awalgi ko‘rinishda tiklanmasligini tushunar edi. Nazariyaning ayrim
xulosalarini, umumiy yondashuv va metodologiyani o‘zgartirish, unga
ko'proq moslashuvchanlik baxsh etish talab qilingan.
Fridman miqdoriy nazariyani qayta qurishni
uning mikroasoslarini
mustahkamlashdan boshladi. Awalgi yondashuvlardan farqli o ‘laroq u
aw al boshdanoq pul va narx o‘rtasida sabab aloqalari mavjudligi haqida
makroiqtisodiy xulosalarni ifodalashga shoshilmadi. Asosiy e’tibor kassa
qoldig‘iga (pul miqdori) talab muammosi, iqtisodiy jarayonning ayrim
qatnashchilarida pulga ehtiyojni shakllantirish
qonuniyatlari tomon
ko‘chdi. Shundan so‘ng «tipik individuum» xulq-atvori butun xo‘jalikka
tarqaladi va butun monetarizm doktrinasi uchun asos bo‘lib xizmat
qiluvchi
pulga talab
agregat funksiyasi chiqariladi.
Boshlang‘ich nuqta sifatida M. Fridman ta ’kidladiki, miqdoriy
nazariya bu — «ishlab
chiqarish, pul daromadi yoki narx nazariyasi»
emas, balki
pulga talab nazariyasi.
Monetaristlar (Keynsdan farqli
ravishda) pulga talab eng yuqori darajada
barqaror boladi va aynan
shu xo‘jalik mexanizmining barqarorligi kafolati hisoblanadi degan
g‘oyani ilgari surdilar.
Shuni qayd etib o‘tish joizki, pulga talabning barqaror funksiyasi
pul miqdoriy nazariyasining zamirida yotgan
pul muomalasi tezligi
barqarorligining yaqqol ifodasi xolos. Biroq an’anaviy talqinlardan farqli
o ‘laroq monetarizmda pul muomalasining tezligi formulasi q at’iy
tleterminatsiyalanmagan va ehtimoliy aloqa bilan almashtiriladi. Pulga
talab muammosi iste’molchi tanlovi umumiy
nazariyasining bir qismi
sifatida talqin etiladi.
Pulga ehtiyoj tovar ayirboshlash bitimlari summasi bilan belgilana-
digan transaksion turdagi nazariyadan farqli o‘laroq, Fridman nazariyasi
Dostları ilə paylaş: