214
XХVI-BOB. ZAMONAVIY TAKLIF IQTISODIY NAZARIYASI
26.1. Taklif iqtisodiy nazariyasi shakllanishi
Taklif iqtisodiy nazariyasi 1970-yillar oxirida shakllandi. Mazkur yo`nalishni
aloxida maktab deb bo`lmaydi, Chunki o`z yetakchisi, yagona metodologik
pozitsiyasiga va ko`p jihatdan monetarizm g`oyalariga yaqinligiga ko`ra alohida
ahamiyatga molik emas. Taklif iqtisodiy nazariyasi paydo bo`lishi, 1970-1980-
yillar davomida AQSHda yuz bergan iqtisodiy va siyosiy jarayonlar bilan bevosita
bog`liq. Xususan, bu holat amerikalik gubernator R. Reygan dasturiga ham
yaqindir (1991-2004). Mazkur maktabning asosiy namoyandalari Martin Fel`stayn
(1939 yilda tug`ilgan) va Artur Laffer (1941 yilda tug`ilgan) kabi iqtisodchilarni
e`tirof etish mumkin. Taklif iqtisodiy nazariyasi yorqin antikeynschilik tavsifiga
ega. Agar keynschilik nazariyasi, iqtisodiyotda talabni rag`batlantirish zarurligidan
kelib chiqadigan bo`lsa, taklif iqtisodiy nazariyasi uning nomidan ko`rib
chiqganidek, asosiy iqtisodiy vazifa taklifni rag`batlantirish deb hisoblagan. Taklif
iqtisodiy nazariya namoyandalari nuqtai - nazaridan 1970- yillarda yuzaga kelgan
iqtisodiy muammolar ishlab chiqarish past darajasi va ishlab chiqarish yuqori
darajasi inflyatsiya asosida kelib chiqib, o`n yilliklar davomida amalga oshirilgan
keynschilik siyosati natijasida yuzaga kelgan deb hisoblashgan. «Qimmatbaho
huumat», iqtisodiyotga aralashmaslik oqibatida bozor nazorat rolini buzilishi,
iqtisodiy rag`batlarni pasayishi, kabilar asosiy muammo taklif etishmovchiligi
bo`lishiga, ya`ni tadbirkorlik faolligi tushishiga olib kelgan.
Dostları ilə paylaş: