9
II-BOB. QADIMGI SHARQ, ANTIK DUNYO, FEODAL JAMIYAT VA ILK
KAPITALIZMNING IQTISODIY TA‟LIMOTLARI
2.1. Qadimgi Sharq iqtisodiy fikrlari
Davr tavsifi
. Miloddan oldingi III ming
yillarda yuzaga kelgan ilk
tamaddunlar dastlab Misr, ikki daryo oralig`i
davlatlarida, keyinchalik Osiyoning
bir qator davlatlarida tarqalib, mo„ayyan turdagi insonlar jamiyati shaklini yuzaga
keltirgan. Bu holat keyinchalik boshqa ba`zi qadimiy
davlatlarda ham kuzatila
bordi. Xususan, Evropada (Krit), Amerikada (Mayya, Aytek, Inklar davlatlari) va
Afrikada (Misr) kabilar. Bu davlatlarda asosiy ishlab chiqarish vositalari, er va
sug`orish
tizimlari, davlatga tegishli bo`lib, davlatchilik mutloq monarxiya
ko`rinishida amal qilgan. Asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlar jamoalarga birlashgan
hunarmandlar va erkin dehqonlar bo`lib, ular soliq to`lab ma`lum
bir mehnat
majburiyatlarini bajarishgan. Qullar esa ishlovchilarning kamchilik qismini tashkil
etib, asosan puldorlarga, zodagonlarga xizmat ko`rsatishgan yoki eng og`ir mehnat
jarayonlarida, xususan temir va tosh konlarida ishlashgan.
Ma`lumki, jamiyat iqtisodiy tizimining katta ulushini natural xo`jaliklar
tashkil etgan, Shu bilan birga, tovar munosabatlari (tovar xo`jaliklari) ham
qadimdan mavjud bo`lgan. Jamiyatning
oliy tabaqa vakillari,
asosan
mansabdorlardan
tashkil topgan, Chunki ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, asosan
davlat tomonidan tabaqalashtirilib, nazorat qilingan.
Shuningdek jamiyatning
ma`naviy hayotida din katta ahamiyatga ega bo`lgan.
Dostları ilə paylaş: