Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi ” ishlab chiqildi. Bunda, inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik
jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish,
mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy
va zarur shartiga aylantirish, milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish
sur’atlarini ta’minlash, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini
rivojlantirish, ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib
chiqish, milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga
yondashish hamda mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish,
ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borishga qaratilgan besh yillik istiqbolli
rejalar[103] belgilab olindi.
Davlatimiz ijtimoiy hayotida xalq manfaatlari ustuvorligini ta’minlashga
qaratilgan ushbu uch konsepsiyaning barchasida jamoatchilik ustuvorligiga erish
masalasi asosiy o‘ringa ko‘tarilganligining o‘zi ham, mamlakatimizda jamoatchilik
fikriga bo‘lgan e’tiborning qanchalik yuqori mavqeda ekanligini ko‘rsatadi.
Jamoatchilik nazorati tushunchasiga ilmiy yondashuv asosida, uning ijtimoiy
falsafiy mohiyatini ochish borasida olib borilgan tadqiqot natijasida quyidagi
xulosalarga kelindi:
Birinchidan, bugungi zamonaviy jamiyatda jamoatchilik nazoratini olib
boruvchi institutlarga qaratilayotgan jiddiy e’tibor natijasida − jamoatchilik nazorati
mexanizmlari takomillashuviga erishish yo‘lida turli darajadagi konsepsiyalar ishlab
chiqilmoqda. Bularning barchasi, shubhasiz o‘z funksiyalaridan kelib chiqqan holda
− fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy erkinliklarini ta’minlashga, davlat organlari va
xalq “ko‘prigini” o‘rnatilishiga xizmat qiladi.
Ikkinchidan, jamoatchilik nazorati faolligini oshirishda, ularning ijtimoiy
harakatini siyosiy, huquqiy jihatlarini yanada rivojlantirish orqali turli nohukumat
49
tashkilotlarni filantropik, fandrayzing faoliyati rivojidagi ijtimoiy huquqiy
mexanizmlarining takomillashtirish imkoni yaratiladi.