Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

 
16.2. Kapital nazariyasi 
Daromadlarni diskontlashtirish uslubi. XX asrning 20-30- yillari davrida, 
kapital nazariyasida muhim o`zgarishlar yuz berdi. Shu sababli amerikalik 
iqtisodchi Irvin Fisherning (1867-1947) asari alohida e`tiborga sazovordir. Mazkur 
asar «Kapital va daromad» deb nomlanib, u 1906 yilda nashr etilgan. Uning 


140 
nazariyasi, tovarlar zahirasi va mazkur tovarlardan xizmat oqimi tushunchalarining 
ajratilishiga asoslangan. Bunday chegaralash, mazkur iqtisodchining kapital 
nazariyasi rivojlanishiga qo`shgan katta hissasi hisoblanadi. I. Fisher, daromadni 
kapitaldan «unga egalikni ta`minlab beruvchi xizmatlar oqimi summasi sifatida 
baholashni taklif etgan». Shunday qilib, kapitalning tannarxi ham belgilanadi. U 
daromadlar (xizmatlar) narxiga teng bo`lib, ularni mazkur kapitalga egalik qilgan 
holda olish mumkin bo`ladi.
Bunday yondashuv, kapital qo`llanilishi turli ko`rinishlarini baholash 
haqidagi masalani ko`ndalang qo`ygan. Har - bir kapital uchun, uning qo`llanilishi 
borasidagi variantlar imkoniyatlarining alohida spektri mavjud. Bu variantlar, 
kapitaldan turli xizmatlar oqimini ta`minlaydi. Mazkur xizmatlar daromadliligini 
hisoblash, u yoki bu investitsiya daromadlilik darajasini taqqoslash imkoniyatini 
beradi. Bunda, investitsiya kiritish va daromad olish orasidagi turli vaqtinchalik 
lagalarni ham hisobga olish zarur. Mazkur omilni hisobga olish uchun, I. Fisher 
Yangi uslubni ishlab chiqarib, unga “diskonlashtirish” nomini berdi. 
Diskontlashtirish uslubining mohiyati quyidagicha. Kapitalga ijobiy foiz 
stavkasi mavjud bo`lgan sharoitlarda (R), hozirgi kunda mavjud bo`lgan 
kapitalning yuz birligi, kelajakdagi kapitalning yuz (1++R) birligiga teng bo`ladi, 
ya`ni kiritilgan kapital miqdori + undan olinadigan foiz miqdori. Aksincha, agarda 
kelajakda yuz daromad birligi olinish taxmin qilinayotgan bo`lsa, bu daromad 
100/(1+R) daromad birligiga teng bo`ladi. 
Kelajakda kapital investitsiyadan olinadigan daromadlarni baholash uchun, 
vaqtning turli davrlarida uni diskontlashtirilishini amalga oshirish zarur, ya`ni 
ularni hozirgi davr daromadlari formasida ko`rsatib, summalashtirish kerak. 

y
i
I = ∑ 
I=I (1+r)

bu erda i =2, …, T; Yi I - davridagi daromad; T - daromad olinishi umumiy 
davridir. 
Mazkur formula asosida, kapitaldan olinadigan kelajak daromadlarini hozirgi 
davr kattaliklarida ko`rsatib, uni baholash va kapital investitsiyasi turli 
variantlarida rentabellikni baholash va taqqoslash mumkin bo`ladi.
Noaniqlik va tadbirkorlik nazariyasi. Nekolassik nazariyasi Yangi 
elementlaridan yana biri alohida daromad turi sifatida tadbirkorlik daromadini 
ajratish bo`lib, o`sha davrlarda bu daromad kapitaldan olinadigan daromad bilan 
bog`liq bo`lmay, noaniqlik sharoitlaridagi harakatlar natijasi deb hisoblangan. 
Noaniqlik omilining ajratilishi esa, o`sha davrlarda muhim tahliliy Yangilik bo`ldi. 
Keyingi davrlarda u mustaqil ravishda, kutish nazariyasi doirasida rivojlanib 


141 
(Stokgol`m maktabi, keyinchalik), iqtisodiy muvozanat va inson ratsional 
harakatlari printsipini talqin etuvchi kontseptsiyalarda o`z aksini topdi.
Mazkur nazariyani rivojlanishiga katta hissani amerikalik iqtisodchisi, Frenk 
Nayt (1895-1973) qo`shdi. Ta`kidlab o`tish joizki, undan oldin bu g`oyalar 
Irlandiyalik Richard Kantil`on (1680-1734) va nemis iqtisodchisi Iogann Genrix 
fon Tyunen (1783-1850) tomonidan tilga olingan. Ilk marotaba R. Kantil`on 
tadbirkorlik tushunchasini kiritib, tadbirkorlik daromadini noaniqlik sharoitlarida 
mo„ayyan harakatlar uchun olingan to`lov deb talqin qilgan. I. Tyunenning hissasi 
Shundaki, u ilk marotaba, tavakkalni aniq va noaniq turlarga bo`lib, tadbirkor 
daromadini tavakkalning ikkinchi ko`rinishdagi turi bilan bog`lagan. 
F. Nayt o`zining «Tavakkal noaniqligi va daromad» (1921) nomli asarida 
ham, tavakkalning ikki turlari orasidagi chegaralanishni qo`llab kutilmagan 
tavakkalni noaniqlik deb atagan. Kutilgan tavakkal, baholanish va sug`rta qilish 
imkoniyati mavjud bo`lgan omadsizlikning hisobga olingan darajasi bo`lsa, 
noaniqlik, yaqin kelajak haqidagi mo„ayyan axborotning mavjudsizligi bo`lib, bu 
noaniqlik sug`urtalanishi mumkin emas. F. Nayt fikricha, tadbirkorning daromadi, 
noaniqlik sharoitlaridagi harakatlari uchun to`lovdir. Bunday daromad, ishlab 
chiqarishga qilingan harakatlar hajmi yoki texnologiyalar darajasi bilan bog`liq 
emas, u to`laligicha iqtisodiy imkoniyatlariga bog`liq bo`lib, bu imkoniyatlar 
ratsional hisob - kitob bilan bog`liq emas, zero noaniqlik sharoitlarida bunday 
hisob - kitoblar imkoniyati printsipial ravishda zarur axborot mavjud emasligi 
sababli imkonsizdir. F. Nayt nazariyasi neomumtoz yo`nalish doirasidagi iqtisodiy 
agentlar harakatlari muhim belgilovchisi sifatida harakat noratsionalligi va axborot 
vakuumi, noaniqlik tushunchasini kiritgan birinchi g`oya bo`ldi. 
Mazkur nazariyaning yana bir e`tiborli tomoni Shundaki, Dj. B. Klark, A. 
Marshall va Dj. Xiks nazariyalaridan farqli o`laroq, u iqtisodiyot statsionar 
holatidagi daromad mavjudligini ya`ni muvozanat nuqtasini ko`zda tutadi. 
Keyingi davrlarda, tadbirkorlik g`oyalari rivojlanishiga katta hissani 
avstriyalik iqtisodchi Yozef Shumpeter (1883-1950) kiritdi. Xususan, o`zining 
«Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi» (1912), keyinroq esa 1942 yillarda mazkur 
g`oyasini u «Kapitalizm, sotsializm va demokratiya») asarida ham tilga olgan edi. 
U o`z zimmasiga tadbirkorlik kombinatsiyalarini Yangidan realizatsiya etish 
bo`yicha zimmasiga katta tavakkalni olgan. Bunda mazkur harakatlar aniq hisob - 
kitoblarga emas, aksincha hisoblar tavakkal qilish imkoniyatini bermasligi 
haqidagi fikrga asoslangan. Shumpeterning daromad tushunchasi F.Nayt fikri kabi, 
aynan tadbirkor harakatlari bilan bog`liq. Faqatgina mazkur daromad manbai 
boshqacha tarzda interpretatsiya qilingan. Shumpeterning fikricha, tadbirkor olishi 
mumkin bo`lgan o`ta yuqori daromad, Yangi uslub qo`llanilishi uchun 
monopoliya narxidir. Yangi yo`nalish keng tarqalgani sayin, tadbirkorning 


142 
monopoliya holati buziladi va uning daromad darajasi to`la yo`qolmaguncha 
pasayib boradi.
Qiymat nazariyasi. Neomumtoz qiymat nazariyasi, biz ko`rib chiqayotgan 
davrda deyarli o`zgarmadi. Umuman olganda, Irvin Fisher o`zining «Qiymatning 
xarid kuchi» (1911) asarida aytib o`tgan formasida, miqdoriy darajada saqlanib 
qolib, dominant g`oya sifatida uzoq muddat qo`llanilgan. 
I. Fisherning mumtoz formulasi, aylanmadagi mablag` miqdori va bir 
tomondan uning aylanishi, va boshqa tomondan narx ko`rinishida tovar oldi - sotdi 
aktlari miqdori (transaktsiya) bilan bog`liklik ko`rinishida belgilanadi. 
MV+M` V` = PT 
Bunda katta M – aylanmadagi naqd mablag` summasi; V - ularning aylanish 
tezligi; M` - chek hisoblaridagi mablag` summasi; V` - mazkur mablag`lar aylanish 
tezligi; P – narxlar o`rtacha hisoblangan darajasi; T - transaktsiyalar hajmi. 
I. Fisher tenglamasida, so`z barcha transaktsiyalar amalga oshirilishi uchun 
iqtisodiyot talablariga muvofiq bo`ladigan mablag` takliflari haqida ketadi. Shu 
sababli mazkur tenglama, neomumtoz nazariya makroiqtisodiy elementlaridan biri 
bo`ldi. 
1921 yilda yuz bergan iqtisodiy inqiroz va keyingi depressiya iqtisodchilarni 
narxlarning ishlab chiqarish siklik to`lqinlanishi orasidagi bog`liqlikka e`tiborni 
qaratishga majbur qilib, narxlar umumiy darajasi haqidagi tezisni Shubha ostiga 
olishga majbur qildi. Qiymatning miqdoriy nazariyasini qayta ko`rish harakatlarini 
frantsuz iqtisodchisi Al`ber Aftal`on (1874-1956)amalga oshirdi. 1927 yilda, uning 
«Zamonaviy dunyo mablag` qadri» deb nomlangan kitobi nashr etilib, unda 
muallif 1914 - 1920 yillar davomida mablag` massasi aylanmasi va mablag` xarid 
imkoniyati orasidagi bog`liqlik kuzatilmaganligini aytib o`tgan. Nima bo`lganida 
ham, u nazariyaning asosiy holatlaridan voz kechmasdan, uni psixologik omili 
asosida modifikatsiya etishni taklif qilgan, ya`ni mablag` maksimal foydaliligini 
sub`ektiv baholash asosida. Bu holat, tabiiyki, mablag` miqdori oshishini 
sekinlashtirishi kerak edi. 
1920 yillarda, kassa qoldiqlari yoki mablag` miqdoriy nazariyasining 
kembridj ko`rinishi paydo bo`ldi. U A.Marshall tomonidan taklif etilib, keyingi 
davrlarda A. Pigu tomonidan «Qiymat va narx» maqolasida to`liq tahlil etilgan 
(1917). Keyingi davrlarda qiymat nazariyasi mazkur variantini Keynschilar 
qo`llashgan. Qiymat miqdoriy nazariyasining Kembridj varianti mumtoz 
nazariyaning o`zgartirilgan varianti bo`lib, unda mikroiqtisodiy fikrlar namoyon 
bo`lgan. uning talqin etishicha, muhimi, barcha almashinuv operatsiyalar 
realizatsiyasi uchun iqtisodiyotga zarur bo`lgan mablag` miqdori emas balki 
transaktsiyalarni amalga oshirish uchun individlar egalik qilishni hohlagan mablag` 
miqdori ilgari surilgan. Demak, qiymat harakati umumiy miqdor bilan emas, 


143 
individlar tomonidan qiymatga nisbatan talab tahlil etiladi. Nazariyaning bunday 
varianti, talab darajasiga ta`sir etuvchi sub`ektiv omillar tahlili uchun yo`l ochib 
beradi. Masalan, likvidlik hajmi, qiymat spekulyativ talabi, bu holatlar, keyinchalik 
Dj. M. Keyns tomonidan o`z nazariyasi doirasida ko`rib chiqilgan edi. 
Kembridj tenglamasi quyidagicha ko`rinishga ega.
M=kPY 
Unda, mablag`ga nisbatan talab, transaktsiya hajmi bilan emas, nominal 
ko`rinishidagi P (PY) daromadlar darajasi (Y) bilan belgilanadi. Ta`kidlanishicha, 
mablag` miqdori, individ nominal daromadining doimiy ulushini tashkil etib, bu 
holat lotincha K. - koeffitsientida aks etadi. Bu individ likvid formada saqlashni 
istagan daromad ulushidir. 
Qiymat miqdoriy nazariyasi, 1921 yilda boshlangan urushdan keyingi inqiroz 
sharoitlarida iqtisodiy siyosat yuritilishi bo`yicha neomumtoz tavsiyalarga 
asoslangan. Mazkur siyosat mohiyati, narxlarni barqaror etish maqsadida 
hukumatning moliya - kredit sohasiga aralashishidir. Mazkur masalada, ayniqsa 
faol pozitsiyani I. Fisher egalladi. «Dollar stabilizatsiyasi» kitobida (1921), u 
dollar mohiyatini belgilab beruvchi oltin zahirasini narxlar umumiy darajasi 
o`zgarishiga muvofiq o`zgartirishni taklif qildi. Narxlar oshganda, pul birligi 
asosidagi oltin zahirasini oshirish kerak edi. Narxlar pasaygan davrda, aylanmada 
mavjud bo`lgan mablag` miqdorini banklarda qo`shimcha rezervlar taqdim etish 
vositasida oshirish lozim edi. Bunday choralar, narxlar oshishiga olib kelib, 
demakki, sanoat daromadlilik darajasi oshishi va inqirozdan chiqish yo`llari 
topilishini ko`zda tutar edi. 
1920-yillarda, qiymatni miqdoriy nazariyasiga nisbatan radikal tanqidlar ham 
yuzaga keldi. Mazkur tanqid amerikalik institutsionalist U. Mitchell tomonidan 
ilgari surilib, uning ta`kidlashicha, narx darajasi va qiymatga nisbatan talab, umum 
qabul qilingan iqtisodiy ko`rsatkichlarga bog`liq emas, aksincha, ular mablag`ga 
nisbatan talabni shakllantiruvchi individlar harakatlari motivlariga institutsional 
ravishda asoslangan murakkab munosabatlarga egadir. 
Qiymatni al`ternativ nazariyasini avstriyalik iqtisodchilar ham ilgari surishgan. 
Xususan F. Xayek o`zining «Qiymat nazariyasi va savdo sikli» (1933) asarida, 
an`anaviy nazariya, iqtisodiyotda qiymat Yangi massalarining notekis taqsimlanish 
faktini tan olinmasligini ko`rsatib o`tgan. Bu holat, disproportsiya va yolg`on 
bozor signallari yuzaga kelishiga olib keladi. Mazkur g`oya, sekin harakatlanuvchi 
inflyatsiya haqidagi YUm nazariyasiga o`xshash bo`lib, Kantil`on g`oyalarini 
takrorlagan; to`g`ri, YUm qiymat notekis taqsimlanishi faktini ijobiy baholagan, 
bundan avstriyalik iqtisodchilar xususan L. fon Mizes, mumtoz qiymat nazariyasi, 
naqdsiz hisob - kitob mavjudligini hisobga olmagan, ya`ni banklardagi hisob 


144 
raqamlari hajmini, vaholanki ular ham mablag` funktsiyasini bajarib, ularning 
hajmi umumiy narxlar hajmiga ta`sir etadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin