Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


Erta va kechki merkantilizm farqi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

 
3.5. Erta va kechki merkantilizm farqi 
 
Iqtisodiy ta`limotlar tarixi fani tomonidan merkantilizm rivojlanishi ikki 
bosqichini ajratish urf bo`lgan. Birinchi bosqich, erta merkantilizm, yoki 


32 
monetarizm deb atalib, u XIV-XVI asrlar chorrahasida yuzaga kelib rivojlangan. 
Ikkinchi bosqich etuk yoki kechki merkantilizm deb atalib, uning paydo bo`lib 
rivojlanishi XVI asr oxiri XVII asr iqtisodchilari asarlari bilan bog`lanadi. 
Erta merkantilistlar, pul aylanmasini nazorat etish siyosati va mamlakatda 
qimmatbaho metallar (oltin va kumush) yig`ish masalasiga asosiy e`tiborlarini 
qaratishgan. Mablag` yig`ilishi millatning boyishi sifatida qabul qilingan, zero 
mablag` moddiy boylikning hajmli, va Shu bilan birgalikda kuchli ekvivalenti 
sifatida qabul qilingan. Shu sababli, asosiy maqsad sifatida erta merkantilistlar, 
faol mablag` balansini ta`minlash deb hisoblashgan. Mazkur maqsadga erishish 
uchun, ular mamlakatdan pulni olib chiqishni o`lim jazosi darajasigacha 
ta`qiqlashni taklif etishgan (Ispaniya, XVI asr). 
Bundan tashqari, barcha chet el savdogarlari, importdan olingan mablag`larning 
barchasini mamlakat ichida sarflashlari ustidan qattiq nazorat yuritishib, bu holat 
sarflar haqidagi qonun qabul qilinishi darajasiga ko`tarilgan. Ichki savdogarlar 
mamlakatga olib chiqilgan mablag`lardan-da ko`proq mablag` olib kelishlari 
ustidan ham qattiq nazorat o`rnatilgan.
Kechki davr merkantilistlari tomonidan esa mazkur nuqtai - nazar 
o`zgartirildi. Yangi erlardan mablag` oqimidan keyin, XVI asrda mablag`lar 
yig`ilishi dolzarbligini yo`qotdi, boz ustiga pul miqdori oshgani sayin ichki 
bozordagi eksport- import operatsiyalaridan daromadlilik darajasini tushirayotgan 
narxlar oshishiga salbiy ta`siri aniqlandi. T.Mann yozishicha, qirollikda pul 
miqdori oshishi, mamlakat ichidagi tovarlarni qimmat qiladi. Bu esa savdo hajmiga 
nisbatan davlat imkoniyatlarini tushiradi».
Bundan tashqari, mablag` olib chiqilishiga savdo daromadlarining oshishi va 
savdo operatsiyalari kengayishi ham halaqit berar edi. 
Kechki merkantilistlar pulga katta e`tibor berishgan, ammo bu borada 
mablag`ga nisbatan faqatgina daromad vositasi sifatidagi qarashlar saqlanib 
qolindi. Shunday qilib, savdo operatsiyalaridagi muhim o`rin kapital, ya`ni 
aylanmadagi mablag`lar ekanligi isbotlandi. D. Nors yozishicha: «Hech bir inson, 
pulga aylantirilgan boyligi harakatsiz, bir joyda oltin yoki kumush ko`rinishida 
yotadigan bo`lsa boyimaydi, aksincha u qashshoqlashadi. Boy deb faqatgina pul 
mablag`lari aylanmada yotgan shaxsni tushunishimiz mumkin, misol uchun 
mavjud erini ijaraga bergan, pulini foiz ostida qarzga bergan, yoki savdo 
aylanmasiga tovar olib kelgan shaxsni tushunishimiz lozim». Mablag` olib chiqish 
miqdori cheklanishi, pul mablag`larini o`lik mablag`lar sirasiga kiritilishiga olib 
keldi. 
Kechki merkantilistlar nuqtai - nazaridan, kapital to`planishining asosiy 
vositasi, tashqi savdodan tushayotgan sal`doda ko`rish mumkin. Shu sababli, faol 


33 
savdo balansi yaratilishi asosiy muammoga aylanib, bu holat eksportning import 
ustidan oshishida deb tushunilgan. 
Erta merkantilizmning kechki merkantilizmdan yana bir farqi, narx siyosati 
o`zgarishi bo`lgan. Agarda, erta bosqichlarda eksport tovarlari narxini oshirish 
tavsiya etilgan bo`lsa, kechki davrlarda bozorlar uchun kurash murakkablashib, 
asosiy masala savdo hajmlarini oshirish bo`ldi. Buning uchun, past narxlarda 
sotish, xattoki zarurat bo`lganda tannarxdan ham pastroq narxlarda sotish tavsiya 
etilgan. Kechki merkantilistlar, o`zlaridan oldingi avlod vakillarini davlatning 
mablag` aylonmasi masalalariga aktiv aralashmalari uchun kuchli tanqid qilishgan. 
Erta merkantilizm davrida keng tarqalgan foiz stavkalari va valyuta kurslarini 
nazorat etish bo`yicha davlat siyosati ham tanqid ostiga olingan. Mablag` oqimlari 
o`z - o`zidan nazorat etilishi borasidagi ilk g`oyalar paydo bo`la boshladi. Kechki 
merkantilistlar, esa savdo faoliyatining qator cheklovlari va savdogarlar ustidan 
nazorat choralariga qarshi chiqishgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin