Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


Mavzu bo`yicha adabiyotlar ro`yxati



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

 
Mavzu bo`yicha adabiyotlar ro`yxati:
1.
«Архтхашастра». M., 1993. 
2.
«Гуань Цзы». M., 1959. 
3.
Книга правителя области Шан. М., 1993. 
4.
Хрестоматия по истории древнего востока: в 2-х частях. М., 1980. 
5.
Razzoqov A. “Iqtisodiy ta`limotlar tarixi” O`quv qo`llanma. T. 2003 yil 
6.
Аристотель. Никомахова этика. Политика// Соч. Т. 4. М., 1984. 
7.
Ксенофонт. Домострой// воспоминания о Сократе. М., 1993. 
8.
Платон. Государство. Законы// Соч. Т. 3, 5. М., 1971 – 1972. 
9.
Жильсон Э. Избранное. Т. 1: Томизм. Введение в философию Фомы 
Аквинского. М., СПб., 2000, ч. 3 Гл. 4.
10.
Шумпеттер Й.А. История экономического анализа. Т. 1. СПб., 2001. С. 
116-117. 
11.
История русской экономической мысли. Т.1. Ч. 1. М., 1955. 
12.
Игнатенко А.А. Ибн Халдун. М., 1980. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


25 
III-BOB. MERKANTILIZM IQTISODIY TA‟LIMOTINING MOHIYATI 
VA AHAMIYATI 
 
3.1. Merkantilizm shakllanish davri tavsifi 
 
Evropa davlatlarida iqtisodiy hayotning faollaShuvi XII-XIII asrlarda aholi 
soni oshishi, savdoning rivojlanishi va yo`llar xavfsizligi o`sishi sababli amalga 
oshgan. Asta - sekinlik bilan tashqi savdo aloqalari ko`payib, savdo aylanmasi 
ishlab chiqarish quvvati o`sishiga asos yaratib berdi. Buning natijasida kemasozlik 
rivojlanib borgan. Ammo XV asrda mazkur jarayon Yangi sifatga ega bo`ldi. 
Buyuk jug`rofiy kashfiyotlar davri boshlandi. 
Yangi yer va bozorlarni izlash birinchi navbatda qimmatbaho metallarning 
keskin tanqisligi bilan bog`liq bo`lgan, Chunki o`sha davrlarda qimmatbaho 
metallar mablag` rolini o`ynagan. Mazkur tanqislik, savdo operatsiyalari o`sishi 
sababli yuzaga kelgan. Bundan tashqari, evropa davlatlari Hindistonga Yangi 
dengiz yo`llarini axtarish bilan ovora bo`lishgan, zero Hindiston o`sha davrlarda 
ziravorlar manbai edi. Suriya va kichik osiyo orqali, Sharqqa olib boruvchi 
quruqlik yo`llari, yagona yo`llar bo`lib, Venetsiya savdogarlari tomonidan nazorat 
etilgan. Boshqa mamlakatlar, (Ispaniya, Portugaliya, keyinchalik esa Angliya) bu 
kabi tashqi savdo aloqalaridan chetlashtirilgan. 
Quruqlik yo`llari orqali savdo, ko`plab miqdordagi dallollar orqali amalga 
oshirilib, bu holatda tovar narxlari keskin ko`tarilishiga sabab bo`lgan. Hindistonga 
etib olishning Yangi imkoniyatlarini axtarish, afrika qirg`oqlari bo`ylab dengiz 
yo`llarini o`zlashtirilishiga olib kelindi. Yer aylana ekanligi haqidagi g`oya 
tiklanishi natijasida esa, G`arbga qarab ekspedlitsiya tashkillashtirilishiga, hamda 
Amerikaning ochilishiga olib keldi. Oqibatda XVI-XVII asrlar davomida, 
Yangidan Yangi hududlar o`zlashtirilib, Yangi savdo aloqalari tashkil topdi - 
Ispaniya - Peru va Meksika, Angliya va Frantsiya - Shimoliy Amerika, Rossiya - 
SHimoliy Osiyo. 
Tashqi savdodagi muvaffaqiyatlar, Evropa tuzilishini o`zgartirib yubordi. 
Yangi erlardan olib kelinayotgan qimmatbaho metallar oqimi, ilk inflyatsiyaga olib 
kelib, buning oqibatida narxlar inqilobi yuzaga keldi. Narxlar XVI asrning 30-
yillaridan oxirigacha 2-4 baravarga oshdi. Savdo aylanmasi va savdo daromadlari 
o`sib borib, kapital jamg`arilishining faol jarayoni boshlandi, va oqibatda natural 
ishlab chiqarishning, tovar ishlab chiqarilishiga o`zgartirilishi maqsadida uni 
modernizatsiya etilishi kuzatildi. Manufakturalar yuzaga kelib, yarim natural 
xo`jalik ehtiyojlariga muvofiq ravishda ishlab chiqarish o`sib bordi.
Ushbu davrda Evropa mamlkatlarining, siyosiy tuzilishi ham o`zgardi. 
Markazlashgan davlatlar shakllanishi boshlandi. Tashqi va ichki savdo hajmi 
o`sishi, mamlakat ichidagi tarqoq hududlar integratsiyasi uchun iqtisodiy asos 


26 
yaratdi. Kommunikatsiya vositalari yaxshilanib bordi. Shu bilan birgalikda, 
savdogarlar feodallarga qarshi yakka hukmronlik uchun qirollarni qo`llab - 
quvvatlay boshlashdi. Ular savdo rivojlanishidan manfaatdor bo`lib, buning uchun 
ko`plab alohida feodal hukmdorlar orasidagi bojxona chegaralarini echish 
lozimligini tushunib etishdi. Soliq qonunchiligi birlashtirilgan holda tadbiq etila 
boshlandi. Mazkur o`zgarishlarning barchasi, faqatgina yagona, markazlashgan 
hukmronlik sharotidagina yuzaga kelishi mumkin edi. 
Savdogarlarning ijtimoiy mavqei ham o`sishni boshladi. O`zlarini qo`llab - 
quvvatlash savdogarlar turli savdo ekspeditsiyalarida tashkillashtirish uchun 
g`aznadan mablag` olib, buning natijasida siyosiy va harbiy qo`llab - 
quvvatlashlarga, hamda Yangidan Yangi savdo urushlari va kolonial bosqichlari 
uchun mo„ayyan kuchga ega bo`lishdi. 
Shuningdek mazkur davrda, intellektual hayotda ham turli muhim 
o`zgarishlar yuz berdi. Fanning teologiyadan erkinlashishi uchun kurash boshlandi. 
Eksperimental fan rivojlana boshladi. Oqibatda, birinchi amaliy natijalar olinib, bu 
natijalar, dunyo boshqaruvida inson tafakkuri nihoyatda yuksak kuchga ega 
bo`lganligiga amin bo`lindi. Falsafada ham, fikrlashning teologik an`analaridan 
erkin bo`lish uchun kurash boshlandi. Tahlilning al`ternativ usullari shakllandi, 
ya`ni abstrakt fikrlarga tayanadigan imperik fikrlashdan, tajribaga o`tildi. Xususan, 
Yangi usul rivojlanishiga katta hissani ingliz faylasufi Frensis Bekon kiritdi (1561-
1626). 
Umuman olganda, fan va fikrlash amaliy tavsifga ega bo`lib, turli abstrakt 
toifalar asosidagi tadqiqotlardan voz kechdi, va kundalik masalalrni echishga 
e`tiborni qaratdi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin