Sentabrning yettinchi kuni 6-sinf. Ona tili 1-dars. O‘zbekistonda davlat tili va boshqa



Yüklə 499,5 Kb.
səhifə80/82
tarix04.01.2022
ölçüsü499,5 Kb.
#113681
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82
1-chorak ona tili 6 sinf uchun

Ko`rdim.

Direktor:

26.X.2016

27.X.2016. Ona tili. 6-sinf.

MAVZU:Harakat nomining yasalishi

Darsning maqsadi:

  1. O‘quvchilarga harakat nomlarining yasalishi va turlanishi haqida bilim berish.

  1. O‘quvchilarda xalqparvarlik va vatanparvarlik tuyg‘ularini tarbiyalash.

  1. O‘quvchilarning ijodiy tafakkurini o‘stirish. 
    Darsning metodi: 
    suhbat, o‘yin. 
    Darsning jihozi:


  1.  6-sinf ona tili darsligi.

  1.  «Harakat nomi yasovchi qo‘shimchalar» nomli ko‘rgazma.

Dars tashkil etilib, uy vazifasi tekshiriladi va baholanadi. So‘ng yangi mavzuga oid topshiriqlar bajartiriladi. O‘quvchilar o‘qituvchi yordamida topshiriqqa ko‘ra berilgan fe’llarni asos va qo‘shimchalarga ajratadilar hamda ulardagi tovush o‘zgarishlarini aniqlaydilar.

Namuna: tashuv-tashi+v. Bunda tashi asosiga harakat nomi yasovchi –v qo‘shimchasi qo‘shilganda asosning oxirgi bo‘g‘inidagi i unlisi u ga aylangan.      

O‘quvchilarga ma’lum vaqt berilib, topshiriqdagi harakat nomlari qanday yasalganligini va fe’l asoslariga harakat nomlari yasovchi qo‘shimchalar qo‘shilganda qanday tovush o‘zgarishlari hosil bo‘lganligini kuzatishni  topshiradi hamda quyidagi savollar asosida o‘quvchilarni yangi  mavzuga oid nazariy xulosalarga olib kelinadi: 


  1. Harakat nomi qanday qo‘shimchalar bilan yasaladi? 

  1. Harakat nomi yasovchi qo‘shimchalarning unli va undosh bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘shilish tartibi qanday? 

  1. Harakat nomi qo‘shimchalari fe’l asoslariga qo‘shilganda qanday tovush o‘zgarishlari kuzatiladi?

So‘ng o‘qituvchi o‘quvchilarning javoblarini umumlashtiradi va mavzu yuzasidan nazariy bilimlar beradi.

Yangi mavzu mashqlar bajarish asosida yanada mustahkamlanadi. 132-mashqda berilgan gaplardagi nuqtalar o‘rniga harakat nomlaridan mosini qo‘yib ko‘chirtirish asosida o‘quvchilarda harakat nomi yasovchi qo‘shimchalarni to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmalari shakllantiriladi.

Namuna: Birovlarning gapini zimdan tinglash odobdan emas. (S.Anorboyev)

Bu gap asosida o‘quvchilarga axloqiy va Cho‘lponning vatan haqidagi fikrlari asosida vatanparvarlik tarbiyasini beriladi.

133-mashq topshirig‘iga ko‘ra o‘quvchilar avvalgi darslardagidek uch guruhga bo‘linib, harakat nomi shakllariga oid ko‘p so‘z topish va ular asosida gap tuzish yuzasidan bahslashadilar. Demak, mashq «Topqirlar va zukkolar bahsi» tarzida bajariladi.

134-mashq topshirig‘iga ko‘ra o‘quvchilar harakat nomi shakllariga egalik va kelishik qo‘shimchalarini to‘g‘ri qo‘shish bilan shug‘ullanadilar.

Mashqlar bajarilgach, o‘qituvchi mavzu uchun berilgan savol va topshiriqlar asosida «mustahkamlash daqiqasi»ni o‘tkazadi.

135-mashq topshirig‘iga ko‘ra «Mening do‘stim» mavzusida harakat nomlarini qatnashtirib, qisqa ijodiy matn tuzish uyga vazifa qilib beriladi.





Yüklə 499,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin