to‘g‘ri keladi. Bu sotilmagan tovarlarning to'planishi, kuch-quwatlardan
to'liq foydalanmaslik, ommaviy ishsizlik kabi zamonaviy bozor tizimining
rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan hodisalarda o‘z ifodasini topadi.
G ‘arb mamlakatlarida narx shakllanishida dixotomiyani yo‘qotishga
ko‘p harakat qilib ko‘rilgan. Keyns bu vaziyatdan chiqib ketishning
pulga talab funksiyasini likvidlikni afzal ko‘rish funksiyasiga aylantirishda
ko‘rgan, bu yerda pul sohasi real ishlab chiqarishga foiz stavkalari va
kapitalni investitsiyalash jarayoni orqali ta’sir ko‘rsatadi.
Bunda Keyns
xo‘jalik konyunkturasining beqarorligidan kelib chiqib, uni innovatsion
siklning beqaror xarakteri bilan bogMagan, bu esa, o‘z navbatida, uning
modelida foiz me’yori bozor dinamikasini
oldindan aytish mumkin
emasligi bilan asoslanadi.
Umumiy iqtisodiy rivojlanish modellari asosida yotuvchi bozorning
samarali o‘zini-o‘zi tartibga solish tamoyili iqtisodiy neokonserva-
tizmning barcha nazariyalari tomonidan qurol qilib olingan. U moneta-
ristik maktab qurilishiga asoslanadigan fundamental tamoyil hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: