Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

Kapital.
Kapital tushunchasini ilk marotaba Kene tahlil etgan bo`lsada, 
ammo uning lug`aviy boyligida bunday atama mavjud emas edi. Kapital atamasi 
o`rniga Kene «avans» atamasini qo`llagan, Chunki kapitalning asosiy omili 
sifatida uning nazdida xarajatlar narxi aylanmasi turib, aynan Shu aylanma ishlab 
chiqaruvchiga avans tariqasida qaytib keladi. Bundan tashqari, Kene “kapital”
tushunchasini asosiy, hamda aylanma kapital toifalariga bo`ladi. Aylanma kapitalni 
u har yilgi avans deb ataydi. Xarajatlarning mazkur qismi, bir qishloq xo`jalik yili 
davomida, aylanadi. Asosiy kapital esa, boshlang`ich avans deb atalib, qator yillar 
davomida qo`llaniladi. Aylanmaning o`zi esa har yili uning bir qismi amortizatsiya 
fondiga o`tkazilishi asosida amalga oshiriladi. Asosiy kapitalning barcha summasi 
o`sha erda yig`iladigan bo`lsa, aylanma tugallangan deb hisoblanadi. 
Umumiy milliy mahsulot qayta taqsimlanishi. (jamoatchilik qayta 
ishlanmalari realizatsiya, hamda sohalararo balans). yuqorida tilga olingan barcha 
atamalar o`zaro bog`liq. Qayta ishlab chiqarish uchun (ishlab chiqarishni qaytarish 
uchun) xo`jalik sub`ektiga tayyor mahsulotni realizatsiya etish zarur. Olingan 
mablag` evaziga esa, ishlab - chiqarishning Yangi elementlari va iste`mol 
predmetlari sotib olinishi kerak.Xo`jalik sub`ektlari orasidagi barcha oldi - sotdi 
aktlari umumiy tarzda, umumiy milliy mahsulotning qayta taqsimlanishini 
bildiradi. Ammo 
qayta taqsimlanishning barcha aktlarini kuzatishning 
imkoniyatlari mavjud emas, Shu sababli mazkur jarayonlarning modellashtirilishi 
uchun xo`jalik sub`ektlari sohaviy guruhlarga birlashishadi, va sohalararo oldi - 
sotdi aktlarini ko`rib chiqishadi. Bunday model`, sohalararo balans deb ataladi. 
Kene nazariyasida, sohalararo balans yaratilishining birinchi tajribasi keltirilib, bu 
holat “iqtisodiy jadval” deb atalgan. Iqtisodiy jadvalda xalq xo`jaliging uch 
sektorli modeli tasvirlanib, unda sektorlar orasida umumiy milliy mahsulotning 
qayta taqsimlanishi amalga oshadi (quyida ko`rsatiladi). 
A.Tyurgo ta`limotlari o`zining 1766 yilda yozilgan, va nashr etilgan 
«Boylikning yaratilishi va qayta taqsimlanishi haqidap fikrlar» asarida, u qator 
Yangicha nazariy g`oyalarni ilgari surgan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin