resurslarga aytiladi.
Undan tashqari, turistik resurslar turistik mahsulotlar yaratishga
asos bo’ladigan tabiiy hamda, insonlar tomonidan yaratilgan
obyektlar majmuasidan
iborat.
V.S.Bogolyubov va V.P.Orlovskayalar (Ekonomika turizma. M.2005,151b.)
turistik resurslarda alohida ajralib turuvchi qo’yidagi asosiy belgilarni ajratishgan:
- Qo’laylik (jozibadorlik);
- Iqlimiy sharoit;
- O’rganganlik darajasi;
- Sayyohlik ahamiyati;
- Manzara va
ekologik xususiyatlari;
- Ijtimoiy – demografik xususiyatlari;
- Potensial zahirasi;
- Foydalanish imkoniyati va boshqalar.
Turistik resurslardan sog’lomlashtirish, turistik,
sport va tanishuv maqsadida
foydalaniladi. Undan tashqari turistik resurslarni shartli ravishda ikki guruhga bo’lish
mumkin:
tabiiy va
infrastrukturali. Turistik biznesni rivojlanishida yuqoridagi ikki
guruhni ham ahamiyati yuqori. Har qanday yuqori turistik resurs potensialidan,
kommunikasiya, aloqa vositalari, xizmat ko’rsatish sohalarisiz foydalanib bo’lmaydi.
Har bir
hududda turizm shakllanar ekan, bu hududda turizm faoliyatida
foydalanilayotgan turistik resurslar mavjud bo’ladi. Bu resurslarni turizmni tashkil
etish asosi desak bo’ladi. Lekin, har bir hududning resurs salohiyati resurslarning
miqdor va sifat jihatiga ko’ra farq qiladi. Shu sababli turistik resurslarni har jihatdan
o’rganish, baholash, umuman olganda turizm faoliyatida foydalanish imkoniyatlarini
tahlil etish ma’lum mintaqada turizmni rivojlantirish istiqbolini belgilaydi. Shu
sababdan mavjud turistik resurslardan turizm faoliyatida foydalaniщda ularni har
jihatdan
baholash o’ta muhimdir. Turistik resurslarni baholash bo’yicha ham turli
yondoshuvlar mavjud. Turistik resurslarning iqtisodiy bahosi bevosita resurs turiga,
uning
sifatiga, joylashuviga, foydalanish texnologiyasiga hamda atrof – muhit
holatiga bog’liq. Bunda ularni baholash asosiy o’rinni egallaydi. Baholash orqaligina
ulardan
foydalanish, muhofaza qilish me’yorini o’rnatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: