Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


Savdo daromadi va sudxo`rlik



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

Savdo daromadi va sudxo`rlik
. Daromad borasida Yermolay nisbatan 
yumshoq munosabatda bo`lib, faqatgina haddan ortiq daromadga nisbatan salbiy 
qaraydi. Sudxo`rlik evaziga olingan daromad esa, mutlaq salbiydir. Sudxo`rlarga 
murojaat etar ekan, Yermolay har - bir hayvon faqatgina xudo inoyati bilan unib - 
o`sadi, sening boyliging esa xudo inoyati bilan o`smaydi. Sen xudoga qarshi 
chiqasan, va xudo huquqiga da`vo qilib boyligingga o`sishni buyruq berasan, - deb 
yozgan edi. 
Soliqlar
. Xudo inoyatiga tayangan holda, Yermolay krepostnoy dehqonlardan 
yig`ib olinadigan boj va soliqlar miqdorini bittagacha kamaytirish lozimligini 
aytadi, zero hayvonlar va qushlar ham yiliga faqat bir bora po`st tashlaydi, - deb 
yozgan edi u. 
O`rta asrlar musulmon dunyosi iqtisodiy fikrlari.
 
Musul`mon madaniyati arab 
bosqinlari davrida shakllana boshlagan. Yuz yil davomida (VII-VIII asrlarda) 
arablar juda yirik hududni bosib olishdi. Arab xalifaligi Rim imperiyasidan ham 
kattaroq bo`lib, Ispaniyadan Hindistongacha bo`lgan hududni qamrab olgan. Uning 
tarkibiga ko`plab rivojlangan mamlakatlar ham kirib, bu mamlakatlar aholisi
islom dinini qabul qilish barobarida musul`mon madaniyatini shakllanishiga ham 
o`z hissalarini qo`shib kelishgan. 
Xususan, Vizantiya viloyatlari, Suriya va Misr ham antik madaniyati
jumladan antik falsafasi islom madaniyatini kirib kelishiga asos yaratib bergan. 
O`rta asrlar Islom falsafasi, Eropadagi kabi boshlang`ich davrlarda teologiya 
doirasidagina rivojlana bordi. Uning eng yorqin rivojlanish davri IX-XI asrlarga 
to`g`ri kelib, keyingi davrlarda Islom teologiyasida dogmatizm va mistitsizmning 
kuchayishiga qaramasdan chuqur falsafiy fikrlarga ham ega bo`lgan. Bunday 
falsafiy fikrlarni Tunislik faylasuf va tarixchi Valieddin ibn Raxman ibn Xaldun 
(1332-1406) ilgari surgan. 
Ibn Xaldun musul`mon falsafasida ilk marotaba jamiyat rivojlanishi 
nazariyasi g`oyasini ilgari surgan. G`oya asosida asosan iqtisodiy muammolar va 
ularning echimi yotgan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin