NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
1. Nizolar va nizoli vaziyat deganda nimani tushunasiz?
2. N izolam ing qanday turlari mavjud?
3. Nizolar qanday sabablarga ko‘ra vujudga keladi?
4. Nizolarni hal qilishning qanday usullari mavjud?
5. N izoli vaziyatni hal qilishga doir umumiy tavsiyalami sanab o ‘ting?
6. Nizolar bo'yicha muzokaralar olib borish qanday bosqichlardan
iborat?
7. Stress nim a?
8. Stress holatini nimalar keltirib chiqaradi?
9. Stressli vaziyatlami keltirib chiqaradigan omillarga nimalar kiradi?
10. Ruhiy zarbaga ta’sir va ruhiy zarbaga chidamli hayot tarzlari
o ‘rtasidagi farqni tushuntirib bering?
231
XII BOB. PERSONALNI BOSHQARISH TIZIMINI
TAKOMILLASHTIRISH SAMARADORLIGINI
BAHOLASH
Muhim tushunchalar:
kasbiy tanlash, mehnatga ko‘ni-
kishni boshqarish, personalni boshqarish texnologiyasi va
tizimini takomillashtirish, malakani oshirish bo‘yicha tash-
kilotning material-texnik bazasi yaratish xarajatlari, perso
nalni boshqarish texnologiyasi va tizimini takomillashtirish
loyihalarining ijtimoiy samaradorligini baholash.
12.1. Xodimlar bilan ishlash jarayonlarini tashkil
etish texnologiyalari
Tashkilotning xodimi, tashkilot yoki uning tarkibiy qismi
kabi, doimiy rivojlanish jarayonida bo‘ladi. Ushbu o‘zgarishlar
mehnat resurslarini rejalashtirish, ishga jalb etish, tanlov
va ishga qabul qilish, xodim faoliyatiga baho berish, xodimlami
tayyorlash, qayta tayyorlash, o ‘stirish tizimini tashkil qilish,
xodim lam i lavozim va professional, m a’muriy o ‘sishini
rejalashtirish va ishdan bo‘shatish kabi bosqichlami o ‘z ichiga
qamrab oladi.
Xodimlami rejalashtirish shundan iboratki, u insonga zarur
vaqtda va kerakli miqdordagi ish o‘rinlarini uning qobiliyati,
moyilligi va ishlab chiqarish talablariga muvofiq ta ’minlab
berishni vazifa qilib qo‘yadi. Ish o‘rinlari unumdorlik va asoslash
nuqtayi nazaridan ishlovchilarga o ‘z qobiliyatlarini eng maqbul
tarzda rivojlantirish, mehnat samaradorligini oshirish imkonini
berishi, insonga xos m ehnat shart-sharoitlari yaratish va
bandlikni ta’minlash talablariga javob berishi lozim. Xodimlami
rejalashtirish tashkilot manfaatlari nuqtayi nazaridan ham,
uning xodimlari manfaatlarini ko‘zlab ham amalga oshiriladi.
Tashkilot uchun kerakli vaqtda, kerakli o‘rinda, zarur miqdorda
hamda tegishli malakaga ega bo‘lgan shunday xodimlarga ega
boMish muhimki, ular ishlab chiqarish vazifalarini hal qilish,
uning o ‘z maqsadlariga erishishi uchun zamr bo‘ladi.
232
Xodimlami rejalashtirish ancha yuqori mehnat unum-
dorligini qo‘lga kiritish va ishdan qoniqish hosil qilish uchun
shart-sharoitlar yaratib berishi lozim. Tashkilotdagi barcha
xodimlaming manfaatlarini hisobga olish xodimlami rejalashtirish
vazifalaridan biri hisoblanadi. Shuni yodda tutish kerakki,
xodimlami rejalashtirish tashkilotdagi umumiy rejalashtirish
jarayoniga qo‘shilib ketgan taqdirdagina samarali boladi.
Xodimlami boshqarish samaradorligi ko‘p jihatdan xo
dimlami tanlashga bog‘liq. Xodimlami tanlash ikki tomonlama
jarayondir. Bir tomondan korxona da’vogarga ish berish yoki
bermaslikni hal qilsa, ikkinchi tomondan agar da’vogar ishga
taklif qiiinsa, u bu taklifni qabul qilish kerakmi yoki kerak
emasligini hal qiladi. Xodimlami tanlash — tashkilot faoliyatiga
xos bo‘lgan, u ilgari surayotgan g‘oyalarga insonning muayyan
xususiyatlarini taqqoslash, nisbat berish demakdir. Korxonaga
tanlash jarayonida bo‘lajak xodimning sog‘lig‘i, yoshi, m a’
lumot darajasi, fuqaroligi, ish staji va hokazolar hisobga
olinadi. Tanlov tadbirining tarkibiy qismi kasbiy tanlashdir.
Korxona va tashkilotda xodimlar bilan ishlash muam-
molaridan biri xodimlami jalb qilish paytidagi mehnatga ko‘~
nikishni boshqarishdir. Xodimlaming tashkilot bilan o ‘zaro
hamkorligi jarayonida ularning o ‘zaro moslashuvi vujudga
keladi, uning asosini xodimlar tomonidan asta-sekin meh-
natning yangi kasbiy va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlariga
kirib borishi tashkil etadi.
Xodimlar bilan ishlashni tashkil etish ikki guruhdan iborat
tamoyillarga asoslanadi: personal bilan ishlashning umumiy va
tashkil qilish tamoyillari. Kadrlar siyosatini amalga oshirishda
xodimlar bilan ishlashni tashkil etishning tamoyillari xodimlami
boshqarishning u yoki bu jihatini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Mazkur tamoyillar davlatimiz kadrlar siyosatini amalga
oshirishga asos bo‘lishi bilan birga, tashkilotlami xodimlar
bilan ta’rninlashning muayyan shakl va usullarini tanlashga
imkon beradi. Asosiy tamoyillarga rioya qilish kadrlarni tan-
lashda rasmiy nom enklatura prinsipiga barham beradi,
texnologiyalami demokratlashtirish, xizmatchilarga xolisona
baho berish, xodimlar ishining barcha subyektlari hamkorligini
233
kengaytirish, ularning vakolati va javobgarligi chegaralarini
joriy etishga keng imkoniyatlar ochib beradi.
Xodimlar bilan ishlash mexanizmi mohiyatan xodimlar
bilan ishlashning maqsad, tarkibi, tamoyili, texnologiya va
usullaming uzviy birligidan iborat. Xodimlarga doir texnolo-
giyalar awalo, xodimlar ishiga qaratilgan usul, aloqa va tash
kiliy tadbirlami optimallashtirishning yig‘indisidir.
Dostları ilə paylaş: |