Real ishbilarmonlik sikllari nazariyasiga muvofiq konyunktura
tebranishlari ishlab chiqarish sohasida xomashyo va energiya vositala-
rining yetishmasligi, mehnat mahsuldorligidagi o ‘zgarishlar,
ishlab
chiqarish texnologiyasidagi sifat o‘zgarishlari va hokazolar bilan bog‘liq
oldindan aytib bo‘lmaydigan qoidabuzarliklar tufayli vujudga keladi.
Pul massasi va YAMM o'rtasidagi kovariatsiyaga keladigan bo‘lsak,
ular tovar muomalasi va real ishlab chiqarish hajmidagi tebranishlar
tufayli pulga talabning o'zgarishi asosda paydo bo'ladi.
Asosiy g‘oya shundaki, pul massasidagi o‘zgarishlar xo'jalik subyektlari
tasarrufida bo‘lgan aktivlar portfeli umumiy strukturasiga va mos ra-
vishda, bu aktivlarning nisbiy daromadliligiga ta’sir ko'rsatadi. Tahlil
«nominal» va «real» (doimiy maqsadda) iqtisodiy ko'rsatkichlarni farq-
lashdan boshlanadi. Asosiy e’tibor xo'jalik agentlarining bozor narxlari
o‘zgarishiga reaksiyasiga qaratiladi. Narx tebranishlari pul birliklarining
xarid kuchiga emas, balki nominal soniga yo‘naltirilgan kassa qoldiqlari
talabiga taalluqli bo‘ladi. Miqdoriy nazariyaga muvofiq pul emissiyasi
avtomatik ravishda narx darajasini va unga
mos ravishda pulning real
xarid kuchini o'zgartiradi. Bozor munosabatlari subyektlari bunga pulni
jamg‘arish yoki aksincha moliyaviy aktivlar yoki tovarlarni xarid qilish
uchun zo‘r berib sarflash bilan javob beradilar. Bularning barchasi
pirovardida joriy narxlarda nominal daromad hajmida o‘z aksini topadi.
Fridman neoklassiklar, xususan, A. Marshallning bozor nomuta-
nosibliklari vujudga kelganda narx xo'jalikni
korrektirovka qilishni
ta’minlovchi asosiy vosita bo'lib xizmat qiladi degan g‘oyasini qabul
qilgan. Boshqacha aytganda, talab va taklif o‘rtasida nomutanosiblik
vujudga kelganda vaziyatni to‘g‘irlash yukining barcha og‘irligi mone-
taristik modelda narx tizimining zimmasida bo‘ladi.
Keyns modelida esa narxning «muzlatilganligi» sababli bu mexanizm
ko‘p jihatdan blokirovka qilingan yoki umuman o‘chirib qo‘yilgan
bo'ladi, shunday ekan bozor balansini korrektirovkalash asosan narx
darajasi emas, balki mahsulot chiqarishni o'zgartirish
hisobiga amalga
oshiriladi.
To'lov balansining monetar modellarida pul massasi tahliliy jihatdan
ikki tarkibiy qismga ajratiladi:
a)
ichki —
bank krediti jarayonida vujudga keladigan va pul bazasining
ichki tarkibiy qismi- naqd pul va markaziy bankdagi zaxira depozitlariga
tayanadigan depozit emissiyasi;
b)
Dostları ilə paylaş: