Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


VI.Mavzu. Ekologik turizmni rivojlantirish resurslari



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/94
tarix29.11.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#120091
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   94
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti (1)

VI.Mavzu. Ekologik turizmni rivojlantirish resurslari
Reja:
6.1.
Ekoturizm tushunchasi va turlari.
6.2. Ekoturizmning tarkibiy qismlari.
6.3. Ekoturizmning o’ziga xos xususiyatlari.
6.4.
O’zbekistonda ekoturizm resurslari.
6.5. O’zbekistonda ekoturizm imkoniyatlaridan samarali foydalanish.
6.1. Ekoturizm tushunchasi va turlari.
Dunyo miqiyosida turizmning eng yangi yo’nalishlaridan biri ekologik turizm 
yoki ekoturizmdir. «Ekologik turizm» termini birinchi marotaba 1980 yil meksikalik 
iqtisodchi G.Seballos –Laskureyn taklif qilgan. Ekoturizmning asosiy maqsadi 
sayohat paytida yangi joylarni ko’rish, tabiat go’zalligidan, toza tog’ yoki o’rmon 
havosidan bahra olish, «yovvoyi» tabiat bag’rida dam olish, shuningdek, boshqa 
xalqlar urf-odati, madaniyati, san’ati, tarixiy obidalarini ko’rishdan iborat. 
Turizmning bu ko’rinishi Kanada, AQSh, G’arbiy Yevropa davlatlari, Markaziy va 
Janubiy Amerika, Yaponiya, Xitoy va boshqa mamlakatlarda tez rivojlanmoqda. 
Ekologik turizm ayniqsa Avstraliyada yaxshi rivojlangan bo’lib, bu soha bo’yicha 
maxsus dasturlar yaratilgan.
Ekologik turizmni tashkil etish va rivojlanishi uchun obyektlar bo’lib, 
quyidagilar xizmat qiladi: 
- milliy bog’lar, davlat buyurtmalari, tabiat yodgorliklari;
- botanik bog’lar;
- davolash-sog’lomlashtirish joylari va kurortlar;
- qo’riqxonalar.
Ekoturizmning muhim obyekti bo’lib, ekologik toza hudud, ajoyib tabiat va 
boshqa rekreatsiya resurslari hisoblanar ekan, mamlakatimiz bu resurs turlariga boy 
hisoblanadi. Respublakamizda tarixiy, arxeologik, arxitektura, san’at, musiqa va 
boshqa turistik resurslar mavjud. O’zbekistonning boshqa mamlakatlarda 
uchramaydigan ekzotik tabiati, xilma-xil landshaftlari, flora va faunasi butun turistik 
regionning jozibadorligini belgilovchi asosiy omillardir.
Hozirgi vaqtda to’rt xil ekoturizm turlari va ekoturlar mavjud.
1.Ilmiy turizm. Bunda turistlar dala sharoitida kuzatish ishlari olib boradilar, 
tabiatda izlanish ishlarida ishtirok etadilar. Masalan Lotin Amerikasi 
mamlakatlaridan biri Kolumbiyada, u yerdagi boy qo’shlar olamini o’rganish uchun 
«Kolumbiya qushlari» degan ekoturlar o’tkazilib, unda boshqa davlatlardan kelgan 
ornitologlar ham qatnashib ilmiy izlanishlar olib boradilar. Bunda turistlar aktiv 
harakat usullari qo’llab, tabiiy go’zallikdan bahra oladilar. Ilmiy turizmga chet elga 
41


bo’lgan ilmiy-tekshirish ekspedisiyalari va tabiiy fakultetlarda o’qiyotgan 
talabalarning dala praktikasi ham kiradi.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin