3)
pul zaxirasining o‘sishi dunyo narx darajasiga ko‘rsatuvchi ta’sir
pullarning milliy kelib chiqishiga bog‘liq emas.
Model milliy pullami yagona dunyo «pul»iga summalash tamoyiUari
va «umumiy narx qonuni» asoslanuvchi
dunyo narxlarining mukammal
elastikligiga asoslanadi. U turli mamlakatlar narx darajasi dinamikasida bir
xillikni namoyish etishi ko‘zda tutilgan. Jahon bozorlari yuqori
integratsiyalangan ekanligi sababli yaqin substitutlar bo'lgan barcha tovarlar
va aktivlar bozorlarida bitta narx ustunlik qilishi lozim. Biroq bunday bir-
birini almashtirish faqat ayrim o‘xshash xomashyo tovarlari bozorlarida
kuzatiladi.
U boshqa bozorlarda, ayniqsa, yuqori texnologiyali tovarlar,
moliyaviy aktivlar va qimmatli qog'ozlar bozorida kuzatilmaydi.
«Xalqaro monetarizm»ning asosiy zaifligi ayrim qoida va asoslarning
omonatligida emas, balki pul tashqi iqtisodiy o‘zgarishlarni belgilab
beruvchi omil degan asosiy tezisdadir. To'lov balansi taqchilligi yoki
musbat saldosi bu — pul bozorini to‘g‘irlash
bosqichi emas, balki turli
mamlakatlar iqtisodiy munosabatlarida siklik yoki struktura muvoza-
natsizligi ko‘rsatkichi hisoblanadi.
8.3. Pul qoidasi va pul-kredit siyosati
Keynschilar va monetaristlar o'rtasidagi
asosiy farq shundaki, ular
davlatning xo‘jalik hayotidagi rolini turlicha ko‘radilar. Keynschilar
iqtisodiyot raqobatli kuchlar stixiyali harakati bilan bartaraf qilinishi
mumkin bo‘lgan stagnatsiyaga surunkali tendensiyaga egaligidan kelib
chiqadilar. Shuning uchun iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun faol
hukumat siyosati talab qilinadi.
Monetaristlar zamonaviy davlat o‘z zimmasiga
olayotgan iqtisodiy
va ijtimoiy funksiyalarga keskin salbiy munosabat bildiradilar. Ular
uchun bu iqtisodiy beqarorlikning asosiy sababidir. Ular ayniqsa,
daromadni tenglashtirish va ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi katta farqni
yo‘qotishga intiluvchi «umum farovonlik davlati» (welfare state) g'oyasini
qabul qila olmaydilar. Monetaristlar «kollektivizm» tendensiyasini rad
etib,
raqobatli, monopoliyagacha kapitalizm yutuqlarining ifodasi
sifatida «bozor vositasida individuumlarning ko‘ngilli kooperatsiyasi»ni
unga qarshi qo‘yadilar. Fridmanning ta’kidlashicha, aynan shunday
tizim jamiyatning har bir a’zosiga «shaxsiy erkinUk»ni kafolatlaydi.
Monetaristlar va keynschilar o‘rtasida davlatning xo‘jalik hayotidagi
roli masalasi
bo'yicha fikrlar qarama-qarshiligi yakuniy hisobda hukumat
organlari
tomonidan konyunkturaga — pul-kredit
siyosati va fiskal
126
siyosatga ta’sir etish uchun foydalaniladigan makroiqtisodiy nazoratning
ikki asosiy vositasini bir-biriga qarshi qo'yishda namoyon bo'ladi.
Markaziy bankning pul massasi hajmiga ta’siri bilan bog‘liq birinchi
siyosat turi monetaristlar tomonidan eng samarali va tovar-pul munosa
batlari tizimiga organik kiradigan siyosat sifatida baholanadi. Soliq
stavkalarini o'zgartirish va davlat qarzlarini boshqarish bilan ifodalanuv-
chi ikkinchi siyosat esa ular tomonidan hukumat apparatining o‘zboshim-
chaligi bilan bog‘lanadi va xo'jalik rivojlanishi
uchun samaradorligi
past sifatida baholanadi. Xo‘jalik mexanizmining aniq sozlash mumkin
emasligini Fridman monetar va fiskal tadbirlar samarasining namoyon
boiishida uzoq va tebranuvchan vaqt farqining mavjudligi bilan
asoslaydi. Hukumatning xo‘jalik sohasidagi noqulay holatlarga (iflatsiya,
pasayish, ishsizlik) doimiy qarshilik ko‘rsatishga harakatlari xo‘jaliklarning
o‘zini-o‘zi korrektirovkalashini qiyinlashtirib, ularga yolg‘on
signallar
beradi xolos. Shuning uchun rivojlanish barqarorligini ta’minlashning
eng yaxshi yo‘li — joriy konyunkturaga bog‘liq boimagan
Dostları ilə paylaş: