), iqtisodiy liberalizm g`oyalari, 
garchi o`zgartirilgan ko`rinishda bo`lsa ham, yarim asrlik tanaffusdan so`ng 
ommalashishni boshladi. 1990-yillar boshida sotsialistik lager` qulashi esa, rejaviy 
davlat iqtisodiyoti siyosati kuchsiz ekanligini isbotlab, liberalizm pozitsiyalarini 
yanada mustahkamladi. 1970-1980- yillar davomidagi siyosatning muhim 
tavsiflaridan biri, iqtisodiyotning keyingi globalizatsiyasi, jahon bozori rivojlanishi 
va xalqaro iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanishi bo`ldi. Bu holat Evropa 
integratsiyasi rivojlanishi davom etishida ham kuzatildi. 1979 yilda, EKYU hisob 
birligiga asoslangan yagona valyuta tizimi kiritildi. 1992 yilda Maastrixt 
shartnomasi imzolanib, shartnomaga asosan Evropa ittifoqi yuzaga keldi. 1994 
yilda, GATT butunjahon savdo tashkilotiga aylandi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin