Uchinchidan, davlat organlari faoliyati ustidan qonunda belgilab qo‘yilgan
tartibda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish − jamiyatni qiynab kelayotgan
ko‘plab muammolarni ijobiy hal etilishiga turtki bo‘ladi. Xususan, korrupsion
holatlarga chek quyish, aholi bandligiga ko‘maklashish, qonun hujjatlariga zid
ravishda harakat qilish borasidagi hokimiyat organlari faoliyati nazoratini tashkil
qilish, aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan sohalar ustidan jamoatchilik
boshqaruvini amalga oshirish va hok.
To‘rtinchidan, jamoatchilik nazoratini olib boruvchi institutsional tizim
elementlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha yaratilayotgan bugungi
imkoniyatlar, bu tizimga jamiyat ijtimoiy hayotidagi zarurat sifatida qarash
imkoniyatini bermoqda. Ammo jmoatchilik nazorati institutlari o‘rtasidagi
funksional integratsiyaning yetarlicha mavjud emasligi, bu tizim borasidagi ijtimoiy
huquqiy normalarni takomillashtirishni taqozo etmoqda.
Beshinchidan, xalq va davlat organlari hamjihatligini mustahkamlashga
qaratilgan “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
(2018) – davlat islohotlarini shaxs manfaatlariga qaratilganligini ko‘rsatishi kerak.
Chunki, davlat organlari faoliyatidagi shaffoflikni keltirib chiqarish, birinchidan
davlat organlariga nisbatan pozitiv jamoatchilik fikrini shakllanishiga olib kelsa,
ikkinchidan xalq davlat organlariga emas, aksincha davlat organlari xalq xizmatida
bo‘lishini ta’minlaydi.
Birinchi bob bo‘yicha umumlashtirilgan xulosalar: Birinchidan, jamoatchilik nazoratini olib boruvchi subyektlar o‘z vakolat
doirasida harakatlanishi uchun ma’lum funksiyalarga ega bo‘lishi shart va zarurdir.
Chunki, ular bu tizimsiz jamiyatda to‘la qonli faoliyat olib borishi mushkul kechadi.
Xususan, jamoatchilik nazoratini ta’minlash, ularni amalga oshiruvchi
mexanizmlarni joriy etish, ularga berilgan huquqiy maqomga bog‘liq bo‘lib, bu
ularni ijtimoiy faoliyati jarayonida bajarishi kerak bo‘lgan funksiyalar bilan
belgilanadi.