Sentabrning yettinchi kuni 6-sinf. Ona tili 1-dars. O‘zbekistonda davlat tili va boshqa


Rasmda qanday narsalar tasvirlangan?



Yüklə 499,5 Kb.
səhifə54/82
tarix04.01.2022
ölçüsü499,5 Kb.
#113681
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   82
1-chorak ona tili 6 sinf uchun

Rasmda qanday narsalar tasvirlangan?

  1.  Mazkur narsalarni qanday guruhlarga ajratish mumkin?

  1.  Guruhlashda ularning qaysi o‘xshash tomonlari e’tiborga olinadi?

Darslikdagi 2-topshiriqdagi rasmda berilgan daraxtlarning nomlari ham xuddi shu tarzda guruhlanadi. O‘quvchilar shu o‘rinda o‘qituvchining «Daraxt nima?» - deya bergan savoliga javob sifatida quyidagilarni aytadilar:

Tana qo‘yib, shox va novdalar chiqarib, tomir otib o‘sadigan ko‘p yillik o‘simlik daraxt deyiladi.  

Daraxtlar nomlari meva berish va bermasligiga  ko‘ra quyidagicha guruhlanadi: 



  1.  Mevali daraxtlar: olma, nok, olcha, shaftoli.

  1.  Mevasiz daraxtlar: terak, chinor, sada, tol kabi.

So‘ng o‘qituvchi o‘quvchilarni mavzuga oid nazariy xulosalarga olib kelish uchun quyidagi savollarni beradi.

  1. O‘rganish uchun olingan turli narsa, voqea-hodisalar yig‘indisi nima deyiladi?

  1. To‘plamni o‘xshash va farqli belgilar asosida ichki guruhlarga bo‘linishi nima deb ataladi?

O‘qituvchi o‘quvchilarning javoblarini to‘ldirib quyidagilarni bayon etadi: Mana siz ona tili, fizika, botanika, tarix, geografiya, matematika, zoologiya fanlarini o‘rganayapsiz. Ana shu fanlarda o‘rganish uchun olingan turli narsa, voqea-hodisalar yig‘indisi to‘plam deyiladi. To‘plam guruhlarga bo‘linadi. Biror umumiy belgi, xususiyat va shu kabilarga ko‘ra birlashgan narsalar, hodisalar turkumi, majmui guruh hisoblanadi. Masalan, botanika fanida o‘simliklar xuddi shu tarzda o‘rganiladi. Birgina ra’nodoshlar oilasiga 3000 ga yaqin turdagi daraxt, buta va ko‘p yillik o‘tlar kiradi. Ular o‘z ichida 120 turkumga, guruhga bo‘linadi: tobulg‘a, na’matak, olma, olxo‘ri, nok, shaftoli, maymunjon kabi. O‘z navbatida guruhlar turlarga bo‘linadi.

To‘plamni o‘xshash va farqli belgilar asosida ichki guruhlarga bo‘lish tasnif deyiladi. Har qanday fanning asosini to‘plam va tasnif tashkil etadi. Inson borliqdagi narsalar va voqea-hodisalarni guruhlarga ajratish-tasniflash asosida o‘rganadi.

So‘ng o‘qituvchi o‘quvchilar bilan quyidagi savollar asosida mustahkamlash suhbatini uyushtiradi:


  1.  Siz o‘zingiz o‘rganayotgan qaysi fanlardan to‘plam va tasnifga misollar keltira olasiz?

  1.  O‘quv qurollari deganda nimalarni tushunasiz?

  1.  O‘quv qurollari to‘plami qanday guruhlarga bo‘linadi?

      4.  Guruhlar qanday o‘xshash va farqli belgilarga ega? 
    
O‘quvchilar fizika, matematika, botanika, geografiya fanlaridan to‘plam va uning tasnifiga doir misollar keltiradilar. Daftar, ruchka, qalam, chizg‘ich, o‘chirg‘ich, kundalik daftar kabi o‘quv qurollarining o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlaydilar.

Shundan so‘ng o‘quvchilarga rasmli kartochkalar tarqatiladi va  tez va to‘g‘ri tasniflaydi?» o‘yini o‘tkaziladi. Ular qo‘llaridagi rasmda tasvirlangan narsalar doirasida to‘plam hosil qiladilar va uni guruhlaydi. 

 Mustahkamlash uchun berilgan 73-, 74-,  75-mashqlarni ham musobaqa tarzida bajartirish maqsadga muvofiq.

74-mashqdagi matnda berilgan bolalar o‘yinlari to‘plami o‘ynalish vaqtiga ko‘ra quyidagicha guruhlanadi:



  1. Kechki o‘yinlar: «Kurash». «Bekinmachoq»  kabi;

  1. Kunduzgi o‘yinlar: yov-yov, o‘q, yong‘oq o‘yini kabi.

Dars so‘ngida 77-mashq topshirig‘iga ko‘ra «O‘zbekistonning qazilma boyliklari» mavzusida matn tuzish va undagi so‘zlarni guruhlash uyga vazifa qilib beriladi.

Yüklə 499,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin