10
Qadimgi Sharq iqtisodiy ta`limotlari ham, asosan davlat boyligini qanday
qilib ko`paytirishni nazarda tutgan. Misol uchun, Qadimgi hindlarning
«Artxashastra» asarida (miloddan avvalgi IV asr), boylik dehqonlar tomonidan
undiriladigan soliqlardan shakllanishi ta`kidlangan. Shu sababli, xalq boyligi,
davlat boyligini kafolatlagan. Qadimgi Xitoyning «Guan`-tszi» nomli ensiklopedik
asarida esa (miloddan avvalgi IV asr), asosan davlatni boy, xalqni farovon qilish
muammolari ko`rib chiqilgan. Asarda mazkur vazifa davlat hukmdori va
mansabdorlariga yuklatilganligi e`tirof etilgan.
Dostları ilə paylaş: