Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi


-rasm. Bozordagi raqobat kuchlarining ta’siri darajalarini baholash



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə45/119
tarix04.11.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#118984
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   119
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi

1-rasm. Bozordagi raqobat kuchlarining ta’siri darajalarini baholash.

Ushbu ekspert usuli orqali raqobat kuchlarining kelgusidagi ta’sirini prognozlash mumkin. Ya’ni, omillar ta’siri darajasi (0,25 : 1,0) oraliqda o’zgarsa, bozordagi raqobat kuchlari ta’sir darajasi o’sadi. (-0,25 : 0,25) oraliqda bo’lsa ta’sir darajasi barqaror bo’ladi, (-1: -0,25) oraliqda esa bozorda raqobat kuchlarining darajasi pasayadi.


Tashkilotning raqobat muhitini yuqorida ko’rib chiqilgan uslubiy yondashuv orqali baholash mumkin, biroq baholarning haqiqiyligiga ta’sir etuvchi bir qator holatlarga etibor qaratish lozimdir.
Masalan, bozor raqobatchiligiga ta’sir etuvchi raqobat muhiti omillarining ta’sir darajasini aniqlashda (tarmoqdagi vaziyat ta’siri) o’rtacha foyda ko’rsatkichidan foydalanishi mumkin. Agar tarmoqdagi raqiblarning ta’siri tufayli o’rtacha foyda ko’rsatkichi tushsa, demak bu raqobat muhiti omillarning ta’siri kuchayganligidan dalolat beradi. Ko’pchilik tashkilotlar o’rtacha foyda ko’rsatkichiga yaqin miqdorda foyda olsa demak, bozor tarmogida raqobat samarali hisoblanadi va aksincha agarda ko’pchilik tashkilotlar foydasi o’rtacha foyda ko’rsatkichidan yuqori bo’lsa, demak, tarmoqda raqobat samarasiz hisoblanadi.
O’rinbosar tovarlar ta’sirining raqobat muhitiga ta’sir darajasini baholashda o’rinbosar tovarlar bo’yicha raqobatchilik bir tarmoq doirasi chegarasidan tashqaridagi turdosh bozor tarmoqlaridagi tegishli raqobat kuchlari ta’sir doirasida bo’lishligini ham e’tibor berish kerak (Global bozor ta’siri). Bu holda, nafaqat alohida tashkilotning biznesiga ta’sir etuvchi «raqobat xavfi» (yeki raqiblar bosimi) baholanadi balki, tashkilotning taklif etayetgan tovarlariga nisbatan global bozorning o’rinbosar tovarlari tomonidan tahdid soladigan «raqobat xavfi» ham yaxlit tarmoq doirasida aniqlanishi zarur.
Tovar-subsitutlar tomonidan «raqobat xavfi» iste’molchilar uchun shu turdagi tovarlarga nisbatan uning yangi xususiyatlari, uning narxi, hamda xarajatlarga nisbatan ularning jalb etuvchanligi oshsa «raqobat xavfi» darajasi maksimal oshadi. Tovar-substitutlarining kuchlari indikatori sifatida reklama xarajatlari hajmi, tovar-subsitutlarning tarmoq bo’yicha foyda darajasi kabi ko’rsatkichlardan foydalanish mumkin.
Bundan tashqari, tovar subsitutlarining unga yaqin bo’lgan, turdosh tovarlarning talab elastikligiga (egiluvchanligiga) ta’sir darajasini baholash ham lozim bo’ladi deb hisoblaymiz, ya’ni qachon bir o’rinbosar tovar narxining oshishi natijasida ikkinchisiga talabning oshishi muqarrardir.
Ko’rib chiqilayotgan uslubiy ketma-ketlikning uchinchi bosqichi tashkilotning bozor potensialini (salohiyatini) baholash jarayonidir. Shu o’rinda takidlash lozimki, mamlakatimizda olib borilayotgan tadqiqotlarda bozor kon’yunkturasi va bozor salohiyati ko’rsatkichlarini tahlil etish, uni prognozlash kabi biz muhim deb hisoblayotgan masalaga ba’zi subyektiv sabablar bois, e’tibordan qolib kelmoqda. Holbuki, mazkur jihatlar makro- va mikroiqtisodiyot uchun asosiy statistik ko’rsatkich bo’lib qolishi zarur. Demak, tashkilotning bozor salohiyatini baholashda shartli ravishda uchta tarkibiy qismga ajratgan holda amalga oshirish mumkin:

  • bozor potensialini aniqlash (bozor sigimi, yalpi talab hajmi, raqib- korxonalarning soni);

  • tashkilotning bozordagi holatini baholash (bozor ulushi, xaridorlarning talabi va tamoilining izchilligi);

  • tashkilotning bozor imkoniyatlarini baholash (assortiment xilma- xilligi, tovarning sifat tavsifi, xaridorlar tomonidan tovarlarning alohida sifatining jalb etuvchanligi).

Bozorning talab, taklif, narx kabi elementlarining o’zaro bog’liqligidan hamda tovarlarga nisbatan mavjud va potensial xaridorlarning muayyan ehtiyoji hamda muayyan xaridorlik qobiliyati kabi jihatlarini inobatga olib ya’ni «iste’molchi tarafidan» yondashuv asosida bozor potensialini sodda ko’rinishini quyidagicha ifodalash mumkin:
P =(N+n)x Q(N+n)xP(N+n) (8.2)
bu yerda P -bozor potensiali, so’m;
N- hududdagi potensial iste’molchilar (yangi kelganlar ) soni , nafar odam;
n- hududda doimiy yashovchi iste’molchilar soni, nafar odam;
Q- iste’mol qilingan tovarlarning umumiy miqdori (qiymat ko’rinishida, so’m)
P-tovar birligining narxi, so’m.
O’rganilayotgan tovarlar soni oshib borishi bilan ushbu keltirilgan formulaning ko’rinishi o’zgaradi.
Xaridorlar hatti-harakatini (atvorini, taomilini) oldindan bilib bo’lmaslik muammosi asosida yuzaga keladigan boshqa ko’rsatkichlardagi kamchiliklari singari bozor potensialining o’lchamini belgilash ham taqribiylikni e’tirof etgan holda, bu ko’rsatkich muayyan bozorning faqatgina «o’lchamning tartibini» ifodalashi mumkin.
Shunga muvofiq, tashkilot bozor potensialini aniqlash uchun aniq ma’lumotlarga tayanish talab etiladi. Yuqoridagi kamchiliklarga qaramay bozor potensiali amaliyotda iste’molchilar potensial talabning prognoz ko’rsitgichi hisoblanib, tashkilotning kelgusidagi rivojlanishi uchun mo’ljal bo’lib xizmat qiladi.
Ma’lumki, har qanday tashkilotning bozordagi holati uning bozor ulushi ko’rsatgichi yordamida baholanadi, ya’ni tashkilotning mahsulot sotish (tovarlar, ishlar, xizmat ko’rsatish) hajmining mazkur bozorning umumiy sig’imidagi ulushi (foizlarda) hisoblanadi.

Dr= (Orh/Or)x100% (8.3)
Bozordagi raqiblarga nisbatan tashkilot ulushini aniqlovchi aniq talab holatini baholash uchun quyidagi ko’rsatgichdan foydalanish mumkin.

Drh=(Orh/Op)x 100% (8.4)
bu yerda: Drh- muayyan turdagi, markadagi tovar bo’yicha tashkilotning ulushi, %;
Orh- tashkilot tomonidan sotilgan tovarlar hajmi (tashkilotning tovar aylanmasi), so’m;
Or- tovar sotishning umumiy hajmi (bozor ishtirokchilarining (raqiblarning) jami tovar aylanmasi), so’m;
Cotilayotgan tovarlar turi ko’payganligi sababli bozor potensialini baholash formulasi ko’rinishi ham boshqa ko’rinishni oladi.
Yuqoridagi formula yordamida tashkilot o’zining muayyan bozordagi holatini miqdoran baholashi mumkin. Biroq, mazkur formula ham iste’molchilar reaksiyasining mavhumligi sababli talabning tavsifini baholashda to’liq va aniq tasavvur bermaydi.
Shunga ko’ra, tashkilotlarning raqobatbardoshligini talabning hajmiga nisbatan baholashda talabni tarkibiy qismlarga ajratib o’rganish prinsipini qo’llash tavsiya etiladi. Buning uchun iste’moldagi tovarlarni bir qator belgilariga nisbatan tarkibiy qismga ajratib tahlil qilishning Parfitt va Kollinz usullaridan foydalanish o’rinlidir. Mazkur usulga ko’ra, iste’mol obyektlari uzoq muddatda foydalanadigan tovarlar va qisqa muddatda foydalanadigan tovarlarga ajratiladi. Talab esa boshlang’ich va ikkilamchi (o’rinbosar) turlarga ajratiladi (talab mos ravishda uy xo’jaligi uchun aloxida, iste’molchiga nisbatan alohida hisoblanadi).

Qisqa muddatli foydalaniladigan tovarlarning yalpi talabi.

Dastlab kirib kelishi yoki hyech bo’lmaganda bir marta xarid qilgan iste’molchilar ulushi (foizi)

Muayyan tovarni takror xarid qilgan yoki doimiy ravishda xarid qilayotgan iste’molchilar ulushi (foizi)

Iste’mol koeffisiyenti yoki foydalanish izchilligi

O’zoq muddatli foydalaniladigan tovarlarga yalpi talab

Birlamchi talab yoki muayyan tovar yoki markasini hyech bo’lmaganda bir marta xarid qilgan iste’mol- chilar ulushi

O’rinbosar talab yoki tovarni yoki markani turdosh tovar yoki markaga almashtirgan iste’molchilar ulushi (foizi)

Qo’shimcha talab yoki muayyan turdagi tovar yoki markani qo’shimcha xarid qilgan iste’mol-chilar ulushi.

Ikkala guruh uchun ham (qisqa va uzoq muddatda foydalanadigan tovarlar) boshlang’ich talab birinchi marta tovar xarid qilgan xaridorlar guruhini anglatsa, ikkilamchi talab esa iste’molchilarning muayyan tovarga yoki tovar markasiga o’rganib qolganlar (qisqa muddatli foydalaniladigan tovarlar uchun) yoki almashtirilgan hamda qo’shimcha xarid qilingan tovarlar turiga yoki uning markasiga qaytishi (uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar uchun).
Shu asosda Parfitt va Kollinzga ko’ra yalpi talabning miqdoriy bahosi birlamchi va ikkilamchi talab yig’indisini ifoda etadi.
Iste’mol koeffisiyenti (Kist)-muayyan tovar turiga yoki markasiga nisbatan xaridorlar hatti-harakatlarining (atvorining) izchilligini ifoda etadi.

Parfitt va Kollinz iste’mol koeffisiyentining o’zgarish oralig’ini quyidagicha aks ettiradilar.
korxona mahsulotining o’rtachasi bozor ko’rsatgichiga nisbatan faolroq.
korxona mahsulotini iste’mol qilish o’rtachasi bozor ko’rsatgichiga teng.
korxona mahsulotini iste’mol qilish o’rtachasi bozor
ko’rsatgichidan past.
Parfitt va Kollinzlar tomonidan taqdim etilayotgan mazkur munosabat qisqa muddatli va uzoq muddatli foydalaniladigan tovarlarga nisbatan yangi talab ko’rsatgichi hamda iste’mol koeffisiyentining bozor salohiyatini tahlil etishda foydalanish mumkin. Chunki, muayyan korxonaning bozordagi ulushini uning mahsulotlari iste’mol darajasi orqali tavsiflash korxonaning haqiqiy raqobat holatini baholashga imkon beradi va bu holatning o’zgarishlarini prognozlashda asos bo’lib xizmat qiladi.
Shunga ko’ra, tashkilotning bozor imkoniyatlarini baholash ko’rsatkichlarini tahlil etish mantiqan o’rinlidir.
Bozor salohiyatini tahlil etish uchun tashkilotning assortiment ko’lamini baholash ham muhim sanaladi. Vaholanki, assortiment ko’lami raqobat izchilligini belgilovchi markaziy omil hisoblanmasada, uning tahlili asosida tashkilotning bozor segmentini aniqlash mumkin. Bu esa o’z navbatida, ya’ni assortiment to’liqligi va iste’molchining qoniqish darajasini baholash vositasida, to’yinmagan bozor «uyasini», baholash uchun imkon yaratadi. Ta’kidlash lozimki, kurib chikilayotgan yondoshuvlar yordamida har bir bozor subyektining bozorda taklif etayotgan assortimentining tarkibi va chuqurligini miqdoriy tarzda aniqlab bera olmaydi. Shuning uchun, bu o’rinda Nil’sen paneli tamoilidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ya’ni, bozordagi mavjud subyektlarning xar birining tovarlari assortimenti tanlab olinib o’rganiladi. U quyidagi sxemada o’tkaziladi.
(8.5)
bu yerda: joriy davrda tovarning sotish hajmi;
tovarning joriy davr boshida va oxiridagi tovar zaxiralari hajmi.
subyektning tovariga buyurtmalari hajmi.
tovarning logistik jarayonlardagi yo’qotishlar hajmi.
Shuni takidlash lozimki, ko’rsatib o’tilgan formula korxonaning assortiment ko’lamini baholashning xususiy bir holatidir. Chunki, hozirgi paytda mazkur ko’rsatgichlar to’g’risida bozor segmentlaridagi nomutanosibliklarga bog’liq holda to’liq va ishonchli ma’lumot olish amrimaholdir, ya’ni, korxona turli bozor segmentlariga turli tovar assortimentini taklif etishi mumkin. Yuqoridagilardan kelib chiqib, e’tirof etish lozimki, talabni miqdoriy parametrlarda aks ettirish ishlab chiqarish va tovar sotishning bozor salohiyatini tahlil etishda prognozlashda muhim ahamiyatga ega. Biroq, talabni shakllantiruvchi omillardan biri tovarning sifat parametrlarini o’lchash yuqorida keltirilgan ko’rsatgichlar orqali ifodalash uchun o’rinli bo’lmaydi. Chunki, iste’mol extiyojning subyektivizmi mahsuli o’laroq, uning qondirilish darajasi ijtimoiy-psixologik, shaxsning xulk-atvoriga bogliq holda mavxum (abstrakt) kiymatlarda uz aksini topadi. Amaliyotda bu jihatlar bir qator kvalimetrik usullar yordamida baholanadi.
Tovarning sifat tavsifini (iste’mol xossalarini) kompleks baholashda quyidagi formuladan foydalanish mumkin.
(8.6)
bu yerda: tovarning sifat tavsifining koeffisiyenti;
tovar sifatining bazaviy parametrining bahosi;
tovar modifikasiyalari sifatining iste’molchi tomonidan tan olinish darajasi.
tovar sifati ko’rsatkichlari soni.
Mazkur tovarning sifat tavsifini ifodalovchi koeffisiyentini hisoblash uchun marketingning skrining dastagidan foydalanish mumkin. Srining-muayyan tovarning xarid jarayonida xaridorlarda sifat jihatlariga ko’proq qiziqishlarini savdo xodimlari tomonidan qayd etib berish jarayoniga aytiladi. Qaydnomalar yig’ilib, tovar sifatiga berilgan izohlar jamlanadi va sifat parametrlari ahamiyatlilik darajasiga ko’ra sifat kursatgichlari (iste’mol xossalarini belgilovchi parametrlar) aniqlangan ballar orqali aks ettiriladi. Ballar orqali esa har bir sifat belgisi bo’yicha koeffisiyent aniqlanadi:
(8.7)
bu yerda: tovarning alohida sifatiga nisbatan iste’molchining moyilligi koeffisiyenti;
muayyan sifat belgisining nisbatan muhimligi;
tovarning muayyan sifati belgisiga nisbatan moyillik darajasi;
tovar sifat belgilari soni;
Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda shuni takidlash lozimki, taqdim etilayotgan mazkur bozor kon’yunkturasining tadqiqotlari metodikasi tashkilotning marketing faoliyatining samarasi va bozor faolligining natijasi o’laroq, uning raqobatbardoshligini baholash uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Tovar raqobatbardoshligini baholash muammolari
Manbalardan ma’lumki, tovarning raqobatbardoshligi o’zaro bog’lik bo’lgan uchta element orqali aniqlanadi. Bular:
-ayni shu tovarning iste’mol xossalari;
-raqib tovarning iste’mol xossalari;
-iste’molchilarning xulk-atvoriga boglik «o’ziga xosligi» kabi kursatgichlardir.
Raqobat ustunligi nazariyasining asoschilaridan biri Maykl Porter istalgan tovar raqobatbardoshligini izohlab berar ekan, u iqtisodiyotning istalgan tarmog’i uchun u ichki yoki tashqi bozorda faoliyat ko’rsatishidan qat’iy nazar, uning raqobatchiligi quyidagi beshta dalillar ta’sirida aniqlanadi.
Ya’ni: - yangi raqiblarning paydo bo’lish xavfi;
- o’rinbosar (substitutlarning) tovarlarning paydo bo’lishi;
- yetkazib beruvchilarning faoliyatiga bog’liq o’zgarishlar;
- iste’molchilar (xaridorlar) xulk - atvoridagi o’zgarishlar;
- bozor tarmog’idagi raqiblar bilan bog’liq kurash shart-sharoitlari
Raqobatchi, ya’ni raqobatga qobil tovar boshqa tovarlarga nisbatan bir qator ustunlikka ega bulishi talab etiladi. Mazkur ustunliklar korxona tomonidan olib borilayotgan bozorga va maxsulotga yo’nalgan aloxida strategiyalarga bog’liq bo’lib, ular ikki yo’nalishni uz ichiga oladi: ya’ni, 1) sarf xarajatlarni kamaytirish; yoki 2) tovarlarni differensiyalash (uning iste’mol funksiyalarini ko’paytirish) orkali erishishi mumkin.
Sarf-xarajatlarni kamaytirish taktikasi firmaning raqobatchi tovarga nisbatan uni yaratish va sotishdagi xarajatlarni imkon qadar kamaytirish bilan tadbirlar bilan bog’liq bo’lsa, differensiasiya-tovarlarning alohida xossalarini oshirish, ya’ni sifatiga bog’liq parametrlarni modernizasiyalash hamda tovarning iste’mol jarayonidagi qo’shimcha servis xizmatlarini tashkil etish bilan bog’liq taktik tadbirlarni bildiradi.
Raqobatbardoshlikni oshirishdagi yuqoridagi ta’kidlangan ikki yo’nalish, yondashuv, aynan raqobatchilikdagi ustunlikni ta’minlab berishini ifodalashni inobatga olgan holda iste’molchining xatti-xarakatiga bog’liq motivasion mexanizmlarning oldingi bobda ta’kidlanganidek, alohida o’rni borligini tan olishimiz muhim hisoblanadi.
Raqobatchilik va raqobatbardoshlik masalalariga bag’ishlangan manbalarda faqat muayyan tovar va unga bog’liq xossalar (texnik parametrlar) hamda savdo sotiq jarayonida yuzaga keladigan ko’rsatkichlar (iqtisodiy parametrlar)ni raqib subsitutlarga nisbatan taqqoslash orqali aniqlash keltiriladi. Ushbu yondashuvlarni alohida ko’rib chiqish mumkin. Dastlab, taqqoslash uchun muayyan prinsiplarni belgilab olishimiz zarur.
Bular:
-xaridorlar extiyoji;
-zaruriy foydalilik effekti;
-raqobatchi tovar;
-tasavvurdagi na’muna (ideal tovar);
-urinbosarlar turkumi.
Ehtiyoj tovarlarni taqqoslash uchun asos bo’lib xisoblanar ekan, avvalo, iste’molchilarning ehtiyojlarini aniqlovchi parametrlar ko’lamini hamda tovar nomenklaturasini tanlash shuningdek, tanlov jarayonida ishtirok etayotgan tovarlarning afzalliklarini aniq belgilash muhimdir. Ma’lumki, har vaqt u yoki bu tovarni tanlashda mahsulotnig nafligini (foydalilik effektining) asos bo’lishi va xaridor tomonidan aynan shu tovar parametrlarinig ustun bo’lishi boshqa turdosh tovarlarga nisbatan taqqoslashda ayyon bo’ladi.
Tanlanayotgan tovar tarmoqda raqobatchi-namunaga ega bo’lsa, aynan shu na’muna-tovar ehtiyojni shakllantiradi va uni motivlaydi. Motivlangan xaridor u yoki bu tovarga baho berishda uning parametrlarini shu tovar ko’rsatkichlariga nisbatan asoslaydi.
Ba’zi hollarda, taqqoslash va baholash uchun tasavvurdagi na’muna tovar (turdosh yoki urinbosar)asos bo’lishi mumkin. U holda mazkur ehtiyoj moddiylashmagan holda, unga berilgan baho esa mo’ljal uchun qabul qilinib kelgusida unga aniqlik kiritilib borilishi lozim bo’ladi. Ko’p hollarda tovar na’munalarini parametrlar tasnifiga ko’ra turdosh tovarlar guruhi tanlab olinib, ularni kelgusida sotishni ko’paytirish imkonini beradigan istiqbolli turini tanlash lozim bo’ladi. Bu holda tovarning raqobatbardoshligini aniqlashda o’rganilayotgan mahsulot parametrlarini tasniflangan parametrlar jamlamasiga solishtirib taqqoslash kerak. Bunda texnik parametrlar guruhi alohida, iqtisodiy parametrlar guruhi alohida taqqoslaniladi. Tovar raqobatbardoshligini uning parametrlariga asoslangan holda baholashda differensial va kompleks usullar qo’llaniladi. Oddiy parametrli mahsulot raqobatbardoshligini differensial usulda baholashda bir parametrli xossalarni bazaviy parametrlar bilan taqqoslash qo’llaniladi. Agar bazaviy baholash ehtiyojga nisbatan qaralsa, u holda raqobatbardoshlik ko’rsatkichlari quyidagi formula orqali ifodalanadi.
qi = x 100% (1)
Bu yerda, qi = i-parametr bo’yicha raqobatbardoshlikning oddiy parametrik ko’rsatkichlari:
Pi= tahlil qilinayotgan mahsulotning
i-parametrining o’lchovi.
Pi0-ehtiyojlarni to’liq qondira oladigan (etalon) maxsulotning
i-parametr o’lchami;
n- parametrlar soni.
Meyoriy parametrlarni baholash usuliga ko’ra oddiy parametrli ko’rsatkichlar orqali belgilanadi. Ya’ni tahlil etilayotgan mahsulot sifati va xossalari o’rnatilgan meyor va standartlarga mos kelsa, ko’rsatkichlar qiymati 1 ga teng, agar mahsulot xossalarining qiymati meyor va standartlardan past bo’lsa, ko’rsatkichlar qiymati 0 ga teng deb hisoblanadi. Agar iste’molchi tasavvuridagi xossalarga ko’ra mahsulotning parametrlari yuqori bo’lsa ham shu tovarning iste’mol qiymati 100% ga teng hisoblanadi.
Agar baholash uchun na’muna ko’rsatgichlari asos qilib olinsa, raqobatbardoshlikning birlik ko’rsatkichlari quyidagicha aniqlanadi.

qi= % (2)
qi= (3)
Bu yerda; texnikaviy parametr raqobatbardoshligining birlik ko’rsatgichi.
Shu o’rinda takidlash lozimki, raqobatbardoshlikni oshirishga muvofiq keladigan va ya’ni birlik ko’rsatgichining o’sishiga mos kelgan formula tanlab olinadi. Ko’p hollarda ya’ni, maxsulotning texnik parametrlarini miqdoran baholashga imkon bo’lmagan hollarda ekspert baholash usuli orqali ballarda baho belgilash o’rinli bo’ladi.
Tahlil etilayotgan mahsulot raqobatbardoshligini differensial usulda baholash mahsulotning na’muna mahsulotga nisbatan kamchiliklari yoki ustunligini qiyosiy baholashni e’tirof etgan holda tovar tanlashdagi har bir parametrning ahamiyatliligiga nisbatan iste’molchilar tomonidan tan olinilishi (ustivorliligiga moyillik) e’tiborga olinmaydi. Ushbu kamchilikni bartaraf etish maqsadida raqobatbardoshlikni aniqlashda kompleks usuldan foydalanish o’rinli hisoblanadi. Bu usul tahlil etilayotgan mahsulotning kompleks ko’rsatgichlarini yoki foydalilik effektlarining umumiy yig’indisini na’munaga nisbatan solishtirish yo’li orqali aniqlashga asoslangandir.
Me’yoriy parametrlar bo’yicha guruhlar ko’rsatgichi quyidagi formula orqali hisoblanadi.
(4)
Bu yerda me’yoriy ko’rsatgichlar bo’yicha raqobatbardoshlikning guruhiy ko’rsatgichlari.
me’yoriy normalar bo’yicha raqobatbardoshlikning birlik ko’rsatgichi. (1-formula natijasi)
Mazkur formulaning o’ziga xosligi shundan iboratki, agarda birlik ko’rsatgichlardan birontasi 0 ga teng bo’lsa, parametrning belgilangan me’yorga mos kelmasligini bildiradi va guruhiy ko’rsatgichlar ham shunga muvofiq holda 0 ga teng bo’ladi. Shunga ko’ra tovar ham raqobatbardosh hisoblanmaydi.
Tovarning texnik parametrlarga ko’ra guruhiy ko’rsatgichlari quyidagi formula orqali hisoblanishi mumkin: (me’yoriy ko’rsatgichlar bundan mustasno)
(5)
Bu yerda; raqobatbardoshlikning texnik ko’rsatgichlar bo’yicha guruh yalpi ko’rsatgichi.
texnik parametrlardan iste’molchi tomonidan qo’yilgan talabga mos keluvchi i-parametrning ko’lami.
Hosil bo’lgan natija muayyan tovarning barcha texnik parametrlar turkumining mavjud ehtiyojga muvofiq kelish darajasini aniqlaydi. Demak, qancha yuqori bo’lsa, iste’molchining talabini to’laroq qondiradi. Texnik parametrlar turkumidagi alohida ko’rsatgichlarning muhimligi marketing tadqiqotlar natijasiga asoslangan holda ekspert usuli orqali baholanadi. Ba’zi hollarda hisob kitoblarni soddalashtirish maqsadida texnik parametrning alohida ahamiyatli deb hisoblangan ko’rsatgichlar guruhi tanlab olinadi. Masalan foydalilik effekti parametrlar kompleksi taqqoslash uchun tanlanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Iqtisodiy parametrlar guruhi ko’rsatgichlarini hisoblash uchun iste’molchi tamonidan maxsulotni xarid qilish va foydalanish davridagi xarajatlari asosida aniqlanadi.
Iste’molchining jami xarajatlari quyidagi formula orqali hisoblanadi:
, (6)
Bu yerda; iste’molchining tovarni xarid qilishdagi va foydalanish davri davomidagi jami harajatlari.
xarid xarajatlar;
tovardan foydalanish uchun ketgan xarajatlar miqdori;
foydalanish davri;
yillarning tartib raqami (1,2,3, ., .,.,)
Bunda
, (7)
Bu yerda; uchun foydalanish davridagi xarajatlar;
harajatlar tarkibining miqdori;
Iqtisodiy parametrlar bo’yicha guruhiy ko’rsatkichlar quyidagi formula orqali hisoblanadi.
, (8)
Bu yerda; iqtisodiy parametrlar bo’yicha guruhlar ko’rsatgichi;
tahlil etilayotgan va na’muna mahsulotning jami xarajatlari.
(6) va (8) formulalarda yillar mobaynida buyumning ekspluatasiyasi jarayonlari uchun qilinadigan sarf-xarajatlar koeffisiyenti inobatga olinmaydi. Biroq, qo’shimcha xarajatlarning koeffisiyenti ko’rsatgichning to’liqligini ta’minlaydi. Shunga ko’ra qo’shimcha xarajatlarni inobatga olgan holda (6) va (8) formulalar quyidagi ko’rinishda bo’ladi.
(9)
Shunga mos holda iqtisodiy parametrlarning guruhlari ko’rsatgichi quyidagicha aniqlanadi:
, (10)
Buyerda; iqtisodiy parametrlar bo’yicha guruhlar ko’rsatgichi;
mos ravishda tahlil etilayotgan hamda na’muna tovarni xarid qilish uchun qilingan sarf-xarajatlar miqdori;
foydalanish davrida talab etiladigan sarf xarajatlarning yillarga ko’ra yig’indisi;
tovarning iste’mol (foydalanish) muddati;
yil uchun ekpluatasiya xarajatlariga bog’liq koeffisiyent.
Sanoat mahsulotlari uchun iste’mol davri uning amortizasiya davriga teng bo’ladi. Iste’mol tovarlari uchun ekspluatasiya davri na’muna tovarning haqiqatda foydalanish muddati bilan hamda shu toifadagi tovarlarning ma’naviy eskirish tezligi bilan aniqlanadi. Raqobatbardoshlikning jami ko’rsatkichlarining jamlamasi quyidagicha aniqlanadi.
(11)
Bu yerda; o’rganilayotgan tovar raqobatbardoshlik ko’rsatgichlarining na’muna tovarga nisbatan darajasini belgilovchi ko’rsatgich.
ko’rsatgich mohiyatiga ko’ra taqqoslanayotgan mahsulotga nisbatan istemolchilarning mahsulotni harid qilish hamda iste’mol davomidagi sarf qilidigan bir birlik xarajatga to’g’ri keladigan iste’mol effekti bo’yicha o’rtadagi farqni bildiradi.
Shunga muvofiq, agar bo’lsa, tahlil etilayotgan tovarning raqobatbardoshligi na’munaga nisbatan past bo’ladi. Agar bo’lsa, uning raqobatbardoshligi na’munaga nisbatan yuqori bo’ladi. Agar bo’lsa, raqobatbardoshlik o’zaro teng bo’ladi.
Agar raqobatbardoshlikni taqqoslash bira to’la bir necha na’munaga nisbatan olib borilsa, ko’rib chiqilayotgan mahsulot raqobatbardoshligini tanlangan na’muna tovarlar bo’yicha ko’rsatgichlarning o’rtacha ortirmasiga nisbatan har bir turdosh tovarga nisbatan alohida-alohida hisoblab chiqish talab etiladi.
(12)
Bu yerda; tovar-na’munalarga nisbatan mahsulot raqobatbardosh-ligining integral ko’rsatgichi.
na’munaga nisbatan raqobatbardoshlik ko’rsatgichi;
na’munaning guruhdagi o’lchami;
turdosh na’munalar soni.
Raqobatbardoshlikni baholashda differensial hamda kompleks usullarni aralash holida qo’llash mumkin. Shuni ta’kidlash lozimki, bugungi kunda tovar raqobatbardoshligini aniqlash, baholash makro va mikroiqtisodiyot sohasida qo’llaniladigan, yuqorida ko’rib chiqilgan usullar yordamida aniqlash bo’yicha ilmiy nazariy manbalar mavjud. Biroq, shu usullarni yanada takomillashtirish maqsadida, ya’ni iste’molchi shaxsini belgilovchi omillarga bog’liq holda aniqlash masalasi o’z yechimini kutmoqda, vaholanki, shaxsning sosial-psixologik jihatlarini o’lchash, ularga mezonlar o’rnatish masalasi qanchalik qiyin bo’lmasin, dolzarb bo’lib qolmoqda.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin