Mashg'ulotni o'tkazish rejasi: I.Tashkiliy qism.
II. grafik organizatorlarni qo’llash metodikasiga oid ma’ruza:
1.Klaster (Tarmoqlar) metodi.
2. Semantik karta
3. Venn diagrammasi
4. “Bilaman-Bilishni xohlayman-Bilib oldim” jadvali
III.“Mikrodars”
IV.Mikro dars tahlili
V. Mashg’ulotni yakunlash
Mashg'ulotning borishi: I Tashkiliy qism II.Ilmiy ma’ruza Tinglovchilar “grafik organizatorlarni qo’llash metodikasi” mavzusi bo’yicha tayyorlagan ma’ruzalarini boshqalarga taqdim etadilar. Guruhdagi boshqa tinglovchilar ma’ruzalarni savol-javoblar orqali toldiradilar.
III.“Mikrodars”Oldindan tashkil etilgan guruh a’zolari boshlang'ich sinf darslarida grafik organizatorlarni qo’llash metodikasini qo'llanilishini amaliy jihatdan dars jarayonida tashkil qilib beradilar ((aytiroriyadagi boshqa guruh a’zolari darsni tahlil etish shabloni asosida darsga qo’yiladigan talablarni sestemali ravishda tahlil etadilar, o’qituvchi ham kuzatuvchilar tomon bo’ladi)
IV.Mikro dars tahlili:Har bir guruh tashkil etgan darslar kuzatuvchi guruhlar tomonidan dars tahlili etaplari shabloni asosida yutuq va kamchiliklari auditoriyada o’zaro tahlil qilinadi va eng yaxshi amaliy dars tashkil etgan guruh a’zolari rag’batlantiriladi.
V. Mashg’ulotni yakunlash O’qituvchi mavzuni xulosalaydi? Tinglovchilar reytingini e’lon qiladi. Keyingi mashg’ulotga tayyorlanish uchun topshiriqlar beradi va darsni yakunlaydi.
7-amaliy mashg'ulot 7-mavzu: Debatli strategiyaning faollashtiruvchi didaktik kompleksi. Texnologik xarita
Mashg’ulotning maqsadi
Debatli strategiyaning faollashtiruvchi didaktik kompleksini o'rganish va tahlil etish.